Breaking News

Kerri BMT va Rossiyaning Suriya bo'yicha tashabbuslarini olqishlamoqda


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Jenevada BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan gaplashmoqda, 14-yanvar, 2014-yil
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Jenevada BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan gaplashmoqda, 14-yanvar, 2014-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri BMTning Halab shahrida kechayotgan janglarga barham berishga qaratilgan harakatlarini olqishlamoqda. Kerri Jenevada BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan gaplashdi.

Halabga gumanitar yordam yetkazish uchun Mistura Suriyada jang qilayotgan turli guruhlar bilan muloqot qilib sulhga erishmoqchi. Davlat kotibining aytishicha, bu murakkab, ammo muhim vazifa.

De Mistura kelasi hafta Damashqqa boradi. U noyabr oyida Suriya Prezidenti Bashar Assad bilan uchrashganida Assad uning rejasiga qiziqish bildirgan edi.

BMT vakilining aytishicha, agar reja amalga oshsa, uni butun Suriya bo'ylab qo'llash mumkin.

Bu o'rtada Rossiya yanvar oxirida Moskvada Suriya hukumati va muxolifati orasida muzokara o'tkazishni taklif qildi. Suriya tashqi ishlar vaziri bunga rozi, ammo mojaroda ishtirok etayotgan turli muxolif guruhlarni muzokaraga jalb etish oson bo'lmaydi.

Kerrining aytishicha, Rossiyaning tashabbusi foyda berishi mumkin. Bir yil oldin BMT vositachiligida o'tgan tinchlik muzokaralari samara bermadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG