Juma, 24-may, 2013 Toshkent vaqti: 08:00

Amerika

AQSh havo kuchlaridagi noyob zobitlar

Taskagi guruhi a'zolari, Ikkinchi jahon urushi davrida olingan surat
Taskagi guruhi a'zolari, Ikkinchi jahon urushi davrida olingan surat
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

Ikkinchi jahon urushidan oldin Amerikada irqchilik tufayli qora tanlilar harbiy samolyotlarni boshqara olmagan. Biroq vatanga sadoqat rang tanlamaydi. “Taskigi” (Tuskegee) uchuvchilari deb nomlangan guruh ko’rsatgan xizmat bois 1948-yilda katta o’zgarish yuz beradi.

Ikkinchi jahon urushi paytida “Taskigi" eskadronining dovyurak qora tanli uchuvchilari haqida deyarli hech kim bilmagan.

“Mamlakatda uchuvchilar haqidagi ma’lumot o’ta maxfiy hisoblanardi, xabarlarda ular haqida gapirilmasdi”.

E’tirof etilmasa-da, Beverli Danjil va boshqa pilotlar AQSh armiyasidagi to’siqdan o’tishga muvaffaq bo’ldi.

Ular kelajak avlodlarga umid bag’ishlagan. Yillar o’tib Kenyata Raffindek amerikaliklar xizmatga kirdi.

Kenyatta Raffin (chapdan) bu uchuvchilarning bugungi avlodi
Kenyatta Raffin (chapdan) bu uchuvchilarning bugungi avlodi
“Hayotda ularga o’xshab yashashga, ulardek kamolotga intilishga qaror qildim”.

Raffin AQSh Havo kuchlari akademiyasini bitirgan. F-16 rusumidagi qiruvchi samolyot uchuvchisi.

Iroqda xizmat qildi. Bu urushda u “Taskigi” singari uchuvchilar guruhi bilan ishladi.

“Men Iroqning Balad aviabazasida xizmat qildim. Baladda AQSh havo kuchlarining 332-ekspeditsiya qanoti joylashgan edi. Ular “Taskigi” o’rniga tuzilgan jangovar guruh. Jiddiy aytyapman, men “Taskigi” uchuvchilari xizmat qilgan bo’limga tushdim”.

Raffin uchun bu katta ahamiyatga ega. Bo’limda undan boshqa qora tanli uchuvchi yo’q edi.

“Xizmat qilgan bo’limlarimning aksariyatida men yagona qora tanli uchuvchiman”.

1945-yilda Italiyada olingan surat... Qora tanli uchuvchilar u paytlarda ochiq maqtalmas edi.
1945-yilda Italiyada olingan surat... Qora tanli uchuvchilar u paytlarda ochiq maqtalmas edi.
AQSh havo kuchlarida bugun 45 qora tanli uchuvchi bor.

Bu havo kuchlaridagi barcha harbiy uchuvchilarning 1,4 foizi degani. Hatto Ikkinchi jahon urushi davrida bu raqam kattaroq bo’lgan. AQSh janubidagi Alabama shtatida joylashgan “Taskigi” institutini 1000 nafar uchuvchi bitirgan.

“Bu statistika odamni dahshatga soladi. Biz shu jamiyatning faol a’zosi bo’lmoqchimiz axir. Amerikada qora tanlilar aholining 10-12 foizini tashkil etadi”.

Muammo hozir irqchilikda emas, deydi Raffin.

“Odamlar biz haqimizda bilmaydi. Televideniyeda basketbol, futbol o’yinchilari, rep aytadigan qo’chiqchilarni ko’rasiz, lekin “Taskigi” uchuvchilari haqida kamdan kam odam biladi. Vaholanki, ular har jihatdan a’lo, salohiyatli, kuchli iroda egalari bo’lgan”.

Chikago kino teatrlarining birida “Taskigi” uchuvchilarining yutuqlariga bag’ishlangan badiiy filmni ko’rgach Raffin o’zining uchuvchilik faoliyati haqida gapira boshladi, yoshlarni jalb qildi.

Yoshlar bilan uchrashuvlar chog’ida Raffin birinchi qora tanli general Deniel Jeyms so’zlarini keltiradi. Bu yoshlar diqqatini qaratdi.

“U kamolot nihoyatda katta kuch, deb aytadi. Unga talab doimo katta, teri rangining ahamiyati yo’q, deydi. Haqiqatan ham shunday”.

AQSh havo kuchlarining shiori ham shunga mos – “nishonni balandroq ol”.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI