Payshanba, 17-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 08:59

AQSh-Markaziy Osiyo

Bleyk Tojikiston rahbari bilan saylov, huquq va Afg’oniston haqida gaplashdi

Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini
Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini
Matn hajmi - +
Qo’shma Shtatlar o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqar ekan, Tojikiston orqali o’tish niyati yo’q. Davlat kotibi muovini, Dushanbega safar qilayotgan Robert Bleyk prezident Emomli Rahmon bilan uchrashuv ketidan jurnalistlar bilan muloqotda shunday degan.
AQSh qo'shinlarini Tojikiston orqali olib o'tmaydi/Ravshan Shams
AQSh qo'shinlarini Tojikiston orqali olib o'tmaydi/Ravshan Shamsi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

AQSh armiyasining katta qismi kelasi yil fevralda Afg’onistondan chiqishi rejada. Robert Bleyk Tojikiston hukumatiga mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashda ko’rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.

Prezident Rahmon bilan muloqot paytida Bleyk chegaralarni mustahkamlash, qoradori savdosi va terrorizmga qarshi kurash xususida fikr almashdi.

Amerika diplomati, shuningdek, mamlakatda noyabrda rejalangan prezident saylovlarida xolislik, oshkoralik va demokratiya kabi tamoyillarga amal qilishga da’vat etayapti.

Bleykning aytishicha, Tojikiston fuqarolik jamiyati tom ma’noda taraqqiy etishi uchun erkinlik, ozodlik uchun kengroq joy ajratish lozim. Amerika rasmiysi ikki kunlik safari chog’ida nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham ko’rishgan.

Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, AQShning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o’tkazayotgan yillik konsultasiyalaridan maqsad - ularni G’arb siyosati doirasiga tortish. Masalan, qirg’izistonlik professor Aleksanr Knyazev shunday fikrda. Shu yo’l bilan Amerika regionda o’zi istagan siyosiy muhitni shakllantirmoqda, deydi u.

Tojikistonning o’zida esa ziyolilar AQSh bilan muloqotlarning foydali jihatlarini ko’rishadi. Muhandis Hamdam Aliyevga ko’ra, Afg’onistondan harbiy kuchlar olib chiqib ketilar ekan, Tojikiston tajribali harbiylar maslahatiga muhtoj bo’ladi.

“Bu kerak narsa. Bleyk prezidentimiz bilan uchrashuvda janobi oliyni prezidentlik saylovini erkin va shaffof o’tkazish uchun sharoit yaratishga chaqirdi. Biz buni qadrlaymiz, u ko’nglimizdagi gapni aytdi. Bizga yana nima kerak? Qudratli davlatlar bizga hamkor bo’lsa, maslahat bersa nimasi yomon”, - deydi Aliyev.

O’qituvchi Sharifjon Komilov Tojikistonning G’arb davlatlari bilan hamkorligi rivojlanayotganidan, yoshlarning Amerikada tahsil olayotganidan xursandligini aytadi.

“Osha erda o’qib-ishlayotgan bolalarimiz o’zlari faxr qilsinlarki, bir narsaga ega bo’ldik deb. Keyin davlat mustahkam bo’ladi, davlatni kelajagi bo’ladi. Iqtisodni rivojlantirmaguncha dod-voylarimizdan bir naf yo’q”, - deydi u.

“Amerika yo’l ko’rsatyaptimi, nima qilibdi? Qariyb 80 yil boshqalar yo’l ko’rsatdi, haliyam ularni etagidan tutib kelmoqdamiz, haliyam mardikormiz. Kimga foyda-kimga zarar, o’zingiz bilib olavering”.

Rossiyada olti yil mardikorlik qilib kelgan O’ktam fikricha esa G’arb maslahati bilan ish qilib ketavermaslik kerak, Rossiya bilan aloqalarni uzmaslik zarur. “Xalqimiz o’tkazayotgan to’yu-ma’raka, qurayotgan uy-joylarining qariyb barchasi Rossiya tufayli”, deb hisoblaydi u.

Uning fikricha, Obama ma’muriyati Markaziy Osiyoda uzoqni ko’zlagan puxta siyosat olib bormoqda, bundan ehtiyot bo’lish zarur.

Yana bir fuqaro, Hamdam nazarida, Rossiyani strategik hamkor hisoblagan Tojikiston undan faqat tahqir-malomatlar eshitgan xolos.

“Uzoqqa bormaylik, Hindistonni olaylik. Necha yillar Britaniya asoratida edi, milliarddan ortiq aholisi bilan endi bizga yordam bermoqda. Yoki Janubiy Koreya va Malayziyani oling. AQSh va Yevropa bilan hamkorlikni zo’raytirish kerak, qayerda taraqqiyot bo’lsa, kelajakda foyda o’sha yerdan unadi. Amerikaliklarning Tojikistonga serqatnovligidan Rossiya tashvish tortmay qo’ya qolsin, prezidentimiz to’g’ri siyosat olib bormoqda”, - deydi Hamdam.

Jamiyatshunos Jo’ra Yusufiy deydiki, AQSh ma’muriyati Tojikiston bilan kelishilgan har yillik muloqotlarni yo’lga qo’yar ekan, Markaziy Osiyoda demokratiya rivojini birinchi o’ringa qo’yadi.

“Amerikaning mintaqa mamlakatlarida bo’lishidan yana bir maqsadi demokratik taraqqiyot yo’lida fuqarolik jamiyati qurishdir. AQSh ma’muriyati regionda demokratik tamoyildagi yangilanishni qo’llab-quvvatlayveradi. AQSh davlat kotibi yordamchisi Robert Bleykning Tojikistonga tashrifi, uning so’zlari, uning boshchiligida o’tkazilayotgan muloqotlar ana shuning isbotidir”.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Bostondagi o'zbek oilalari - Uzbeks in Boston - Marina Bay, MAi
X
17.04.2014
Boston va uning atrofida o’zbeklar boshqa katta shaharlarga qaraganda unchalik ko’p emas. Dunyoning bu qismlariga asosan talabalar kelib ketadi. Lekin bugun o’zbekistonlik oilalar yetib bormagan joy yo’q.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada qonli kun

Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda olcha gulladi

Har yili aprel oyida Vashington shahri olcha gullari bilan burkanadi. Bir asr muqaddam Yaponiya tomonidan hadya qilingan ko’chatlar bugun Vashingtonning ramziy ko’rkiga aylangan. Olchaning gullash mavsumi har yili 10 kuncha davom etadi. Yilning bu davrida Vashington sayyohlar bilan to’ladi. Chunki ayni shu kunlarda poytaxt Olcha guli festivalini tashkil qiladi. Vashington bo’ylab yapon madaniyati kunlari o’tkaziladi. Musiqa va raqs, me’morchilik san’ati, urf-odatlar, kinolar namoyish etiladi. Yapon tili va adabiyoti ham targ’ib qilinadi. Yaponiyadan mehmonlar kelib, sahnada amerikaliklarni xushnud qiladi. Ikki xalq san’atini ifodalovchi asarlar namoyish etiladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Janubiy Afrika Respublikasi notinch

BMT Xavfsizlik Kengashi tobora notinch Janubiy Afrika Respublikasiga keng ko’lamli tinchlikparvar qo’shin safarbar etadi. Salkam 12 ming kishilik missiya tinch aholini himoya qilib, insonparvarlik yordami qatnovini ta’minlaydi. Mamlakatda mazhablararo adovat va zo’ravonlik minglab odamlarni hayotdan olib ketdi. Afrikalik olti ming va fransiyalik ikki ming qo’shin tinchlikni saqlay oladi, deydi BMT rasmiylari. Xalqaro qo’shinlar 15-sentabrda ishga kirishadi. AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer shu hafta Markaziy Afrika Respublikasida bo’ldi. Qo’shma Shtatlar Afrika ittifoqi qo’shinlarini qo’llab quvvatlaydi; jahon hamjamiyati bu davlatga dadilroq yordam berishi lozim, deydi elchi. BMT, xususan, Markaziy Afrika Respublikasida 19 ming musulmon hayoti jiddiy tahdid ostida va ular mamlakatning xavfsiz hududlariga yoki xorijiy davlatga ko’chirilishi kerak, deya ogohlantiradi. Nasroniy jangarilar musulmon aholiga qarshi qonli hujumlarni boshlagandan beri o’n minglab musulmon poytaxtni va g'arbiy viloyatlarni tark etgan. Ayrim mahalliy rasmiylarning aytishicha, aholini ko’chirish choralari ixtilofni yanada kuchaytirib, mamlakatni parchalab yuborishi mumkin.
Fotogalereya

Fotogalereya Pensilvaniyadagi maktabda fojea

Pensilvaniya shtati, Murisvil shahridagi Franklin o'rta maktabida o'quvchi 19 bola va yana bir kishini pichoqlagan. To'rt odamning ahvoli og'ir, deydi politsiya.
Fotogalereya

Fotogalereya Pokistonda yo'lovchi poyezdi portladi

Pokiston janubi-g'arbidagi temiryo'l bekatida yo'lovchi poyezdi portlab, o'nlab odamlar halok bo'lgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI