Chorshanba, 01-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 10:57

AQSh-Markaziy Osiyo

Tojikiston ahli Obama qayta saylanganidan mamnun

Аmerika tarixidagi ilk qora tanli prezidentning ikkinchi muddatga saylanishi Tojikistonda ijobiy kutib olindi.

Xo'jand yoshlari
Xo'jand yoshlari

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Аmerika tarixidagi ilk qora tanli prezidentning ikkinchi muddatga saylanishi Tojikistonda mintaqaning boshqa respublikalari kabi ijobiy kutib olindi. Jumladan AQSh tashqi siyosatiga odatda salbiy qarovchi taqvodorlar tomonidan ham.


Оbamaning qayta saylangani munosabati bilan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamkasbiga yo’llagan tabrigida bugungi aloqalarga yuqori baho berib, hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Mahalliy ekspertlardan birining fikricha, garchi Tojikiston hukumati AQSh bilan rishtalarni rivojlantirishga istasa-da, hukumat va aholi orasida rusparastlik kuchli.

Aholining ba’zi qismi arab davlatlaridagi notinchliklarga Amerika sababchi deb biladi, bu taqvodorlarga xos fikrlash, deydi tojik eksperti.

АQSh va Fransiya oliy o’quv yurtlarida ta’lim olgan Mirbarot Hoshimov Emomali Rahmonning Obamaga tabrigini muhim qadam deb hisoblaydi.

"Emomali Rahmon uchun AQSh hukumati, kongressmenlar bilan aloqani mustahlamlash juda zarur”,- deydi u.

Mirbarotning fikricha Afg’onistondan koalitsion kuchlar olib chiqilganidan keyin ham mintaqa Amerika diqqat markazida qoladi.

“Lekin Obamaga endi oson bo’lmaydi, negaki, Suriya masalasi turibdi, ularning ittifoqchisi bo’lgan Turkiya Assadga qarshi harakat qilmoqda. Banditlarga qurol bermoqda, odamlarni bekorga otib tashlamoqda, bu Obamaga minus”,- deydi yosh mutaxassis.

U yana shuni ham qayd etadiki, Amerikaning Tojikistonda Amudaryo irmog’i Panj daryosiga qurilgan ko’priklarni moliyalashtirgani katta yordam bo’ldi, ular haligacha soqliqni saqlash sohasida ko’mak ko’rsatib kelmoqda.

Ziyoli tadbirkor Barchinoy uchun Obamaning qayta saylanishi xushxabar bo'ldi.

Obama o’zi rejalagan ishlarni nihoyasiga yetkazishi zarur, deydi u. Afg’onistondan qo’shinlarni olib chiqish, Suriyadagi fuqarolar urushini bir yoqlik qilsih, mintaqadagi loyihalarni yakunlash shular jumlasidandir.

“Uning davrida nafaqat Tojikiston, balki butun Markaziy Osiyo davlatlari bilan Amerika aloqalari yanayam rivojlandi",- deydi u.

Barchinoy Tojikistonning chekka va tog’li qishloqlarida qizlar nafaqat o’qishdan qolib ketayotgani balki juda barvaqt turmushga chiqarilayotganini aytib, Obamaning Qohirada qilgan chiqishini yodga olarkan, uning faoliyatiga yuqori baho beradi.

“Qohirada ayollar huquqi haqida nutq qilgan kuni Obama yosh qizlarni albatta o’qitish kerak degandi. Tojikistonda chekka qishloqlarda qizlarga o’rta asrlardagidek muomala qilishadi. Obama nafaqat o’qitish balki, ish va dunyo ko’rish, hayotni anglash borasida yoshlarga keng yo’l ochish tarafdori, buni qadrlash kerak. Ishonasizmi yo’qmi, bu yerda Obamaga taqvadorlarning ham hurmati oshgan.”

Mirbarot singari yoshlar esa Obama siyosatida yangi avlodga nisbatan e’tibor kuchli ekanidan mamnun, ammo musulmon dunyosidagi tarang vaziyatda Amerika aybdor deb hisoblaydi.

“Otasi musulmon bo’lgan qora tanli Barak Obamaning qayta prezident bo’lishi Amerikaning g’alabasi desa ham bo’ladi. Lekin Iroqdagi urush, Liviyadagi ahvol, umuman arablarda bo’lgan qonli majorolarda amerikaliklarning aybi katta… Obamani yoshlarga keng yo’l berish siyosati, ish topish… ana shunday gaplari yoshlarga yoqadi, biz bunaqa prezidentlarga tarafdormiz. Obamaga chin dildan muvaffaqiyatlar tilayman.”
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Sportchilar va oilaviy zo'ravonlik - US/Sports/Domestic Violencei
X
30.09.2014 23:12
AQSh Futbol Ligasi sportchilar axloqiga ko’z-quloq bo’lishga va’da berayapti. Yaqinda sportchi yulduz o’zining rafiqasini mushtlab hushidan ketkazgani aks etgan video tarqalishi ortidan ligaga bosim oshgan. Obama ma’muriyati esa jabrdiydalarni jim o’tirmaslikka, guvohlarni oraga tushishga undayapti.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ashraf G'ani( markazda) prezidentlikni qabul qilib olish marosimiga kelmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Abdulla Abdulla bosh vazirlik lavozimini qabul qilib olish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Sobiq prezident Hamid Karzay o'z lavozimini Ashraf G'aniga topshirish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Ashraf G'ani (chapda) prezident sifatida qasamyod keltirmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident sifatida qasamyod keltirgan Ashraf G'ani Afg'oniston Oliy sudi raisi Abdul Salom Azimiy bilan qo'l berib ko'rishmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Ashraf G'ani - Afg'onistonning yangi prezidenti

Uzoq davom etgan saylov mashmashasidan so'ng Ashraf G'ani Afg'onistonning yangi prezidenti deb e'lon qilindi. Saylovda unga qarshi kurash olib borgan Abdulla Abdulla, o'zaro siyosiy kelishuvdan so'ng, yangi hukumatning bosh vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumat ishga tushishi bilan Hamid Karzay davrida AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda norozilik namoyishlari

Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, aholi ko'chalarni tark etmayapti. Ular Pekinning siyosiy islohotni cheklashga qaratilgan choralaridan norozi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola epidemiyasi suratlarda

Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi yig'inida ham shu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Varshava, Polsha: O'zbekistonda inson huquqlari va siyosiy mahbuslar

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" (HRW) o'zining 121 betlik yangi hisobotida tahlil qilishicha, O’zbekiston inson huquqlari keng ko’lamda poymol etiladigan davlat; so'z va fikr erkinligi faqat qog'ozda; bu huquqlarni amalda qo'llash - qamoq va qiynoq tomon yo'l. Tahlilnoma Varshavada e'lon qilindi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerda inson huquqlari bo'yicha yillik majlisini o'tkazmoqda. Unda O'zbekistonning taniqli huquq himoyachilari Vasila Inoyatova va Mo'tabar Tojiboyeva singari faollar so'zga chiqqan va qamoqxonalardagi vaziyat haqida tanqidiy hisobotlar bergan. Konferensiya doirasida siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga chaqiruvchi namoyishlar ham o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI