Shanba, 01-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 04:31

Amerika

Xavfli viruslardan saqlanish uchun testdan o’tib turish kerak

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Immunitet taqchilligi virusi va sindromi, VICh/SPIDga qarshi kurashning eng effektiv yo’li, deydi shifokorlar, muntazam ravishda ko’rikdan o’tib turish. Dunyo bo’ylab har yili millionlab odamlar uni yuqtiradi.


Emi Krautvurst Vashingtondagi Uitman Uoker klinikasida Vich/SPIDni tekshirish uchun bepul qon oladi. 

Bir tomchi qon kifoya. 15 daqiqadan so’ng natija tayyor.

Shunga qaramay ko’plar asabiylashadi, deydi Krautvurst.

“Kasalikka chalingan odam jamiyatdan ajralib qoladi. Bu virus organizmni o’ldiradi, degan qo’rquv bor-da,” - tushuntiradi u. “Aslida dunyodagi har bir odam, ha, har bir odam mana shunday testdan o’tishi kerak”.

Megan Deyvis - klinika direktori. VICh tarqalishining oldini olish uchun uni vaqtida aniqlash kerak, deydi u. 

“Mavjud dorilar organizmdagi virus hajmini kamaytiradi. Masalan, VICh virusini. Ha, gap hajmda. Virus hajmi qancha baland bo’lsa, uning boshqalarga yuqishi ehtimoli ham shuncha katta-da. Kam bo’lsa, tahdid ham kamayadi”.

Shu yil yozda Vashingtonda SPIDga bag’ishlangan katta xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi. Unda eng muhimi kasallikning oldini olish ekani qayta-qayta ta’kidlandi. AQSh delegatsiyasi yoshi 15 dan 65 gacha bo’lgan barcha fuqarolarning qonini olib, tekshirishni tavsiya qildi.

Amerikada kasallikka chalingan 1,1 million odam bor. SPID bo’yicha mutaxassis doktor Kennet Mayer deydiki, ular zarur muolaja olsa, normal hayot kechirishi mumkin.

“Lekin muammo shundaki, yiliga 50 ming odam bu virusni yuqtiradi. 200 mingdan ziyod amerikalik aslida kasal ekanini bilmaydi,” - deydi mutaxassis.

Dunyo bo’ylab 34 million odam VICh bilan yashaydi. O’tgan yillarda bu xavli virusning tarqashi sur’atlari Afrika mamlakatlarida ikki baravar kamaygan. 

“Vaqti kelib hech bir bola virus bilan tug’ilmasligini ta’minlay olamiz. Bu bolalar katta bo’lar ekan, virusni yuqtirishi ehtimoli bugunga qaraganda ancha past bo’lishi aniq,”- deydi AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton.
 
SPIDdan xoli avlod shunchaki gap emas, yaqin kelajakda erishib bo’ladigan maqsad, deydi Klinton.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
O'zbekistondagi siyosiy mahbuslar taqdiri AQSh Kongressida muhokamada - Political prisoners in Uzbekistan/US Helsinki Commissioni
X
31.10.2014 23:09
O'zbekistonda inson huquqlari, qamoqxonalar, siyosiy mahbuslar va qiynoqlar... AQSh Kongressi qoshidagi Xelsinki Komissiyasi shu masalalarga e'tibor qaratmoqda. “Human Rights Watch” huquq bo'yicha xalqaro tashkilot bu borada chiqargan katta hisobot tahlil qilinmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Quddus: arab va yahudiylar orasida to'qnashuvlar

Quddusdagi al-Aqsa masjidi bugun qisman ochiq. Isroil politsiyasi chorshanba kuni inshootni butunlay yopib qo'ygach, Falastin ma'muriyati buni urush e'lon qilishga qiyoslagan edi. Hududda hafta boshida ro'y bergan otishmada avval isroillik ruhoniy jarohatlangan; ketidan politsiya falastinlik bir shaxsni otib o'ldirgan edi. To'polon ko'tarilmasligi uchun musulmon va yahudiylar uchun muqaddas sanalgan masjid va uning atrofini vaqtincha to'sib qo'ydik, deydi Isroil huquq-tartibot xodimlari. 50 yoshgacha bo'lgan erkaklar hududga hamon yo'latilmayapti. G'azoda hukmron HAMAS va Isroil o'rtasida shu yil ro'y bergan ikki oylik urush ortidan yahudiy va falastinliklar munosabati hanuz tarang. Ixtilof 21 mingdan ziyod odam, asosan, g'azolik tinch aholini hayotdan olib ketgan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Burkina Fasoda xalq isyon ko'tardi, prezident ishdan ketdi

G'arbiy Afrikadagi davlat, Burkina Fasoda prezident Bleyz Kompraore 27 yillik boshqaruvdan keyin ishdan ketdi. Mamlakatda o'n minglab odamlar namoyishga chiqib, rahbarning iste'fosini talab qilayotgan edi. Chiqishlar qonli tus olgach, kecha armiya parlamentni tarqatib yuborib, muvaffaq hukumat tuzilishini ma'lum qilgan. 1987-yildan beri Burkina Fasoni boshqarayotgan Kompraore sal oldin parlamentda yangi qonunni olg'a surib, hokimiyatda uzoqroq qolishni ko'zlayotgan edi. Omma bundan norozi bo'lib isyon ko'targan. Sobiq rahbar hozir qayerda ekani, o'rniga kim tayinlanishi hali ma'lum emas. Ayrim manbalarda general Luame Loug vaqtli hukumatga bosh bo'lishi mumkin deyilmoqda. Kecha, payshanba kuni poytaxt Uagaduguda odamlar parlamentga o't qo'yib, boshqa davlat idoralariga bostirib kirgan. Politsiyaning aytishicha, o'lganlar va yaradorlar bor. Xalqni tinchlantirish uchun rasmiylar parlamentda olg'a surilgan konstitutsion o'zgarishlarni va bir necha soat oldin e'lon qilingan favqulodda holatni bekor qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun G'arbiy Afrikadagi bu davlatda vaziyatni xavotir bilan kuzatayapmiz, deydi. Bosh kotib tomonlarni tinchlanishga va zo'ravonlikdan tiyilishga chaqirmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Peshmerga kuchlari Kobaniga yetib keldi

Iroq Kurdistonidan peshmerga jangchilarining bir qismi Suriyaning Kobani shahriga yetib borgan. Ular "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi kurashda mahalliy kurdlar va xalqaro koalitsiyaga yordam beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gavayi vulqoni aholi turar joylariga yetib keldi

Gavayida otilib chiqqan vulqon lavalari bir necha hafta o'tib Paxoa shaharchasiga yetib keldi. Sekin harakatlanayotgan lava "daryosi" yo'lda uchragan har qanday narsani kuydirib kulga aylantirmoqda. Shaharcha aholisi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebolaga qarshi global kurash

Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Afg'onistondagi missiya nihoyasiga yetayapti

Afg'onistonning Hilmand viloyatidagi yirik harbiy baza mahalliy armiya nazoratiga o'tdi. AQSh va Britaniya qo'shinlari missiyani yakunlab, o'lkani tark etishga hozirlik ko'rmoqda. 2015-yilda Afg'onistonda 12 ming xorijiy askar qoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI