Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 12:40

Amerika

Klinton: SPIDdan xoli dunyo uchun kurashda davom etamiz

“Biz chekinmaymiz. Orqaga qaytish yo’q", - deydi Xillari Klinton.
“Biz chekinmaymiz. Orqaga qaytish yo’q", - deydi Xillari Klinton.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Vashingtonda bugun SPIDga qarshi xalqaro konferensiyaning uchinchi kuni. Minglab ishtirokchilar orasida diplomat, siyosatchi va yulduzlarni ko’rasiz.

Kecha unda so’zlagan Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha, kelajak SPIDdan xoli bo’lishi kerak. Amerika bu dardga qarshi jahon bo’ylab kurashishda davom etadi, deydi u.


Vich/SPID bilan kasallangan qo’shiqchi Jamar Rojers poytaxtdagi anjumanda sahnani gullatdi. “Biz hayotmiz!”, “Biz tirikmiz!” deya kuyladi u.

SPIDga qarshi xalqaro konferensiya norozilik namoyishlari uchun uchun ayni muddao bo’ldi.

Namoyishchilar Vashingtonda kasalmand fuqarolar uchun boshpana, qulay sharoit talab qilmoqda. Mer Vinsent Grey so’zga chiqqanida ensasi qotganlar bo’ldi. Poytaxtda Vich epidemiyaga aylangan.

Shimoliy Karolinadan kelgan radio boshlovchi Jeromi Dann atrofga qarab ruhlandi: “Maqsad o’zi shu. Haqqimizni talab qilib chiqish, g’azabni yashirib o’tirmaslik”.

Vichga yo’liqqan Dann doim dori ichib yurishi kerak. Uning aytishicha, oxirgi 20 yilda tibbiyotda erishilgan yutuqlar salbiy oqibatlarga yetaklagan.

“Samarali antiretrovirus terapiyasi ishlab chiqilganidan beri o’zimizni bo’sh qo’ydik. Erishilgan marrada to’xtadik. Holbuki, mana bugungidek hissiyot, e’tiroz, talabchanlikni qo’ymaslik kerak”, - deydi Dann.

Kaliforniyada asoslangan bir jamoa loqaydlik va e’tiborsizlikka qarshi kurashda yumor, shovqin va hamjihatlikni qurol qilib tanlagan.
Vich haqida, jinsiy aloqada ehtiyot vositalar haqida odamlar bilimini oshirib keladi bu faollar.

Britaniyalik rok yulduz Elton Jon fikricha, Vich/SPID haqida noto’g’ri tasavvur bu dardga qarshi kurashga halaqit berib keladi:

“SPID kasalini virus paydo qiladi. Lekin SPID epidemiyasiga yanglish tushuncha, nafrat, savodsizlik va e’tiborsizlik kabilar turtki berishi shubhasiz”.

Klinton: SPID dan xoli dunyo uchun kurashda davom etamiz, Nasiba Tohir hikoya qiladi
Loading
12:00:00 / -:--:--


Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Qo’shma Shtatlar bu dardga qarshi kurashda davom etadi.

“Amerika SPIDdan xoli avlod uchun astoydil harakat qilish qarorida qat’iy. Biz chekinmaymiz. Orqaga qaytish yo’q. Ushbu tarixiy marraga yetish uchun zarur mablag’ topamiz, buning uchun kurashishda davom etamiz”, - deydi Klinton.

Qo’shma Shtatlar virus onadan bolaga yuqishining oldini olish yo’lida 2015-yilga qadar qo’shimcha 80 million dollar ajratishga qaror qilgan. Oxirgi 20 yilda ilk bor Amerika mezbonlik qilmoqda bu xalqaro konferensiyaga.

BMT hisobicha, o’tgan yilida Vich/SPIDga chalinganlar soni 34 millionni tashkil etgan. Kasallik 1,7 million odamning hayotiga zomin bo’lgan.

Loading
12:00:00 / -:--:--



  • Vashington markazida SPID ga qarshi kampaniya doirasida ko'rpalar to'shaldi. 23-iyul, 2012-yil.
  • Vashingtonda SPIDga qarshi marsh, 22-iyul, 2012-yil.
  • SPID ga qarshi XIX-xalqaro konferensiyada "Maykrosoft" asoschisi Bill Geyts va Jahon Banki prezidenti Jim Yong Kim ham qatnashmoqda, 23-iyul, 2012-yil. (Alison Klein/VOA)
  • Xonanda Elton Jon nutqi xalqaro konferensiyada olqishlarga sazovor bo'ldi, 23-iyul, 2012-yil, Vashington.
  • BMT jinsiy aloqa uchun ehtiyot choralari haqida bilimni oshirishga harakat qilib keladi. (Alison Klein/VOA)
  • Davlat kotibasi Xillari Klinton konferensiyada so'zga chiqib, SPID dan xoli avlod yaratish yo'lida kurashaylik, deya undadi. 23-iyul, 2012-yil.
  • SPID ga qarshi anjumanni taxminan 2 ming jurnalist yoritmoqda. (Alison Klein/VOA)
  • Chiqishlar jonli tarzda bir necha tilga, jumladan, arab, xitoy, rus, fransuz va ispan tillariga o'girilmoqda. (Alison Klein/VOA)
  • Yetimlar Minorasi, qo'lda yasalgan mitti o'yinchoqlardan iborat. Bu minora Janubiy Afrikada SPID bois yetim qolgan bolalar sonini ifodalaydi. Bugun bu raqam 3,7 million bolani tashkil etadi. (Alison Klein/VOA)
  • Massachussets shtatidan Senator Jon Kerry konferensiyada chiqish qilmoqda, 23-iyul, 2012-yil. (Alison Klein/VOA)
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI