Chorshanba, 19-iyun, 2013 Toshkent vaqti: 02:31

Markaziy Osiyo

Tojikistonning Xorug' shahrida qonli janglar, 12 zobit o'lgan

2001-yildagi janglarda olingan surat... Xorug'da jangari kuchlar azaldan faoliyat yuritadi
2001-yildagi janglarda olingan surat... Xorug'da jangari kuchlar azaldan faoliyat yuritadi

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Tojikistonning Xorug' shahrida xavfsizlik kuchlari jangarlarga qarshi operatsiya olib bormoqda. Kuzatuvchilar nazarida 1997-yilda fuqarolik urushiga yakun yasalganidan beri respublika bunday qonli olishuvlarga guvoh bo'lmagan. 

Xorug' - Tog'li-Badaxshon muxtoriyati poytaxti. Afg'oniston bilan chegaradosh hudud. Aholining asosiy qismi o'zini pomiriy deb biladi. 1990-yillarda bu yer islomiy kuchlar o'chog'i bo'lgan. Fuqarolik urushida 100 mingga yaqin odam halok bo'lgan. 

Bugun hukumat mintaqada aloqa vositalari, xususan, telefon aloqani cheklab qo'ygan.

Guvohlarning xalqaro ommaviy axborot vositalariga aytishicha, harbiy vertolyotlar va boshqa og'ir qurollar safarbar etilgan. 

Davlat xavfsizlik qo'mitasi matbuot kotibi Nozir Bo'riyev deydiki, bir necha soatdan beri davom etayotgan jangda 12 zobit o'lgan va 23 nafari jarohatlangan.

30 jangari yo'q qilindi, 40 nafari qo'lga olindi, jumladan, sakkiz afg'on, deydi rasmiy. Uning qayd etishicha, oddiy fuqarolar orasida o'lganlar yo'q.

2010-yilda islomiy qo'mondon Mulla Abdullaga sodiq jangarilar harbiylarga hujum qilib, 25 askarni o'ldirganida ham qattiq janglar kuzatilgan edi.

Bugungi operatsiyaga turtki bergan voqea - Tog'li-Badaxshon viloyati Milliy Xavfsizlik Qo'mitasi raisi general Abdullo Nazarov o'ldirib ketilgani.
 

Tojikiston hukumati qotillikda Tolib Ayombekov, sobiq jangari va hozirda Ishkashim chegara xizmati qo'mondonini ayblagan.

Ayombekov, deydi rasmiylar, o'z qoradori va tamaki biznesini himoya qilish uchun Nazarovni o'ldirish uchun odam yollagan.

Ayombekov esa buni tuhmat deb atab, general Nazarov ichkilikdan chiqqan to'polonda o'lgan, deydi. 

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi va Milliy Xavfsizlik Qo'mitasi bergan qo'shma bayonotda aytilishicha, Ayombekov yillardan beri qoradori va tamaki savdosidan tushgan daromadi evaziga o'z noqonuniy qurolli guruhini boshqarib keladi va bir necha vahshiy qotilliklar ortida turibdi.

Hukumatning bayonotiga ko'ra, rasmiylar Ayombekov bilan uch kundan beri murosa qilishga urinmoqda. Qurolni tashlab, Nazarovning qotilini oshkor eting, deya talab qo'yilgan. Ayombekov va uning odamlari rad javobi bergan.

Bugungi jangda Ayombekov o'ldirilgan bo'lishi mumkin, ammo ayrim manbalarga ko'ra, u Afg'onistonga qochgan.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • KYRGYZSTAN CHILDREN
  • KYRGYZSTAN CHILDREN
  • KYRGYZSTAN CHILDREN
Fotogalereya

Fotogalereya Yoz - Markaziy Osiyo bolalari uchun pul ishlash payti

Avtoulov yuvayotgan, poyafzal tozalayotgan, arava tortayotgan o’spirinlarni ko’plab uchratish mumkin. Qishloqda bolalar dalaga chiqadi, mol-qo’y haydaydi, kimdir g'isht quyadi, kimdir tosh tashiydi. Choyxona, nonvoyxonalarda yugurdaklikni ham bolalar qiladi. Odamlar farzandlarini yoshligidan mehnatga, hunarga o’rgatishga odatlangan. Ko’pchilik bolalarini temirchiga, duradgorga, oshpazga, qo’yingki hunarmandga shogirdlikka beradi. Ko’cha changitgandan ko’ra, hunar o’rgansin, deydi ota-onalar. Qolaversa, bolalarning oila byudjetiga hissasi ham ahamiyatga ega.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI