Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 12:00

Amerika

AQSh yangi qo'mondoni: Afg'onistonda maqsadga erishamiz

Loading
12:00:00 / -:--:--

Afg'onistonda AQShning yangi qo'mondoni/US-Afghanistan

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
AQSh generali Jozef Danford Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlarining yangi qo’mondoni etib tayinlandi. General Jon Allen o’rniga kelgan Danfordning asosiy vazifasi - AQSh va boshqa xalqaro qo’shinlarni Afg’onistondan o’z vaqtida olib chiqish.


General Allenni kuzatish marosimida shu kungacha erishilgan yutuqlar tilga olindi.

“Yangi kelgan paytimga qaraganda, hozir umidlarim ancha yuqori”,- dedi Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlari sobiq qo’mondoni Jon Allen.

“Ochig’ini aytganda, 19 oy avval, 2011-yilning iyul oyida kelganimda bugungidek umidvor emas edim. Hozir esa biz aniq g’alaba qozonamiz degan bir his bor”, - deydi u.
 
Allen koalitsiya kuchlari ustidan boshqaruvni general Jozef Danfordga topshirdi. 

Yangi qo’mondonning asosiy vazifasi - 66 ming kishilik AQSh askarlarining aksariyatini keyingi yil oxirigacha vataniga qaytarish.

“Bugun buyuk qo’mondon bilan xayrlashyapmiz. Rahbariyat o’zgaryapti. Ammo maqsadlarimiz o’zgarmaydi, balki davom etadi”, - deydi general Danford.
 
Askarlarni olib chiqish davom etadi. Ammo Afg’onistonda tinchlik to’la qaror topgani yo’q. Qishloq joylardagi ayrim hududlar hanuz isyonchilar nazoratida.
 
AQSh rasmiylari jarayon muvaffaqiyatli kechayotganini aytadi. Maqsad xavfsizlikni to’la mahalliy askarlar qo’liga topshirish.
 
Danford Allen fikrlariga qo’shiladi:

“General Allen bizni tark etar ekan, koalitsiya va afg’on hamkorlarimiz g’alabaga yaqin turibdi. Men shu lahzani qo’ldan boy bermay, Afg’oniston xalqi yordamida yanada yaxshiroq kelajakni bunyod etishga qaratilgan harakatlarni davom ettiraman”. 

Kelajakning qanday bo’lishini bashorat qilishga hali erta. 2013-yilning jangovar harakatlar mavsumi yaqinlashmoqda. Bu xavfsizlikni o’z qo’liga olayotgan afg’on askarlari uchun birinchi sinov bo’ladi.
 
2014-yildan so’ng Afg’onistonda qoladigan AQSh askarlarining aniq soni hali ma’lum emas.

Kelasi yilgi saylovdan so’ng Afg’onistonning uzoq muddatli prezidenti Hamid Karzay o’rnini kim egallashi ham savol ostida.

Kelajakdan umidlar katta, ammo mavhum savollar ham ko’p.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI