Juma, 21-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 09:10

Yaqin Sharq

NATO Turkiyada mudofaa tizimini o'rnatishga rozi

"Patriot" havo mudofaasi tizimi
"Patriot" havo mudofaasi tizimi
Amerika Ovozi
NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining bugun Bryusselda o'tgan majlisida Turkiyani Suriyaning ehtimoliy hujumidan himoya qilish maqsadida chegarada "Patriot" havo mudofaasi tizimini o'rnatishga kelishildi.

Rasmiy Anqara Suriyada vaziyat izdan chiqib, Bashar al-Assad hukumati unga qarshi kimyoviy qurol qo'llashi mumkinligidan xavotirga tushib, bir necha kun burun NATOdan "Patriot" raketalarini so'ragan edi. Bugun alyans masalani ijobiy hal qildi.

Blokka a'zo uch davlat kelasi bir necha hafta davomida raketalarni o'rnatadi - AQSh, Gollandiya va Germaniya. Tizimni ham shu mamlakatlar mutaxassislari yuritadi.

Sistema qisqa masofali raketalarni bir-bir yarim daqiqa ichida urib tushirish salohiyatiga ega, ammo undan hujumkor qurol sifatida foydalanib bo'lmaydi.

Kecha Istanbulda Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog'an bilan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tizimning Turkiya-Suriya chegarasida o'rnatilishi vaziyatni keskinlashtiradi, deya tashvish bildirgan edi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Uysizlar uchun mobil hammom - Homeless Shower Busi
X
20.11.2014 10:57
Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida bir avtobus haftasiga uch marta g’ayrioddiy xizmatlar ko’rsatadi. Uysiz odamlar unga kirib, cho’milib chiqishi mumkin. Bu mobil dushxonalarni xayriya tashkiloti yo’lga qo’ygan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • NATO harbiy samolyotlari Litva osmonida
  • Ukraina osmonidan urib tushirilgan Malayziya samolyoti qoldiqlari
  • Donetsk bozorida
  • Indoneziyada yonilg'i narxi oshganidan norozi omma ko'chada... Bir yigit portlovchi modda ishlatganida o'z yonib ketgan.
  • Indoneziyada toshqinlar
  • Vinoda cho'milayotgan yaponlar
  • Satguru Rampalji Maharaj - o'zini xudo deb e'lon qilgan hind - qamoqqa olindi
  • Nyu-York shtatida bir yarim metr qor yog'di
  • Londonda tirnog'ini ko'z-ko'z qilayotgan xonim
  • Robotlar ko'rgazmasida, Ispaniya
  • Germaniyada ishlangan yangicha velosiped
  • Braziliya
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada portlash, o'lganlarning ko'pi o'quvchilar

Nigeriya shimoli-sharqidagi Potiskum shahrida suiqasd xurujida kamida 48 odam o'lgan, aksariyati o'quvchilar. Voqea o'rta maktabda sodir bo'lgan. Bomba bolalar bir joyga to'planganda portlagan. Xabarlarga qaraganda, kamida 79 odam jarohat olgan, aksariyati og'ir ahvolda. Guvohlarning aytishicha, xudkush bombachi o'quvchi kiyimida bo'lgan. Xuruj kimning ishi ekani ma'lum emas, ammo mamlakatda Boko Haram jangari guruhi faol. Boko Haram bir hafta oldin Potiskumdagi bir xurujni uyushtirgan edi. O'shanda diniy marosim paytida 20 dan ziyod odam o'lgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI