Breaking News

Texas-Meksika chegarasida gumanitar inqiroz


O’n minglab muhojirlarning Meksika chegarasidan AQShning Texas shtatiga noqonuniy o’tayotgani nafaqat huquqiy muammo, balki gumanitar inqirozni ham keltirib chiqarmoqda. Immigrantlar orasida ko’plab yosh bolalarning borligi vaziyatni yanada og’irlashtirgan.

Chegara inqirozi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00
Yuklab oling

Markaziy Amerikadan yopirilib kelayotgan ko’plab muhojirlar Qo’shma Shtatlar hududiga kirgan bolalarga darrov qochoqlik maqomi beriladi deb hisoblaydi. Aslida unday emas. AQSh bilan chegaradosh bo’lmagan davlatlardan kelgan bolalar deportatsiya qilinishi mumkin, faqat avval ularning ishi o’rganib chiqilishi kerak.

Ish shunchalik ko’pki, chegara nazoratchilari ularni ko’rib ulgurmayapti, deydi ilgari chegara qo’riqchisi bo’lib ishlagan Karl Henderson.

“Ko’proq resurslar kerakmi? Albatta. Bu muammoni hal qiladimi? Yo’q. Chunki bu odamlar chegara qo’riqchilarini aldab o’tishga urinmayapti, balki chegaradan o’tiboq o’zlarini nazoratchilarga topshiryapti”, - deydi u.

Hendersonning aytishicha, AQSh bolalarga to’g’ridan to’g’ri boshpana bermaydi, ularning ishini ko’rib chiqish esa bir necha oyga cho’zilishi mumkin. Bu orada bolalar va ular bilan birga bo’lgan kattalar Amerikada qolishi mumkin.

“Tanishlarimning aytishicha, ko’plab soxta oilalar ham uchraydi. Bir o’zi kelayotgan odam yo’lda yolg’iz bolalarni ko’rib qolsa, ular bilan kelishadi. Men sening tog’ang bo’laman, otang bo’laman, deb, birga topshirishni ko’zlashadi”, - deydi sobiq chegara xizmatchisi.

Makallen shahrida mahalliy cherkovlar, xayriya tashkilotlari va davlat idoralari ishi ko’rilayotgan muhojirlarga yordam ko’rsatmoqda. Cherkov xodimi Norma bu haqda shunday deydi:

“Birinchi kuni 200 ta odamga xizmat ko’rsatdik. Shundan beri har kuni 100, 150 yoki 200 odamga yordam beryapmiz. Har kuni har xil”.

Yil oxirigacha Makallen shahrining o’zi yordam dasturlari uchun yarim million dollardan ortiq xarajat qilishi kutilyapti.

Xyustondagi Rays universiteti professori Mark Jonsning aytishicha, immigratsiya federal masala bo’lgani uchun mahalliy hokimiyat Vashingtondan yordam kutadi.

“Hamma xarajatlarning qoplanishini prezident Obamadan so’rashadi. Masala shundaki, prezident bu sarflarni ko’tarishga tayyormi yoki hamma og’irlik Makallen kabi shaharlar, Texas shtatining Hidalgo va Kameron kabi okruglari zimmasiga tushadimi?” – deydi professor.

Prezident chegarada yuz bergan favqulodda holat uchun Kongressdan 4 milliard dollar so’rayapti. Ammo bu bolalar ishini to’liq o’rganib chiqish uchun yetmaydi, deydi Jons.

“Hukumat bolalarni kuzatish uchun yetarli resurslarga ega emas yoki ulardan foydalanishni istamaydi. Mablag’ faqat cheklangan maqsadda, masalan, noqonuniy jinoyatchilarni topish uchun ishlatiladi”, - deydi u.

Professor so’zlariga ko’ra, immigratsiya sudlari muhojirlar ishlari bilan to’la. Tizim isloh qilinmaguncha, ijobiy o’zgarish bo’lmaydi, deydi u.

Chegaradagi inqiroz, mavjud qonunlar va hujjatsiz muhojirlar - Border crisis, 2008 law and illegals
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:21 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG