Juma, 24-may, 2013 Toshkent vaqti: 19:17

Markaziy Osiyo

Tojikiston hukumati isyonchilarga keskin talab qo’ydi

Xorug' shahri, Tog'li Badaxshon poytaxti
Xorug' shahri, Tog'li Badaxshon poytaxti

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Tojikiston hukumati isyonchilardan xavfsizlik xizmati rahbarining o’limi uchun mas’ul to’rt shaxsni, jumladan, sobiq jangari Tolib Ayombekovni adliyaga topshirishni talab qilmoqda, deya xabar beradi “Reuters”. Evaziga harbiy kampaniyani to’xtatamiz, deydi rasmiylar. Ayombekov hozirda Ishkashim chegara xizmati qo'mondoni.

Bir necha kun oldin Tog’li Badaxhon muxtoriyati, Xorug’ shahrida milliy xavfsizlik boshqarmasi rahbari, general Abdullo Nazarov qattiq kaltaklab o’ldirib ketilgan edi. Hukumat bunga javoban mintaqaga o’q yog’dirgan. Mutasaddilarning aytishicha, seshanba kungi to’qnashuvda 12 askar va 30 isyonchi halok bo’lgan.

Lekin bugun hududda otishma tinganday, do’kon, bozorlar yana ishga tushgan.

Ayni paytda Afg’oniston bilan chegaradosh Tog’li Badaxshon muxtoriyati bilan aloqa yo’q. Unga olib boruvchi yo’llar berk, mobil va internet aloqa uzib qo’yilgan. Rasmiylar muxtoriyat markazi Xorug’ shahrida noqonuniy qurolli kuchlar bilan jang kechganini tasdiqlab, har ikki tomonda talofatlar borligini aytmoqda.

Tog’li Badaxshon hukumatga bo’ysunmasligi bilan ajralib turadi. Rossiya televideniyasida yangrayotgan fikrlarga ko’ra, Tojikiston yana fuqarolar urushiga tortilmoqda.

“K+” televideniyesida chiqish qilgan Tojikiston Umummilliy sotsial-demokratik  partiyasi (TUSDP) nazarida Ramazon oyida hukumat harbiy chora qo’llab, xato qilayapti. Bu - aholiga qarshi kuch ishlatish, deb hisoblaydi partiya rahbariyati.

Partiya boshqaruvi prezidentga murojaat qilib, harbiy amaliyotni to’xtatishni, askarlarni regiondan olib chiqib, jabr ko’rgan aholiga insonparvarlik yordami yetkazishni, xalqaro tashkilotlardan esa jarayonga huquqiy baho berishni so’ramoqda.

Mahalliy ziyoli, tadbirkor Saodat Normatova fikricha, Tog’li Badaxshondan xabarlar aniq bo’lmasa-da, Rossiya matbuoti berayotgan ma’lumot kishini xavotirga soladi.

“Lekin Ramazonda odamlar qirilayotganida biz aybdor. Hukumat aqalli Ramazonni hurmat qilishi kerak edi. Badaxshon bir chekka, tog’ning tagi bo’lsa ham, u yer bizning vatanimiz, bizning odamlarimiz. Hukumat kelishish yo’lini qilishi, siyosiy yo’l izlashi lozim. O’limdan boshqa hamma narsaning iloji bor. Shuni o’ylash kerak”, - deydi Normatova.

Daler ismli yigit regionda bo’layotgan xunrezlik sabab yangrayotgan mulohazalarni qo’llamaydi. Hukumatga qarshi qarashlari bilan tanilgan jurnalisti Dodojon Atavulloyevning fikrlari ham asossiz, deb hisoblaydi u.

Tog'li Badaxshonda otishmalar tingan, Ravshan Shams
Loading
12:00:00 / -:--:--


“Asli nima bo’lgani noma’lum qolmoqda. O’sha yerliklarning gapiga quloq solsak, oddiy xalq zarar ko’rmoqda, lekin hech kim biror narsa deya olmaydi, aniq xabar yo’q”, - deydi u.

Hozirgacha Xorug’dan Dushanbega vertolyotlarda har ikki tomondan yarador bo’lgan yuzga yaqin harbiylar va jangarilar keltirilgan. Katta talofatlarga sabab bo’lgan janglar nihoyasiga yetmoqda, hukumat kuchlari jangarilarni qamalga olgan.

Tog’li Badaxshon Qirg’iziston, Afg’oniston va Xitoy bilan ming kilometrdan ortiqroq chegaraga ega. Tahlilchilar fikriga ko’ra, aynan shu chegara hududlaridan eng katta yashirin qoradori oqimi o’tadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI