Breaking News

Saylov-2016: Xavfsizlik - asosiy mavzulardan biri


Saylov-2016: Terrorizmga qarshi kurash qizg'in muhokamada
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:03 0:00

Saylov-2016: Terrorizmga qarshi kurash qizg'in muhokamada

Parijda yuz bergan terror xurujlari Amerikada 2016-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyalarida tashqi siyosat va milliy xavfsizlikni eng dolzarb mavzuga aylantirdi.

Saylov-2016: Xavfsizlik - asosiy mavzulardan biri, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Nurlar shahri bo'lgan Parijni chulg'ab olgan terror dunyoni larzaga soldi.

Bu hujumlar darhol AQShdagi saylov kampaniyalariga, xususan, Donald Tramp tiliga ko'chdi.

"Zaif va samarasiz odam bo'lsangiz, shunaqa yomon narsalar sodir bo'ladi", - dedi Tramp.

Respublikachilardan Marko Rubio va Ben Karson ham Oq uyning Suriyadan 10 ming qochoq qabul qilish rejasiga qarshi.

"10 ming odamdan 9999 tasi zulmdan qochayotgan begunoh odamlar. Ulardan bittasi IShIDning yaxshi tayyorlangan jangchisi bo'lsa, biz uchun bu ulkan muammo", - deydi Rubio.

"Amerika qadriyatlariga qarshi bo'lgan odamlarni qabul qilishni istamagan bo'lardim", - deydi Karson.

Ammo demokrat nomzod Berni Sanders shafqatli bo'lishga chaqiradi.

"Yuz minglab odamlar bor-budidan ayrilib, faqat egnidagi kiyimi bilan qolgan bir paytda, biz Suriya va afg'onistonlik muhojirlardan yuzimizni o'girmaymiz", - deydi u.

Demokratlarning so'nggi bahsida Hillari Klinton ham xavsizlikka alohida e'tibor qaratdi.

"Biz IShIDga xalqaro terror tarmog'ining yetakchi tahdidi sifatida qarashimiz va ularni mag'lub etishimiz kerak", - dedi demokrat nomzod.

Siyosatga chetdan kirib kelgan Tramp va Karson hanuz ommaviy so'rovlarda yetakchi. Ammo terrorizm tahdidi saylovchilarni tajribaliroq nomzodlarni tanlashga undashi mumkin, deydi tahlilchi Charli Kuk.

"Kim respublikachilar nomzodi bo'ladi? Saylovda kim yutib chiqadi? Bu kabi muammolarni hal qilishda kimning oliy bosh qo'mondon bo'lishini xohlaysiz?" - deya so'raydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG