Breaking News

Turkmaniston: Siyosiy islohotlar davri boshlandimi?


Shveytsariya rahbari Evelin Vidmer-Shlumpf, Turkmaniston prezidenti Qurbonguli Berdimuhammedov Bern yaqinida muzokara qilmoqda. 8-oktabr, 2012-yil.
Shveytsariya rahbari Evelin Vidmer-Shlumpf, Turkmaniston prezidenti Qurbonguli Berdimuhammedov Bern yaqinida muzokara qilmoqda. 8-oktabr, 2012-yil.
Ayrimlar Turkmanistonda 2012-yilni siyosiy o’zgarishlar davrining boshlanishi deb baholamoqda.

Prezident saylovlari orqali ikkinchi muddatini qonuniylashtirib olgan Qurbonguli Berdimuhammedov yana islohotlar o'tkazishni va’da qilgan. Jumladan, hukmron partiyadan tashqari ikkinchi partiya faoliyatiga ruxsat berilgan.

Kuzatuvchilar fikricha, prezident reformalar orqali xalqaro izolyatsiyadan chiqish harakatida. Lekin muxolifat nazarida aslida siyosiy o'zgarishlar imkoniyati allaqachon boy berilgan.

Turkmanistonda siyosiy islohot, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:43 0:00
Yuklab oling

Joriy yil Turkmanistonda kechgan muhim voqealardan biri prezident saylovlari, aniqrog'i, unda ishtirok etgan Berdimuhammedovning islohotlar haqidagi va’dasi bo’ldi.

“U muxolifatni ham saylovda qatnashishga chaqirdi. Biroq va’dalar ortidan amaliy ish kuzatilmadi. Muxolifatdagi partiya yetakchisi sifatida elchixonaga bir necha bor murojaat qildim, Berdimuhammedov esa va'dasini unutdi. Saylov muxolifat ishtirokisiz otdi”, - deydi Avstriyada yashayotgan muxolifathi Nurmuhammad Xanamov.

Uning aytishicha, uzoq yillar bir partiya hukmronlik qilgan Turkmanistonda ko'p partiyaviylikka ruxsat berilgani muhim o'zgarish.

Berdimuhammedov tashabbusiga ko'ra tuzilgan Sanoatchilar va ishbilarmonlar partiyasi O'zbekistondagi hamkasblarini eslatadi. Hukumatga muxolifligini aytolmaydigan qo’g'irchoqlarga o'xshatiladi.

Shunday bo’lsa-da, Xanamov bir partiyaviylik tugatilganidan mamnun.

“Men Turkiyani misol tariqasida keltiraman. Respublika maqomini olgan Turkiyada ham avvaliga bitta partiya mavjud edi, bugun esa u yerda partiyalarning haqiqiy raqobatini ko'rayapmiz”, - deydi u.

2012-yilda sobiq prezident, marhum Saparmurod Niyozovga uyushtirilgan suiqasdga 10 yil to'ldi.

Amalga oshmay qolgan bu hujum muxolifatga qarshi qatag'onni boshlab berdi. Tashqi dunyo bilan aloqa uzulib, qamoqqa tashlangan faollar izsiz yo'qoldi.

Oppozitsiyaga qarshi tazyiqlar hanuz davom etmoqda. Mamlakat tashqi dunyo uchun yopiq. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari faoliyat ko’rsatmaydi.

“Bu hodisa Turkmaniston siyosiy hayotida mudhish iz qoldirdi. Biz voqealarga 10 yil to'lishi munosabati bilan Berdimuhammedovga murojaat bilan chiqdik. Qamoqdagi safdoshlarimizdan hanuz darak yo’q. Ularning taqdiri qarindoshlariga ham, jamoatchilikka ham noma'lum”, - deydi Xanamov.

Joriy yil Turkmaniston tashqi siyosiy aloqalarda bir qadar faollashgan. 5-dekabr kuni MDH miqyosidagi anjuman Ashgabatda o'tdi. Prezidentning Yevropaga safarlari ko’paydi. Berdimuhammedov, shuningdek, BMT doirasida o'z takliflari bilan chiqa boshladi. G'arbning ham Turkmanistonga qiziqishi ortgan.

“Bu iliqlik Turkmanistonda inson huquqlari masalasida biror o'zgarish kuzatilmagan sharoitda davom etmoqda. G'arb bu yurtga gaz zaxiralariga boy hamkor sifatida qaraydi”, - deydi Xanamov.

Marhum prezident Saparmurod Niyozov shaxsiga sig'inish an'anasi bugun uning vorisi, Qurbonguli Berdimuhammedov davrida ham davom etayotgani aytiladi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG