Breaking News

Amerikada Mustaqillik kuni bu safar og’ir keldi

Vashington uzra mushakbozlik
Vashington uzra mushakbozlik
Amerikaliklar bugun Mustaqillik ayyomini nisyonlamoqda. Biroq havo qattiq isib, o’tgan juma sharqiy shtatlarni qaqshatqich to’fon urib, g’arbiy shtatlar qurg’oqchilik va yong’inlar bilan olishar ekan, bular bayram kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmagan.

O’n millionlab odamlar parad va tomoshalarga otlangan, boshqalar bu sanani oilaviy davrada nishonlamoqda. Shu bilan birga, milliondan ziyod fuqaroning xonadonida elektr ta’minoti ishdan chiqqan.

Bir necha shaharlarda jazirama issiq (40 daraja Selsiydan yuqori), bo’ron asoratlari va yong’in xavfi sababli rasmiylar shodiyona, mushakbozlikni bekor qilgan. O’t chiqishi ehtimoli bois xonadonlarda ham mushakbozlik qilmaslik maslahat berilmoqda.

O’tgan haftadagi kuchli dovul kamida 24 odamni hayotdan olib ketib, prezident Barak Obama G’arbiy Virjiniya va Ogayoni federal ofat zonalari deya e’lon qilgan edi. Hududda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Yong’inlar esa yuzlab binolarni vayron qilib, o’n minglab fuqarolarni uyini tashlab chiqishga majbur qilgan.

Amerika Britaniyadan mustaqil bo’lganiga 236 yil to’ldi. Mamlakat bo’ylab ko’cha-kuyda davlat bayrog’i hilpiramoqda, kimdir mashhur qizil, ko’k va oq chiziqlar tortilgan kiyim-boshda.

Amerikada Mustaqillik ayyomi

Boston orkestri bayramona konsert oldidan mashq qilmoqda, Boston, 3-iyul, 2012-yil.
1/9 Boston orkestri bayramona konsert oldidan mashq qilmoqda, Boston, 3-iyul, 2012-yil.
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Amerika askarlari Mustaqillik kunini bayram qilmoqda, Kobul, 4-iyul, 2012-yil.
2/9 Amerika askarlari Mustaqillik kunini bayram qilmoqda, Kobul, 4-iyul, 2012-yil.
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Nyu-Jersida mushakbozlik, 3-iyul, 2012-yil.
3/9 Nyu-Jersida mushakbozlik, 3-iyul, 2012-yil.
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Seulda Mustaqillik ayyomi kuni 19 oylik Ayden Massey Filippinning "Absolute" ansambli ijrosini tinglamoqda, Janubiy Koreya, 4-yul, 2012-yil. (S.L. Herman/VOA)
4/9 Seulda Mustaqillik ayyomi kuni 19 oylik Ayden Massey Filippinning "Absolute" ansambli ijrosini tinglamoqda, Janubiy Koreya, 4-yul, 2012-yil. (S.L. Herman/VOA)
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Janubiy Koreyadagi AQSh harbiy garnizoni yaqinida, 4-iyul, 2012-yil. (S.L. Herman/VOA)
5/9 Janubiy Koreyadagi AQSh harbiy garnizoni yaqinida, 4-iyul, 2012-yil. (S.L. Herman/VOA)
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
"Washington Nationals" va "San Francisco Giants" beysbol jamoalari o'rtasidagi bahs oldidan, Vashington, 4-iyul, 2012-yil. (J. Randle/VOA)
6/9 "Washington Nationals" va "San Francisco Giants" beysbol jamoalari o'rtasidagi bahs oldidan, Vashington, 4-iyul, 2012-yil. (J. Randle/VOA)
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Vashingtonning Adams Morgan ko'chasida mushakbozlik, Vashington, 2011-yil. (Alison Klein/VOA)
7/9 Vashingtonning Adams Morgan ko'chasida mushakbozlik, Vashington, 2011-yil. (Alison Klein/VOA)
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Linkoln Memoriali uzra mushakbozlik, 4-iyul, 2011-yil. (Brian Allen/VOA)
8/9 Linkoln Memoriali uzra mushakbozlik, 4-iyul, 2011-yil. (Brian Allen/VOA)
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Nebraska shtati, Kolumbus shahrida Mustaqillik kuni. (Brent Schumacher/via Flickr)
9/9 Nebraska shtati, Kolumbus shahrida Mustaqillik kuni. (Brent Schumacher/via Flickr)
Amerika mustaqillikning 236 yilligini nishonlamoqda.
Previous slide
Next slide

Vashingtondagi tantana eng dabdabali o’tishi kutilar ekan, yuz minglab odamlar poytaxt markazida mushakbozlik hamda konsertni tomosha qiladi. Meteorologlar esa yomg’ir va momaqaldiroq ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

AQSh Mustaqillik Deklaratsiyasi 1776-yilda Tomas Jefferson tomonidan bitilgan bo’lib, ozodlikning eng yorqin ramzlaridan hisoblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG