Breaking News

Tamaki chekishga qarshi kurash xalqaro anjumanda muhokama qilinadi


به آسمان می نگرد. او از یک بمباران دیگر نجات یافته است. هواپیما‌های روسیه و ارتش اسد علیه مخالفان دولت سوریه باز به شهر حلب حمله کردند.
به آسمان می نگرد. او از یک بمباران دیگر نجات یافته است. هواپیما‌های روسیه و ارتش اسد علیه مخالفان دولت سوریه باز به شهر حلب حمله کردند.

Kelasi oy Abu-Dabi shahrida o’tadigan besh kunlik anjumanda e’tibor tamaki chekishga qarshi kurashga qaratiladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, chekish har yili olti million odamning yostig’ini quritadi, asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda.

Tamaki sabab inson saraton, insult, yurak-qon tomir va o’pka kasalliklari yoki diabetga uchrashi mumkin. Yuqumli bo’lmagan bu xastaliklar yoshi 70 ga yetmaganlarning yiliga 16 million nafarini hayotdan olib ketadi.

Tamaki va o’pka kasalliklariga qarshi kurash xalqaro ittifoqi vakili, doktor Ehson Latifga ko'ra, chekadiganlar soni oshgan sari bunday kasalliklar ham ko’payaveradi.

Tamaki mahsulotlarining asosiy bozori – rivojlanayotgan mamlakatlar. Demak, yuqorida aytilgan kasalliklar ham aynan shu jamiyatlarda keng tarqalmoqda.

Xo’sh, nima sababdan aynan kambag’al va o’rtahol o’lkalarda tamakiga qiziqish katta? Axir buning zararini hamma yaxshi biladi-ku!

“Taqiqlovchi qonunlar yo’q, odamlar zarari haqida yaxshi xabardor emas, - deydi doktor Latif, - Hukumatlar chora ko’rish kerakligini tushunadi, ammo ularning urinishlariga kuchli tamaki sanoati to’g’anoq bo’lmoqda”.

Tamaki mahsulotiga solinadigan soliqlar oshirilsa, hukumatlar foyda ko’radi, degan gap asossiz, deydi tanqidchilar. Olinadigan daromaddan odamlar salomatligiga yetadigan zarar kattaroq.

“O’smirlar, yoshlar orasida chekish hollari ko’p. Chunki yoshi katta odamlar chekish zarari, salomatlik haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’ladi. Ammo yoshlarga ta’sir qiladigan omillar ko’p, masalan, tengdoshlarning chekishi, stress va boshqalar”,- deydi doktor Latif.

Sigaret reklamasi ham aynan yoshlarni nishonga oladi.

“Tamaki kompaniyasi hech 60 yasharlar uchun tadbir uyushtirganini ko’rganmisiz? Yo’q, tadbirlarga yoshlar taklif qilinadi. Konsertlar deysizmi, turli aksiyalarmi. Xullas, yoshlar uchun jozibador bo’lgan marosimlar. Natijada asosiy xaridor ham yoshlar. Savdo oshadi”,- deydi shifokor.

Doktor Latif deydiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda tamaki chekish barobarida ga’rbona turmush tarzi ham tarqalmoqda. Shakar, tuz va yog’ga to’la oziq-ovqat mahsulotlari ommaviylashib boryapti.

Tamakiga qarshi kurashga bag’ishlangan xalqaro anjuman aynan Birlashgan Arab Amirliklarida o’tkazilayotganining sababi bor. Mintaqada xuka, shisha yoki chilim chekish keng tarqalgan.

“Chilim chekish tamaki chekishning birinchi bosqichi. Ishlab chiqaruvchilar chilimda tamaki va boshqa zararli mahsulotlar ishlatilmaydi, deb reklama qilishi mumkin, ammo bu mutlaqo noto’g’ri. Chilim chekish sigaret chekish bilan baravar. Unisi ham, bunisi ham odamni o’ldiradi,” - deydi doktor Latif.

Elektron sigaretlar reklamasiga quloq solsangiz, mutlaqo xavfsiz, deb o’ylashingiz mumkin. Ammo mutaxassislar bu nisbatan yangi mahsulotning zarari haqida ogohlantirmoqda.

Targ’ibot va kurashni turli jabhalarda olib borish kerak, deydi doktor Latif.

“Bu kasalliklar va ularning sabablariga to’xtalganimizda spirtli ichimliklar va oziq-ovqat sanoati haqida gap yuritamiz. Demak, nafaqat tamaki balki boshqa qudratli sanoatlarga qarshi choralar ko’rish kerak. Bu esa oson bo’lmaydi. Biz barcha taraflar yordamiga muhtojmiz”.

Tamaki va salomatlikka bag’ishlangan 16-xalqaro konferensiya Abu-Dabida 17-21 mart kunlari bo’lib o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG