Juma, 19-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 20:09

Siyosat

“Afg’onistonni qayta qurib, demokratiyaga aylantirmoqchi bo’ldik”

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Prezident Barak Obamaning ikkinchi muddati davomida tashqi siyosatdagi eng muhim masalalardan biri Afg’onistondagi urushni yakunlashdir. “Amerika Ovozi” bu borada sobiq rasmiylar bilan suhbatda bo’ldi.

AQSh qo’shinlari Afg’onistonga kiritilganiga 11 yildan oshdi. U yerda xizmat qilayotgan 68 ming zobit, rejaga ko’ra, 2014-yil oxirida vatanga qaytib, xavfsizlik uchun mas’uliyat afg’onlarga topshirilishi kerak. 

Lekin AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq elchisi Jon Bolton fikricha, afg’on armiyasi mamlakatni mudofaa etishga tayyor emas, ikki yildan keyin ham bunga qodir bo’lmaydi.

“AQSh qo’shinlarisiz Afg’onistonda Tolibon uchun hokimiyatga yo’l ochiladi. Afsuski, aynan shunday bo’lishini bashorat qilish mumkin. Tolibon va al-Qoida kuchayishini va AQSh uchun buning oqibatlari xunuk bo’lishini bila turib, Afg’onistondan ketish kaltabinlik, bema’nilik”, - deydi sobiq diplomat.

2014-yildan keyingi rejalar hozir Vashington va Kobul orasida muhokamada. Har holda, Kobulda amerikalik bir necha yuz askar qoladi.

AQSh sobiq Mudofaa vaziri Vilyam Koenga ko’ra, boshqa davlatlar ham hissa qo’shishi kerak. 

“Afg’oniston barqaror bo’lishidan nafaqat Amerika, balki butun dunyo manfaatdor ekanini ba’zida unutib qo’yamiz. Vaziyatni o’z holiga tashlab qo’yib bo’lmaydi. Agar xalqaro qo’shin tuziladigan bo’lsa, hamma birdek yordam bersin”, - deydi Koen.

G’arb davlatlari, qolaversa, homiylar Afg’oniston hukumatiga qo’ygan bosh talablardan biri korrupsiyadan qutulishdir. Jon Boltonning aytishicha, prezident Hamid Karzay bu oliy vazifani uddalay olmadi.

“Albatta, Afg’oniston poraxo’rlikdan xalos bo’lishini istaymiz, lekin AQSh yoki afg’on hukumati qisqa vaqt ichida bunga erisha olmasligi boshidan ma’lum edi. Bu jamiyatda korrupsiya hayotning, tirikchilikning bir qismi. Bu illatni yo’q qilamiz deb o’zimiga ortiqcha ishonib yubordik”, - deydi AQShning BMTdagi sobiq elchisi.

1970-80 yillarda Oq uyda prezident maslahatchisi bo’lgan general Brent Skoukroft Afg’oniston va Iroqdagi ko’p yillik missiyalar natijasini shunday izohlaydi: 

“Qandaydir jadvallarga asoslanib, jamiyatlarni o’zgartirish mumkin emas. AQSh necha bor urinib ko’rdi, bunga qurbimiz yetmaydi. Shuning uchun yana bir urush boshlaymiz deb turganda, birinchi navbatda, nima qo’limizdan keladi, deb so’rash kerak. Iroq va Afg’onistonni qayta qurib, demokratiyaga aylantirmoqchi bo’ldik, uddasidan chiqmadik. Juda katta sarmoya, qat’iyat va shijoat talab qiladigan va biz ortiq davom ettira olmaydigan ish bu”.  

Buning ustiga, amerikaliklar ham urushlardan charchab ketgan.

“Afg’oniston, Iroqdagi mojarolar xalqning ruhiyatida o’ziga xos iz qoldirdi. Odamlar “yetar, harbiylarimizni vatanga qaytarting” demoqda. Kelajakda bizni nimalar kutayotganini bilish qiyin. Haqiqatdan ham zarurat tug’ilganda, armiyani safarbar etishdan hayiqib qolmaylik deyman”, - deya qo’shadi general Skoukroft. 

Yevropa ahli orasida ham o’xshash kayfiyat seziladi. Shunday ekan, 2014-yildan so’ng xalqaro hamjamiyat Afg’onistonga qanchalik ko’mak ko’rsatishi savol ostida.
"Afg'onistonni demokratiyaga aylantirmoqchi bo'ldik..."/Shohruh Hamro
"Afg'onistonni demokratiyaga aylantirmoqchi bo'ldik..."/Shohruh Hamroi
|| 0:00:00
...    
🔇
X
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Osiyolik muhojirlar - Amerika hayotii
X
18.12.2014 21:25
Immigratsiya va deportatsiya haqida gap ketganda, AQShda asosan latinolar tilga olinadi. Holbuki, 1,3 milliondan oshiq osiyolik noqonuniy muhojir bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • AQSh Prezidenti Barak Obama Kuba bo'yicha yangi siyosatini e'lon qilmoqda, 17-dekabr, 2014-yil.
  • AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kubadagi qamoqdan ozod qilingan AQSh fuqarosi Alan Grossni aeroportda kutib olmoqda, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Kuba Prezidenti Raul Kastro AQSh bilan munosabatlarning tiklanayotgani haqida mahalliy telekanalda xalqqa ma'lumot bermoqda, Gavana, Kuba, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Gavanadagi restoranda fuqarolar Kuba Prezidenti Raul Kastroning xalqqa murojaatini tomosha qilmoqda, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Kubada besh yillik qamoqdan so'ng ozodlikka chiqqan AQSh fuqarosi Alan Gross rafiqasi bilan, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Ayrim faollar Oq uy oldiga yig'ilib, Prezident Obamadan Kubaga qo'yilgan blokadani tugatishni talab qildi, 17-dekabr, 2014-yil.
  • Alan Gross (o'ngda) uni ko'rgani kelgan Kuba yahudiy jamoasi vakillari bilan, 28-sentabr, 2012-yil.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI