Payshanba, 30-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 17:13

Yaqin Sharq

Suriya muxolifati gumanitar yordam so'ramoqda

Suriyalik ayollar nonga navbatda turibdi, Idlib viloyati, 12-dekabr, 2012-yil
Suriyalik ayollar nonga navbatda turibdi, Idlib viloyati, 12-dekabr, 2012-yil
Amerika Ovozi
BMTning gumanitar masalalar bilan shug’ullanuvchi boshqarmasi va Suriya muxolifati xalqaro hamjamiyatdan jabr ko’rgan suriyaliklarga yordam miqdorini oshirishni so’ramoqda.

BMT rasmiysi Jon Gingning aytishicha, taxminan to’rt million odam oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj.

"Suriyada vaziyat yomonlashib bormoqda, yordamga ehtiyoj katta", - deydi u.

Ging yetakchiligidagi BMT guruhi o’tgan hafta Suriya va Livanda bo’lib qaytdi. Uning aytishicha, odamlarning yashash sharoiti ayanchli. Mamlakat infratuzilmasiga katta ziyon yetgan, deydi u.

"22 oylik mojaro asoratini ko’rdik. Aholi tushkunlikda, holsizlangan. Hukumat askarlari ham, isyonchilar ham infratuzilmani nishonga olmoqda", - deydi rasmiy.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ertaga Quvaytda bo’ladigan xalqaro anjumanda donor davlatlardan 1,5 milliard dollar to’plab berishni so’rashi kutilmoqda. Bugun Qo'shma Shtatlar qo'shimcha 155 million dollar ajratishi haqida ma'lum qilgan.

Suriya muxolifati kecha Parijda 50 dan ziyod davlatlar vakillari bilan uchrashib, muvaqqat hukumat ehtiyojlari uchun 500 million dollar so’ragan.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Kongressga saylovlar - US Midterm Electionsi
X
30.10.2014 07:50
4-noyabr kuni Amerikada Kongress va mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo'lib o'tadi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Lava oqimi devor-to'siqni buzib o'tmoqda, Gavayi, 28-oktabr, 2014-yil.

  • Yuqoridan olingan bu suratda lavaning Paxoa shaharchasiga yaqinlashib kelayotgani aks etgan, Gavayi, 28-oktabr, 2014-yil.

  • Palma daraxti lavaning navbatdagi qurboniga aylanish arafasida, Gavayi, 28-oktabr, 2014-yil.

  • Gavayi vulqonni kuzatish geologiya markazi xodimi lava oqimini kuzatmoqda, Gavayi, 28-oktabr, 2014-yil.

  • Lava "daryo"si Paxoa shaharchasi tomon harakatlanmoqda, Gavayi, 26-oktabr, 2014-yil.

  • Lava oqimi Paxoa qabristoni simto'sig'idan o'tmoqda, Gavayi, 25-oktabr, 2014-yil.

  • Lava Paxoa shaharchasiga eltuvchi Apaa ko'chasidan oqib kelmoqda, Gavayi, 24-oktabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Gavayi vulqoni aholi turar joylariga yetib keldi

Gavayida otilib chiqqan vulqon lavalari bir necha hafta o'tib Paxoa shaharchasiga yetib keldi. Sekin harakatlanayotgan lava "daryosi" yo'lda uchragan har qanday narsani kuydirib kulga aylantirmoqda. Shaharcha aholisi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebolaga qarshi global kurash

Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Afg'onistondagi missiya nihoyasiga yetayapti

Afg'onistonning Hilmand viloyatidagi yirik harbiy baza mahalliy armiya nazoratiga o'tdi. AQSh va Britaniya qo'shinlari missiyani yakunlab, o'lkani tark etishga hozirlik ko'rmoqda. 2015-yilda Afg'onistonda 12 ming xorijiy askar qoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI