Breaking News

“Turkmanistonda xalq va hukumat tobora uzoqlashayapti”


Ashgabat, 15-dekabr, 2013-yil. Hukumat mamlakatda ilk bor ikki partiya vakillari ishirokida o’tgan saylovlarni demokratik islohotlar namunasi deb hisobladi. G'arb kuzatuvchilari saylovda tanlov imkoniyati cheklangani, aholining saylovga bo’lgan qiziqishi zaifligini ta’kidlagan.
Ashgabat, 15-dekabr, 2013-yil. Hukumat mamlakatda ilk bor ikki partiya vakillari ishirokida o’tgan saylovlarni demokratik islohotlar namunasi deb hisobladi. G'arb kuzatuvchilari saylovda tanlov imkoniyati cheklangani, aholining saylovga bo’lgan qiziqishi zaifligini ta’kidlagan.
Yakunlanayotgan yil Turkmanistonda xalq va hukumat yanayam uzoqlashgani, oddiy turkmanlar hayoti og’irlashgani bilan yodda qolayotgani aytiladi. Rasmiy Ashgabat mamlakatda ilk bor ikki partiya ishtirokida o’tgan parlament saylovlarini demokratiya namunasi sifatida taqdim etmoqda.

Turkmanistonda hukumat va xalq uzoqlashib borayapti/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:06 0:00
Yuklab oling

Faollar so‘zlariga ko’ra, shu yil oxirida Turkmanistonda o’tgan parlament saylovlarini muhim voqea sifatida baholash qiyin. Oddiy turkmanlar saylovga ham, hukumatga ham befarq.

O’tgan 12 oy turmush darajasi bir pog’ona pastlagani bilan yodda qolishi mumkin, deydi Shvetsiyada muhojirlikda yashayotgan turkman yozuvchisi Ak Velsapar.

“Hukumat mamlakatda hammasi yaxshi va farovon ekani haqida xalqaro jamoatchilikni laqillatib turgan oddiy yillardan biri bo’ldi. Turkmanistonda kechayotgan asosiy jarayon esa xalq va hukumat o’rtasidagi masofa uzoqlashib borayotganidir. Xalq o’zicha, hukumat esa o’zicha yashamoqda, aholi (Qurbonguli) Berdimuhammedovdan biror o’zgarish qilishni kutmay ham qo’ydi. Prezident atrofida jipslashgan tor, ammo juda boy doira shakllandi. Berdimuhammedovni Allohning elchisi sifatida ta‘riflab, yaltoqlanayotgan shu guruhgina hukumatni qo’llashda davom etaveradi”, - deydi Velsapar.

Hukumatning yil yakunlariga bag’ishlangan yig’ilishida qatnashgan Berdimuhammedov esa 2013 yilda iqtisodga 41 millard dollar yotqizilgani, ishlab chiqarish hajmi 10 foizga oshganini aytdi.

Faollarning aytishicha, rasmiy ma’lumot haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi. Bu yaqinda o’tgan parlament saylovlariga ham taalluqli.

Rasmiy xabarlarga ko’ra, ochiq va adolatli o’tgan parlament saylovlarida 91 foizdan oshiq saylovchilar ovoz berishgan. Hukumat mamlakatda ilk bor ikki partiya vakillari ishirokida o’tgan bu saylovlarni demokratik islohotlar namunasi deb hisoblaydi.

Saylovni kuzatgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi birinchi bor ikki partiya ishtirokida parlament saylovlari o’tishini oldinga tashlangan qadam desa-da, saylovda tanlov imkoniyati cheklangani, aholining saylovga bo’lgan qiziqishi zaifligini ta’kidlagan.

“Parlament saylovida qatnashgan Tadbirkorlar partiyasini hukumat tuzgan va hukumat tomonidan boshqariladi. Agar Berdimuhammedov rostdan ham ochiq va demokratik saylovlar o’tkazish maqsadida bo’lganda edi, buning uchun uning vaqti ham, imkoniyatlari ham mavjud edi. Berdimuhammedov esa buni istamadi”, - deydi Velsapar.

Parlament uchun saylovlardan oldin Xalqaro amnistiya tashkiloti Turkmaniston bo’yicha hisobotini chop etdi. Unda inson huquqlariga oid vaziyat o’ta ayanchli ekani aytilar ekan, hukumatning ikki partiyali tizimga o’tish kabi yuzaki islohotlari vaziyatni o’nglamasligi ta’kidlanadi.

Xalqaro tashkilot ta’rifiga ko’ra, mamlakatda jurnalistlar, huquq himoyachilari yoppasiga tazyiq ostida, haqiqiy ma’nodagi muxolifat haqida gapirish mumkin emas.
Mamlakatdagi inson huquqlariga oid og’ir vaziyatning bir qadar e’tibordan chetda qolayotgani Turkmaniston energiya zaxirasidan manfaatdor tomonlar ko’pligiga ham bog’liq.

“Ikki partiya ishtirokidagi saylovlar Berdimuhammedovga shunchaki xalqaro hamjamiyatni chalg’itish uchun kerak edi. Aslida, mamlakatda so’z erkinligi yo’q bo’lsa, hammasi keskin nazoratda bo’lsa, qanday qilib erkin saylovlar haqida gapirish mumkin?” - degan fikrda adib.

Mamlakat tashqi siyosatda neytrallik maqomiga sodiqligini ifoda etib keladi. 19-dekabr Turkmaniston neytralligi kuni deya rasman bayram qilinadi. Mintaqada eng katta gaz zaxirasiga ega davlat bilan hamkorlik manfaatli hisoblanadi.

Bu borada Yevropa Ittifoqi ham Ashgabat bilan muzokarni davom ettirmoqda. Turkman gazini G’arbga eksport qilish loyihasi ustida ishlanmoqda.

Bu orada, Turkmaniston va O’zbekiston aloqalarida oliy darajadagi tashriflar muntazamlashdi. Berdimuhammedovning shu yilning noyabrida Toshkentga safarida tomonlar siyosiy, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishdi.

Ammo Turkmanistonning diplomatik aloqalarini bir qadar rivojlantirayotgan Berdimuhammedov siyosatidan umid kam.

“Uning o’zidan boshqa hamma tushunib bo’ldi, hozirgi hukumat o’zgarishlar qilishga qodir emas”, - deydi Velsapar.

Faollar mamlakatdagi inson huquqlariga oid og’ir vaziyatning bir qadar e’tibordan chetda qolayotganini Turkmaniston energiya zaxirasidan manfaatdor tomonlar ko’pligiga ham bog’laydi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG