Breaking News

Bahor keldi... Tojikiston bozorlaridan fotolavha

Nohiya bozorlarida ko'klamning ilk sabzavoti - rediska sotuvga chiqdi.
1/17 Nohiya bozorlarida ko'klamning ilk sabzavoti - rediska sotuvga chiqdi.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Hunarmandlar rastasi dehqonchilik ish qurollari bilan to'la.
2/17 Hunarmandlar rastasi dehqonchilik ish qurollari bilan to'la.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Supurgi sotuvchi hunarmand Mahkam aka bozorning o'zida ham supurgi yasash bilan band.
3/17 Supurgi sotuvchi hunarmand Mahkam aka bozorning o'zida ham supurgi yasash bilan band.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Supurgi sotuvchisi xaridorga molini maqtamoqda.
4/17 Supurgi sotuvchisi xaridorga molini maqtamoqda.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Dehqon bozori
5/17 Dehqon bozori
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Sotuvchilar navbatdagi xaridorni chorlashmoqda.
6/17 Sotuvchilar navbatdagi xaridorni chorlashmoqda.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Sotuvchi ham, xaridor ham bozorga kelarkan, bug'i chiqib turgan issiq tandir somsa mazasini tatimay ketmaydi.
7/17 Sotuvchi ham, xaridor ham bozorga kelarkan, bug'i chiqib turgan issiq tandir somsa mazasini tatimay ketmaydi.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
So'g'd tojiklari ham Andijon oz'bek do'ppisini boshdan qo'ymaydi, yil-o'n ikki oy Andijon do'ppisining bozori chaqqon.
8/17 So'g'd tojiklari ham Andijon oz'bek do'ppisini boshdan qo'ymaydi, yil-o'n ikki oy Andijon do'ppisining bozori chaqqon.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Ko'kat bozori
9/17 Ko'kat bozori
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Qo'lda tut yog'ochidan yasalgan taroq, tolxivichdan to'qilgan savat, nonga gul uruvchi shona - bozori chaqqon ro'zg'or buyumlari.
10/17 Qo'lda tut yog'ochidan yasalgan taroq, tolxivichdan to'qilgan savat, nonga gul uruvchi shona - bozori chaqqon ro'zg'or buyumlari.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Qo'lbola arqondan ko'ra sun'iy toladan eshilgan arqon arzonroq.
11/17 Qo'lbola arqondan ko'ra sun'iy toladan eshilgan arqon arzonroq.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Qish tugab bahor kelib qolgan bo'lsada, rastalarda karsillagan ekologik toza tog' olmalarini xarid qilish mumkin. Uning mazasi Eron olmalaridan ancha totli bo'ladi.
12/17 Qish tugab bahor kelib qolgan bo'lsada, rastalarda karsillagan ekologik toza tog' olmalarini xarid qilish mumkin. Uning mazasi Eron olmalaridan ancha totli bo'ladi.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Hunarmand hoji onaning qo'lbola to'qilgan arqonlari qimmat bo'lsa-da, pishiqligi va chidamliligi uchun xaridorgir.
13/17 Hunarmand hoji onaning qo'lbola to'qilgan arqonlari qimmat bo'lsa-da, pishiqligi va chidamliligi uchun xaridorgir.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Bu rastalarda don-dunga qiron keltiruvchi sichqonlarga kushanda qo'lbola tuzoqdan tortib, ot-ulov uchun egar-jabduqqacha topiladi.
14/17 Bu rastalarda don-dunga qiron keltiruvchi sichqonlarga kushanda qo'lbola tuzoqdan tortib, ot-ulov uchun egar-jabduqqacha topiladi.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Bahor kelib, kunlar isigach, hovli uchun manzarali gullar ko'chati sotuvga chiqadi.
15/17 Bahor kelib, kunlar isigach, hovli uchun manzarali gullar ko'chati sotuvga chiqadi.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Kunlar isishi bilan ko'chatlar savdosi qiziydi. Hozicha, yog'in-sochinli sovuq kunlarda ularning savdosi sust.
16/17 Kunlar isishi bilan ko'chatlar savdosi qiziydi. Hozicha, yog'in-sochinli sovuq kunlarda ularning savdosi sust.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Ahstlik temichilar o'z mahsulotlariga tamg'a qo'yib, bu toblangan ketmon sifatiga kafolat berishadi.
17/17 Ahstlik temichilar o'z mahsulotlariga tamg'a qo'yib, bu toblangan ketmon sifatiga kafolat berishadi.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Previous slide
Next slide
Bahor eshik qoqib ko’klam kelarkan, erta bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mazesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.

Hunarmandlar rastasi qadimiy O’ratepa, Zarafshon va vodiy hunarmandlari qo’lidan chiqqan turli ro’zg’or buyumlari bilan to’la. Lekin bu yegirma yil oldingi bozor emas. Otaxon va onaxonlar Samarqanddan keltirilgan non va anjirlar, Toshkentning qazisi, Marg’ilonning luchchak shaftolisi, Urgutning mayizu qoqilari rastani to’ldirgan kunlarni mahzunlik bilan eslashadi.

Xo’jandda hozir Farg’onaning Oltiariq tumanida yetishtirilgan shirin suvli turpu bodringlar, Mirzacho’lning obinovvot qovunlari ahyon-ahyon ko’zga tashlanadi. Lekin chegara nohiyalari, albatta, bundan mustasno.

Bu yerda qo’shni O’zbekistondan keltirilgan dehqonchilik mahsulotlarini har doim topish mumkin. Hatto ikki qardosh davlat orasidagi vaziyat eng taranglashgan paytda ham o’zaro bozor aloqalari to’xtamagan.

Chegaralar qanchalik berkitilmasin, bahorda O’zbekistondan Tojikistonga mevali daraxtlar ko’chati, dorivor giyohlar, tansiq qulupnay; yozda oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari; kuzda guruch, anor, qovun-tarvuz, bodring, uzum, karam va pomidor singari mahsulotlar; qishda esa gullar, aylanma yo’llar orqali, hatto, qurilish mollari keltiriladi.

Tojikistondan esa o’zbek bozoriga qand-qurs, piyoz, olma, mandarin, limon va sut mahsulotlari; aylanma yo’llar bilan ikkilamchi temir-tersak va metallom, chet elda ishlab chiqarilgan yengil mashinalarga ehtiyot qismlari, televizor, changyutgich, sovutgich singari xo’jalik mollari keladi.

Toshkentning Oloy bozorida ertalab sotilayotgan sumalak peshindan keyin tojik chegara nohiyalaridan tortib, Sug’d viloyat markazi Xo’jand shahrigacha bo’lgan bozorlarda ham paydo bo’ladi. Bozor ikki davlat o’rtasidagi siyosiy sovuqlikni tan olmaydi. Shu sabab ham tojik yigitlari boshidan Andijon yo Chust do’ppisi, qizlari egnidan esa o’zbek adrasi va atlasi tushmaydi.
  • 16x9 Image

    Ravshan Shams

    Tojikistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

XS
SM
MD
LG