Yakshanba, 19-may, 2013 Toshkent vaqti: 11:19

Ilm-fan

BMTning Yer sammitida energiya muammolari muhokama etiladi

Yer sammitida quyosh nuri kabi tabiiy manbalardan energiya olishga qaratilgan chora-tadbirlar rag'batlantirilishi kutilmoqda.
Yer sammitida quyosh nuri kabi tabiiy manbalardan energiya olishga qaratilgan chora-tadbirlar rag'batlantirilishi kutilmoqda.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

Kelasi oy Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2012-yilgi Yer sammiti o’tkaziladi. Unda barqaror rivojlanish, iqlim o’zgarishi, energiya ta’minoti hamda shu sohalarda dunyo yuz tutayotgan yangi muammolar muhokama etiladi.

BMT ma’lumotiga ko’ra, bugun ikki milliard odam, dunyo aholisinig uchdan bir qismi energiyadan bebahra yashamoqda. 2030-yilgacha barchani yetarli energiya bilan ta’minlash – sammitda bosh mavzu.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, qashshoqlikka qarshi kurashda eng yaxshi usul ham shu. Ammo tabiiy resurslar cheklangan.

“Sarflayotganimiz topayotganimizdan 1,3 marta ko’p. Bir o’ylab ko’ring, agar xarajat maoshdan ko’p bo’lsa, iqtisodiyotga nima bo’ladi? Kompaniyalargachi? Hammasi bankrot bo’ladi”, - deydi Pan Gi Mun.

Yangi texnologiyalarga ehtiyoj katta. Hozir dunyodagi jami energiyaning faqat 16 foizi quyosh, shamol kabi tabiiy manbalardan olinyapti. Bu sohani rivojlantirish kerak, deydi bosh kotib, chunki yer osti qazilmalarini yoqish atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazyapti.

“Iqlim o’zgarishi muammosini zudlik bilan, 2020-yilgacha hal qilmasak, yer sharini xatarga qo’yamiz”, - deydi Pan Gi Mun.

Ta’minotdagi nomutanosiblik yana bir muammo. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar mavjud resurslarning aksariyatini ishlatayotgan bir paytda, Afrika va Osiyodagi ko’plab boshqa mamlakatlar zarur energiya manbalaridan mahrum.

Jahon Bankida shu masala bilan mashg’ul Vijay Ayerning aytishicha, rivojlangan o’lkalarda energiyani tejab ishlatish muammo yechimlaridan biri.

“Agar AQShda har bir odam 10 kilovatt-soat kamroq energiya ishlatsa, bir oyda 4000 megavatt tejash mumkin. Bu Keniya, Uganda, Tanzaniya va Ruandaning qo’shib hisoblangan energiya ehtiyojiga teng”, - deydi Jahon Banki vakili.

Dunyo aholisini yetarli energiya bilan ta’minlash uchun bu sohaga sarflanayotgan yillik 9 milliard dollarlik sarmoyani 45 milliard dollarga oshirish kerak, deya qo’shimcha qiladi Vijay Ayer.

Muammoni hal etishda dunyo yetakchilari ham faol rol o’ynashi kerak.

“AQShni dunyoning birinchi raqamli iqtisodi, eng kuchli va yetakchi davlat deb hisoblar ekanmiz, prezident Obamaning ishtiroki muhim ahamiyatga ega”, - deydi BMT bosh kotibi.

AQSh rahbarining Yer sammitida ishtirok etishi hali ma’lum emas.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI