Shanba, 29-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 12:16

Xalqaro

Turkiya-Eron aloqalari yanada sovuqlashishi mumkin

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod (o'ngda) Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'an bilan Istanbulda uchrashmoqda, 9-may, 2011-yil.
Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod (o'ngda) Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'an bilan Istanbulda uchrashmoqda, 9-may, 2011-yil.
Amerika Ovozi
NATOning Turkiya-Suriya chegarasida raketaga qarshi “Patriot” mudofaa tizimini o’rnatish rejasi Eron noroziligiga uchradi. Rasmiy Anqaraga Tehronning bu ishi yoqmadi. Bu usiz ham sovuq ikki tomonlama munosabatlarni yanada taranglashtirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto’g’li Eronga xavotir olmaslikni tavsiya qildi.

"“Patriot” tizimini tanqid qilishdan oldin Tehron Suriya hukumatiga o’z xalqiga qarshi zulmni to’xtatishni, Turkiya chegarasini buzishni bas qilishni tayinlasa yaxshi bo’lar edi", - dedi vazir.

Tehron nazarida sistema Uchinchi jahon urushiga turtki berishi mumkin. Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod shu hafta Turkiyada rejalangan diniy festivalga borish rejasidan qaytdi.

Suriya mojarosi ikki davlat aloqalarini sovuqlashtirdi. Ma’lumki, Tehron Suriya prezidenti Bashar al-Assadni, Turkiya esa unga qarshi kurashayotgan isyonchilarni qo’llab-quvvatlamoqda.

Istanbuldagi “Edam” tadqiqot instituti rahbari Sinan Ulgenning aytishicha, Anqara sobiq ittifoqchisi bilan masalani oydinlashtirmoqchi edi, ammo Ahmadinejod Turkiyaga safarini bekor qilib, bunday imkoniyatni boy berdi.

"Turkiya fursatdan foydalanib Eron bilan Suriya kelajagini muhokama qilmoqchi edi. Tehron Assadni qo’llab-quvvatlasa-da, undan keyingi tizim qanday bo’lishiga befarq emas. Har ikki tomon Suriyaning barqaror bo’lishidan manfaatdor", - deydi tahlilchi.

Ahmadinejod tashrifining so’nggi daqiqada qoldirilganiga Tehron hali rasmiy sabab ko’rsatmadi. Eronda ishlagan turkiyalik sobiq diplomat Murat Bilxanning aytishicha, Ahmadinejod Turkiya bilab hamkorlikka qarshi kuchlar bosimiga uchragan bo’lishi mumkin.

"Ichki qarama-qarshiliklar mavjud, deb o’ylayman. Eron rahbari Turkiyaga boraman deb turgan bir paytda islomiy respublika harbiylarining qo’shni davlatga do’q-po’pisa qilishi qiziq bir holat", - deydi Bilxan.

Kuzatuvchilar nazarida Ahmadinejod Anqara uchun qulay, gaplashsa bo’ladigan siyosatchi. Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an o’tmishda uni “do’st” deb atagan.
Tahlilchi Sinan Ulgen Eron ichki siyosatida o’zgarishlar kutilmoqda, deb Turkiya hukumatining Tehron bilan Suriyaga doir diplomatik harakatlari ayni damda samara bermasligi haqida ogohlantirmoqda.

"Keyingi prezident saylovlari Eronda 2013-yilga rejalangan. Yangi rahbar diniy yetakchiga yaqin, Ahmadinejoddan konservativroq bo’ladi, demak u bilan gaplashish, kelishish qiyinroq bo’ladi, deb o’ylayman", - deydi Ulgen.

Vashington Turkiyadan Eron yadro dasturi bois bu mamlakatga nisbatan sanksiyalarni qo’llashni talab qilar ekan, Anqara-Tehron aloqalari yanada sovuqlashishi kutilmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amishlar kimlar? Amish community in Americai
X
28.11.2014 23:02
Qo’shma Shtatlarda amishlar degan bir g’aroyib jamoa yashaydi. Ular o’zlarini eng oddiy va kamtarin nasroniylar deb biladi. Jamoa tarixi 17-asrga, Shveytsariyaga borib taqaladi. Jekob Amman ismli ruhoniy yangi oqimga asos soladi va unga ergashganlar amishlar deya nom oladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Livan
  • Turkiya
  • Venetsiya
  • Misr
  • Argentina
  • Angliya
  • Yaponiya
  • Xitoy
  • London
  • Oq uy, Vashington
Fotogalereya

Fotogalereya Shukronalik kuni, Amerika - Thanksgiving Day in America

Noyabrning oxirgi payshanbasi Shukronalik kuni. Yangi vatandagi noz-ne'matlardan shukur qilgan, hosilidan rozi bo'lgan odamlar shunday bayramga asos solgan. Keyinchalik tub aholiga qarshi qonli urushlar olib borgan yevropalik kelgindilar boshida ular bilan bir dasturxondan non yegan. Hindu qabilalar o'z ovqatlarini tanishtirgan bo'lsa, kelgindilar ham o'z taomlarini tortgan. Kurka Shukronalik kuni asosiy taom hisoblanadi. Chunki bu parranda Amerikada serob bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerikada Shukronalik kuni

Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom demakdir.
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi dunyo, suratlarda

Jahonning turli burchaklaridan olingan antiqa fotolar - 26-noyabr, 2014

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI