Breaking News

Rossiya qrim-tatarlarga tazyiqni oshirmoqda


Kiyevdagi Rossiya elchixonasi oldida qrim-tatarlar namoyishi, 26-sentabr, 2014-yil
Kiyevdagi Rossiya elchixonasi oldida qrim-tatarlar namoyishi, 26-sentabr, 2014-yil

Qrim-tatarlar Rossiyadan tazyiqlarni to'xtatishni talab qilmoqda. Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi o'tkazgan faollar qrim-tatarlarga tegishli mahalliy televideniye va gazetalar yopilganini qoralagan.

Kiyevda qrim-tatarlar namoyishi, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:18 0:00
Yuklab oling

Namoyish Qrimda Milliy Majlisga tegishli binolar olib qo'yilishi va faollar uylarida o'tkazilgan tintuvlar ortidan kuzatilmoqda. Piket qatnashchilariga ko'ra, yarim orolda qrim-tatarlarga nisbatan munosabat yomonlashgan. Majlismi yo'qotishga bo'lgan harakatlardan so'ng, endi tatar tilidagi televideniye va gazetalar nishonga olinmoqda, tahririyatlar tintuv qilinmoqda.

“Rossiya elchixonasidagi noroziligimizning asosiy sababi shuki, so'nggi paytda qrim-tatarlarga nisbatan genotsid siyosati qayta boshlanmoqda. Avval millatning yetakchisi Mustafo Jemilevning Qrimga kirishini taqiqilab qo'yishdi. Yaqinda esa milliy televideniyemiz “ATR”ga prokurorlar kelib, ularni ekstremistik materiallar tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan. Bu tazyiqlar boshida esa Rossiya maxsus xizmati FSB turibdi. Biz Rossiyadan bu bosimlarni to'xtatishni talab qilamiz ”, - deydi qrim-tatar faollaridan biri Nigmat Sayfiddinov.

Oddiy ukrainaliklar ham bu elatni qo'llab-quvvatlash uchun norozilik aksiyasiga qo'shilgan. Ulardan biriga ko'ra, Rossiya o'tgan asrda qrim-tatarlar boshiga solgan kulfatlarni yana qaytarmoqda, xalqaro jamoatchilik bu fojeaga befarq qaramasligi kerak.

Qrim tatar faollari Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi oldida namoyish o'tkazmoqda, 26-sentabr, 2014-yil.
Qrim tatar faollari Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi oldida namoyish o'tkazmoqda, 26-sentabr, 2014-yil.

“To'g'risi, bu har qanday odamni larzaga soladi. Avvaliga begona odamlar qurol yordamida hududni bosib oldi, endi esa bir marta xo'rlik va deportatsiyadan o'tgan millat yana shu xo'rlikka to'qnash kelmoqda. Qrimda odamlar shu qo'rquv ostida yashamoqda, u yerda qrim tatar do'stlarim bor. Odamlarni erkin so'z aytishdan mahrum qilishgan, o'z e'tiqodidan voz kechtirishmoqchi, televideniye, gazetalarni yopishmoqchi”, - deydi kiyevlik fuqaro.

“Men Qrimning bosib olinishini o'z boshimdan o'tkazdim. Ota-onam, uydagilar tunlarni bolg'a, bolta kabi jihozlar bilan qurollangan holda o'tkazardik. Bu ifodalash qiyin bo'lgan dahshatli holat. Hozir ota-onam, do'stlarim hammasi Qrimda. Qrim-tatarlarning huquqlari esa keskin toptalmoqda, tintuvlar odamlarimizni charchatdi. Ular bizning kim ekanligimizni unuttirishga majbur qilishmoqda”, - deydi Kamola ismli ayol.

Milliy Majlisning Bog'chasaroy bo'limi faoliyat yuritayotgan bino ham sud qaroriga ko'ra tortib olingan. Avvalroq, Milliy Majlis faollari Simferopoldagi markaziy binosidan haydab chiqarilgan edi.

Qrim-tatarlar hukumatning nazorati oxirgi kunlarda hatto to'ylarni ham chetlab o'tmayotganidan shikoyat qilmoqda.

“Hukumat hatto bizning to'ylarimizni ham tekshirib bormoqda. Nima, kim, qanday o'tayapti deb”, - deydi namoyishchilardan biri.

Qrim-tatarlar Rossiya bosqiniga qarshi ekanini, Ukraina tarkibida qolishni yoqlab kelayotganlari uchun ham Moskva bosimlariga yuz tutmoqda. Avvaliga qrim-tatarlar yetakchisi Mustafo Jemilev, keyinchalik esa Milliy Majlis raisi Rufat Cheburovning Qrimga kirishi taqiqlandi.

Milliy Majlis Rossiya hukumatini tan olmay keladi. Qrim-tatarlar o'z timsollarini va Ukraina bayrog'ini ko'targan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG