Shanba, 26-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 01:39

Yaqin Sharq

Falastinda tantanalar, Isroil nazarida BMT qarori "siyosiy tomosha"

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan oldi. Isroil buni “siyosiy tomosha” deya tanqid qilmoqda.


BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan oldi. Isroil buni “siyosiy tomosha” deya tanqid qilmoqda. Falastin prezidenti Mahmud Abbos BMT minbaridan turib, “bizga tug’ilish haqidagi guvohnomani bering" deya xalqaro hamjamiyatga murojaat qilgan.

Mahmud Abbosning nutqidan so’ng masala ovozga qo’yildi va 193 davlatdan 138 tasi uni qo’llab-quvvatladi. Falastin endi BMTga a’zo bo’lmagan kuzatuvchi davlat degan maqomga ega.
 
Rezolyutsiyani Yevropaning 14 davlati qo’llab-quvvatladi. Britaniya, Germaniya va qit’aning yana 10 mamlakati betaraf. Chexiya Respublikasi qarshi ovoz berdi. Yo'q deb chiqqanlar orasida Qo’shma Shtatlar, Kanada, Isroil va Panama ham bor.
 
“Bizni qo’llab-quvvatlagan har bir ovoz qadri biz uchun bebaho, bu jasorat belgisidir”, - dedi Falastin rahbari Mahmud Abbos.
 
Uning ta’kidlashicha, Falastin talabini qondirish uchun ovoz bergan har bir davlat dunyo xalqlarining erkinlik va tinchlik uchun huquqlari hamda xalqaro huquq tamoyillarini qo’llab-quvvatlagan.

Falastinning yangi maqomi unga BMTdagi debatlarda qatnashish, Xalqaro Jinoiy Sud singari organlarga a’zo bo’lish imkonini beradi.
 
Bosh Assambleya qarori ketidan Iordan daryosining g’arbiy sohilida, Ramalloh shahrida tantanalar…

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'li BMT Bosh Assambleyasida nutq so’zlab, jumladan shunday dedi: 

“Bir narsani aniq aytishim kerak. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bir qatorda Falastin bayrog’i ham hilpirab turmas ekan, biz adolat, xalqaro tartib va inson huquqlari borasidagi maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Bu kun ham keladi hali".

AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Rays rezolyutsiyani tinchlik yo’lidagi yana bir to’siq deya qoraladi.

“Bugungi gulduros qarsaklar tovushi o’chadi. Falastin ahli hayot zarracha ham o’zgarmagani va tinchlik istiqboli yanada uzoqlashganini anglab yetadi”, - dedi diplomat.

Vashington pozitsiyasi shuki, Falastin xalqaro muassasalar orqali emas, balki Isroil bilan yuzma-yuz muzoraka qilib, chegara va hududiy tortishuvlar borasida kelishib olishi lozim.

Isrolning BMTdagi elchisi Ron Prosor fikricha Falastinning yangi maqomi tinchlik jarayonini tezlashtirmaydi, vaziyatni o’zgartirmaydi.

“Siz bugun dunyodan Falastinni e’tirof etishni so’radingiz, lekin Isroilni tan olganingizcha yo’q”, - dedi u.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod Malikiyga ko’ra, Bosh Assambleyadagi g’alaba falastinliklar kuchiga kuch qo’shdi va Isroil bilan tinchlik muzokaralariga qaytish maqsad qilingan.

Ko’pchilikni o’ylantirayotgan savol – bu yog’I nima bo’ladi? BMT qarorining iqtisodiy va siyosiy oqibatlari jiddiy bo’lishi mumkin. AQSh Kongressi Falastinga hamda u qo’shilishi mumkin bo'lgan xalqaro agentliklarga mablag’ni to’xtatishi ehtimoli katta. Yahudiy davlati arab mahallalarda qurilishni yanada kengaytiradi degan xavotir bor.

Boshqa tarafdan, deydi ekspertlar, tinchlik muzokaralarini qayta boshlash va murosaga erishish ehtimoli ham oshdi.

G'azo, G'arbiy sohil va Yaqin Sharqning boshqa qismlarida tantana:

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Oq uy rasmiysi: Markaziy Osiyo bilan muloqotni muvozanatlaymizi
X
25.07.2014 17:53
Oq uyda prezident Barak Obamaning Rossiya va Yevrosiyo bo’yicha maslahatchisi Selest Vollander (Celeste Wallander) yaqinda O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’istonda bo’ldi. Hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda, deydi u. Vollander xonim bilan Oq uydagi idorasida suhbatlashdik.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Falastinliklar motamda
  • G'azo
  • G'azo
  • Niderlandiyaga Ukrainadan yana 74 tobut bordi
  • Hindiston
  • Vatikan
  • Yapon muzeylarida
  • Tayvanda samolyot qulaganidan keyingi manzara
  • Xitoy
  • Germaniya
  • Italiya
  • Filippin
  • Kanada
  • Germaniya
  • San Diego, Kaliforniya shtati
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI