Juma, 01-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 16:50

Yaqin Sharq

Turkiya Yaqin Sharqda diplomatik kuchini yo'qotmoqda

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog'an Misrga tashrifi chog'ida, Qohira, 13-sentabr, 2011-yil.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog'an Misrga tashrifi chog'ida, Qohira, 13-sentabr, 2011-yil.
Amerika Ovozi
Misr G’azo Sektorida XAMAS va Isroil o’rtasidagi mojaroni vositachilik yo’li bilan hal etgani uning diplomatik g’alabasi sifatida e’tirof etilmoqda. Qohira mintaqadagi yetakchi mavqeini tiklar ekan, ayrim tahlilchilar nazarida Turkiyaning ta’siri susaymoqda.

Isroil va XAMAS yaqinda bir hafta davomida o’q almashib, yahudiy davlati G’azo Sektoriga qo’shin kiritishga hozirlik ko’rayotgan edi. Ammo Misr prezidenti Muhammad Mursiy o’rtaga tushib, tomonlarni sulhga ko’ndira olib, muhim diplomatik g’alabaga erishdi.

Istanbuldagi Bog’chashahar universitetida xalqaro munosabatlar bo’yicha mutaxassis Chingiz Aktarning aytishicha, Misrning yutug’i Turkiyaning mintaqadagi diplomatik nufuzi so’nib borayotganidan dalolat.

"Misr Yaqin Sharq mojarosi bilan ko’pdan beri shug’ullangan. Ammo mamlakat katta o’zgarishlarga yuz tutib, Husni Muborak hokimiyatdan ketgach, Qohira vaqtinchalik tanaffus olishga majbur bo’ldi. Ammo hozir yana bu ishga sho’ng’igan. Mintaqada vaziyat barqarorlashar ekan, Mursiyning AQSh bilan ham, G’arb bilan ham munosabatlari yaxshi, Turkiya esa bu masalada chetda qolib ketdi", - deydi tahlilchi.

Anqara mojaroni hal etishda ishtiroki borligini aytadi, ammo aslida Isroil bilan barcha bordi-keldini to’xtatgan Turkiya ishning uddasidan chiqa olmadi. Aloqalar ikki yil oldin turk fuqarolari isroillik harbiylar qo’lidan o’lgach sovuqlashdi. Shu bilan birga Tel-Aviv-Qohira orasini ham iliq deb bo’lmaydi.

Istanbullik tahlilchi Sinan Ulgenning aytishicha, Turkiya Isroil bilab gaplasha olmagani uchun mintaqadagi mojaroni hal etishda imkoniyatlari cheklangan.

"Isroil bilan orani buzib, Turkiya muhim omildan ayrildi. Mintaqa yetakchiligini endi Misr o’z qo’liga olmoqda", - deydi Ulgen.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu oy boshida Turkiyaga aloqalarni yaxshilashni taklif etib, bu har ikki davlat manfaatlariga javob beradi, dedi. Turkiyaning ashaddiy tanqidchilaridan hisoblangan Isroil Tashqi ishlar vaziri Avidgor Libermanning o’tgan juma iste’foga chiqishi ikki davlat murosasiga hissa qo’shishi mumkin.

Biroq turk rasmiylaridan birining aytishicha, Tel-Aviv Anqara talablarini qondirgan taqdirdagina aloqalar yaxshilanishi mumkin. Turkiya Isroildan fuqarolarining o’limi uchun uzr so’rashni, ularning oila a’zolariga kompensatsiya to’lashni, G’azoni iqtisodiy qamaldan ozod etishni talab qilib keladi.

Tahlilchi Chingiz Aktarning aytishicha, Anqara Saudiya Arabistoni va Qatar kabi sunniy musulmon davlatlar bilan yaqin bo’lib, Iroq va Erondagi shia hukumatlarga sovuq muomala qilishi uning mintaqadagi diplomatik sa’y-harakatlariga pand bermoqda.

"Turkiya xolis bo’lmas ekan, sunniy guruhlarga yon bosishda davom etar ekan, vaziyat o’zgarmaydi", - deydi tahlilchi.

Biroq turkiyalik boshqa bir ekspert, jurnalist Semix Idiz nazarida Anqara nima qilsa-da, Misr soyasida qolaveradi, chunki Turkiya arab davlati emas va shu sabab ustunlik doim Qohira tomonida bo’ladi.

"Turkiya va Misr o’rtasida raqobat hamisha bo’lgan, do’stona raqobat. Bo’g’izlashgacha borilmaydi deb o’ylayman. Qohira ichki barqarorlikni o’rnata olsa, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tomondan yana rivojlanadi. So’ng Yaqin Sharqda yana katta kuchga aylanadi", - deydi Idiz.

Biroq Misr siyosiy mavhumlik girdobida ekan, Turkiyani hisobdan chiqarishga hali erta, deydi kuzatuvchilar.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola virusi tarqalishda davom etmoqdai
X
31.07.2014 18:42
G’arbiy Afrika mamlakatlari bo’ylab o’limga yetaklovchi Ebola virusi tarqalishda davom etmoqda. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, bu ushbu kasallik bilan bog’liq shu paytgacha kuzatilgan eng katta endemiyadir. Xalqaro hamjamiyat yetakchilari vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Liberiya hukumati rasmiysi sifatida Nigeriyaga kelib ishlagan, ayni paytda AQSh fuqarosi bo'lgan Patrik Soyerning xotini Dekonti Soyer bir yoshli farzandi bilan, Minnesota, 29-iyul, 2014-yil.
  • Nigeriyaning sog'liqni saqlash bo'yicha rasmiylari Ebola kasalligi bo'yicha mamlakatdagi so'nggi vaziyat haqida jurnalistlarga ma'lumot bermoqda, 28-iyul, 2014-yil.

     
  • Doktor Deyvid Makrey Texasda o'tgan matbuot anjumanida do'sti va hamkasbi Kent Brentlidan kelgan maktubni o'qib bermoqda. Brentli Liberiyada Ebolaga qarshi kurashayotib virus yuqtirib olgan ikki amerikalikning biri, 28-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida tibbiyot xodimlari Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatmoqda, 27-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatgan xodimlar maxsus himoya kiyimlarini yechmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga ovqat ulashilmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida xodimlar Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatishdan oldin maxsus himoya kiyimlarini kiymoqda, 20-iyul, 2014-yil.
     
  • Ebola virusining mikroskopdan ko'rinishi
  • Syerra-Leonedagi klinika xodimi ko'chada infeksiyaga qarshi dori sepib yuribdi, 10-iyul, 2014-yil.
     
Fotogalereya

Fotogalereya G'arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalmoqda

G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'limga yetaklovchi Ebola virusiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha 1000 dan ortiq odam halok bo'lgan. Virus yuqtirib olganlar izolyatsiyalangan maxsus kasalxonalarda saqlanmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI