Breaking News

Turkiya Assadga qarshi, ammo ittifoqdosh Rossiyani ranjitmoqchi emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o'ngda) Kremlda Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'anni qabul qilmoqda, 18-iyul, 2012-yil;.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o'ngda) Kremlda Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'anni qabul qilmoqda, 18-iyul, 2012-yil;.
Suriya poytaxti Damashqda jangarilar va hukumat kuchlari o’rtasida shiddatli janglar davom etar ekan, ayrim tahlilchilar mojaroda burilish yuz berayotganini ta’kidlamoqda. Ayniqsa kechagi xurujlarda mudofaa vaziri va Bashar al-Assadga yaqin yana ikki rasmiy halok bo’lgach.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron BMT Xavfsizlik Kengashini Suriyaga qarshi sanksiyalarni o’z ichiga olgan dadil va aniq rezolyutsiya qabul qilishga chaqirmoqda. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham kengashdan mas’uliyatliroq bo’lib, dadil harakat qilishni so’ramoqda.

“Suriya xalqi yetarlicha azob chekdi”, deydi bosh kotib.

Bugun ana shunday hujjat loyihasiga ovoz berildi. Rossiya va Xitoy veto qo’ydi.

Bu o’rtada Assad rejimining ashaddiy tanqidchilaridan biri, Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an Suriya ittifoqchisi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada muzokara qildi.

Turkiya rasmiy Damashq siyosatini tanqid qilib kelar ekan, Rossiya, aksincha, Assad hukumatini qoralovchi BMT hujjatlarini o’tkazmasdan, uni qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

"Turkiya pozitsiyasi shundan iboratki, Suriyada o’zgarishlar xalq xohishiga qarab bo’lsin. Assaddan keyingi mamlakat kelajagini ham xalq belgilasin, boshqalar emas", - dedi Erdog’an.

Suriya mojarosi unga qo’shni Turkiyaga ham ta’sir qilmoqda. Janglarning bir qismi chegara hududda kechmoqda. O’tgan oy Suriya turk samolyotini urib tushirgach, rasmiy Anqara chegaraga qo’shimcha harbiylarni safarbar etdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Saljuq Unalning aytishicha, Suriyaga kelganda har bir mamlakat o’ziga yarasha siyosat yuritmoqda.

"Xalqaro hamjamiyat bu masalada haligacha bahs qilmoqda, umumiy pozitsiya yo’q. Davlatlar avvalambor qon to’kilishlarining oldini olishga zo’r berishi kerak", - deydi rasmiy.

Uning aytishicha, BMTning Suriyadagi maxsus vakili Kofi Annan olg’a surgan reja ish bermayapti.

Tahlilchilar nazarida Turkiya bu masalada o’zini ehtiyotkorlik bilan tutmoqda. G‘arb Rossiya va Xitoyni BMT rezolyutsiyalariga veto qo’yganlikda keskin tanqid qilar ekan, Turkiya muhim savdo sheriklari bo’lgan bu ikki davlatni ranjitmoqchi emas.

Suriyada zo'ravonliklar kuchaymoqda

Havaskor videodan olingan tasvir, poytaxt Damashqda shinalar yoqilmoqda, 18-iyul, 2012-yil.
1/11 Havaskor videodan olingan tasvir, poytaxt Damashqda shinalar yoqilmoqda, 18-iyul, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Havaskor videodan olingan tasvir, poytaxt Damashqda hukumat askarlari harbiy transportda turibdi, 18-iyul, 2012-yil.
2/11 Havaskor videodan olingan tasvir, poytaxt Damashqda hukumat askarlari harbiy transportda turibdi, 18-iyul, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Havaskor videodan olingan tasvir, poytaxt Damashqda armiyaga tegishli tank yonmoqda, 18-iyul, 2012-yil.
3/11 Havaskor videodan olingan tasvir, poytaxt Damashqda armiyaga tegishli tank yonmoqda, 18-iyul, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
An airliner approaching Los Angeles International Airport crosses the Harvest Moon as seen from Monterey Park, California, USA, Sept 18, 2013.
4/11 An airliner approaching Los Angeles International Airport crosses the Harvest Moon as seen from Monterey Park, California, USA, Sept 18, 2013.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Havaskor videodan olingan suratda poytaxt Damashqda muxolifatdagi Ozod Suriya armiyasi kuchlari tasvirlangan, 18-iyul, 2012-yil.
5/11 Havaskor videodan olingan suratda poytaxt Damashqda muxolifatdagi Ozod Suriya armiyasi kuchlari tasvirlangan, 18-iyul, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Poytaxt Damashqda jurnalistlar al-Ravda maydonida turibdi. Maydon milliy xavfsizlik idorasi binosiga yaqin joylashgan. 18-iyul kuni binoda xuruj sodir etilib, Assadga yaqin uch rasmiy o'lgan.
6/11 Poytaxt Damashqda jurnalistlar al-Ravda maydonida turibdi. Maydon milliy xavfsizlik idorasi binosiga yaqin joylashgan. 18-iyul kuni binoda xuruj sodir etilib, Assadga yaqin uch rasmiy o'lgan.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
BMT avtomobili Damashqda xuruj sodir bo'lgan Milliy xavfsizlik idorasi yonida turibdi, 18-iyul, 2012-yil.
7/11 BMT avtomobili Damashqda xuruj sodir bo'lgan Milliy xavfsizlik idorasi yonida turibdi, 18-iyul, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Suriyaga qo'shni Livanning Tripoli shahrida odamlar Suriya Mudofaa vaziri general Dovud Rajhaning xurujda o'lganini olqishlamoqda, 18-iyul, 2012-yil.
8/11 Suriyaga qo'shni Livanning Tripoli shahrida odamlar Suriya Mudofaa vaziri general Dovud Rajhaning xurujda o'lganini olqishlamoqda, 18-iyul, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
18-iyul kuni Damashqdagi xurujda halok bo'lgan Mudofaa vaziri Dovud Rahjaning o'rniga tayinlangan yangi vazir, general Fahad Yassim al-Frayj, 2012-yil.
9/11 18-iyul kuni Damashqdagi xurujda halok bo'lgan Mudofaa vaziri Dovud Rahjaning o'rniga tayinlangan yangi vazir, general Fahad Yassim al-Frayj, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Damashqdagi xurujda halok bo'lgan Mudofaa vaziri Dovud Rahjaning o'rniga tayinlangan yangi vazir, general Fahad Yassim al-Frayj, 18-iyul, 2012-yil.
10/11 Damashqdagi xurujda halok bo'lgan Mudofaa vaziri Dovud Rahjaning o'rniga tayinlangan yangi vazir, general Fahad Yassim al-Frayj, 18-iyul, 2012-yil.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Assef Shawkat, brother-in-law of Syrian President Bashar al-Assad, who was assassinated in Damascus, stands during the funeral of late president Hafez al-Assad in this June 13, 2000 photo.
11/11 Assef Shawkat, brother-in-law of Syrian President Bashar al-Assad, who was assassinated in Damascus, stands during the funeral of late president Hafez al-Assad in this June 13, 2000 photo.
Chorshanba kungi (18-iyul, 2012-yil) xurujlarda prezident Bashar al-Assadga yaqin rasmiylar o'lgan.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG