Payshanba, 30-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 21:39

Huquq va qonun

BMT: Tailand birmalik qochqinlarni haydamasin

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
BMT qochqinlar agentligi Tailand hukumatini birmalik musulmon muhojirlarni vataniga qaytarmaslikka undayapti.

BMT rasmiysi Vivian Tan so’zlariga ko’ra, Rakxain shtatidagi mazhablararo zo’ravonlik va ta’qibdan qochgani aytilayotgan bu oilalar vatanida jazolanishi mumkin. Xalqaro tashkilot mutasaddilari bugun qochqinlar bilan ko’rishishga va asl vaziyatni aniqlashga urinib ko’radi, deydi Tan.

Tailand hukumati kecha 73 immigrant, jumladan, ayollar va bolalarni Birmaga jo’natishini ma’lum qilgan edi. Ular shu hafta Puket shahrida qo’lga tushgan. Bu insonlar qayiqda Malayziyaga yetib olishga uringani aytiladi.

Tailand qo’shni davlatlardan muhojir ishchilarni qabul qilishga xohish bildirmay keladi. Dengizda qochqinlar qo’lga tushgan hollarda esa ularga kiyim-bosh va yegulik uzatib, yo’lida davom etishiga ijozat beradi.

Bu siyosat, ko’pincha, ayanchli oqibatlarga yetaklaydi. 2008 va 2009-yillarda Tailand tevaragida birmalik yuzlab qochqinlar cho’kib o’lgani taxmin qilinadi.

Birmaning g’arbida buddistlar va musulmonlar o’rtasidagi adovat o’nlab odamni hayotdan olib ketgan. Yuz minglab fuqarolar uyidan bosh olib ketishni ma’qul topgan.

Bu orada, AQSh va BMT Birma hukumatini Kachin shtatiga havodan zarba berishni bas qilishga chaqirmoqda. Harbiy kampaniya mamlakatda kechayotgan islohotlarga tahdiddir, deydi Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland.

Vashington Birma rahbariyatining kuch qo’llash siyosatidan xavotirda va tomonlarni muzokaraga da’vat etadi, deydi u. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun aholi hayotini xavf ostiga qo’yuvchi har qanday harakatdan tiyilishga chorlamoqda.
 
Birma hukumati va isyonchilar qonli to’qnashuvlar avj olganida bir-birini ayblaydi. 17 yillik sulh 2011-yilda buzilgan, shundan beri ora sovuq. O’n minglab odamlar uy-joyini tashlab chiqqan.

Shimoldagi elatlar, xususan, rahbariyatni bosimda, ozchilik millatlarni ezib tahqirlashda ayblaydi va ko’proq muxtoriyat talab qilib kurashmoqda.
 
Huquq faollari nazarida Birma prezidenti Teyn Seynning tinchlikni saqlashga da’vatlari yetarli emas. Qurolli olishuvlar kuchaygani sari davlat rahbarining armiyaga so’zi o’tmayapti, degan tanqidlar yangramoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Kongressga saylovlar - US Midterm Electionsi
X
30.10.2014 07:50
4-noyabr kuni Amerikada Kongress va mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo'lib o'tadi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kurd peshmerga jangchisi Kobaniga yo'l olish oldidan mahalliy aholi bilan xayrlashmoqda, Iroq, 29-oktabr, 2014-yil.

  • "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi kurashish maqsadida Suriyaning Kobani shahriga yo'l olayotgan peshmerga jangchilarini qo'llab-quvvatlash uchun minglab mahally kurdlar ko'chalarga chiqdi, Iroq, 29-oktabr, 2014-yil.

  • Kobanida jangari manzillariga qarshi AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya havodan zarba berishda davom etmoqda, Kobani, Suriya, 29-oktabr, 2014-yil.

  • Kobanida jangari manzillariga qarshi AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya havodan zarba berishda davom etmoqda, Kobani, Suriya, 29-oktabr, 2014-yil.

  • Peshmerga kuchlari joylashgan harbiy mashinalar Shonli Urfa xalqaro aeroportidan Kobani sari yo'lga chiqmoqda, Turkiya, 29-oktabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Peshmerga kuchlari Kobaniga yetib keldi

Iroq Kurdistonidan peshmerga jangchilarining bir qismi Suriyaning Kobani shahriga yetib borgan. Ular "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi kurashda mahalliy kurdlar va xalqaro koalitsiyaga yordam beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gavayi vulqoni aholi turar joylariga yetib keldi

Gavayida otilib chiqqan vulqon lavalari bir necha hafta o'tib Paxoa shaharchasiga yetib keldi. Sekin harakatlanayotgan lava "daryosi" yo'lda uchragan har qanday narsani kuydirib kulga aylantirmoqda. Shaharcha aholisi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebolaga qarshi global kurash

Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Afg'onistondagi missiya nihoyasiga yetayapti

Afg'onistonning Hilmand viloyatidagi yirik harbiy baza mahalliy armiya nazoratiga o'tdi. AQSh va Britaniya qo'shinlari missiyani yakunlab, o'lkani tark etishga hozirlik ko'rmoqda. 2015-yilda Afg'onistonda 12 ming xorijiy askar qoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI