Breaking News

Tolibon asiridan qutqarilgan amerikalik askar sudga tortiladi


Tolibon besh yil asirda saqlagan va o’tgan yili ozod etilgan amerikalik askar, serjant Bou Bergdal xizmatdan qochganlikda ayblanmoqda. AQSh hukumati uni qutqarish uchun besh tolibni qamoqdan qo’yib yuborgan edi.

Harbiy prokurorlarning aytishicha, Bergdal Afg’onistonda o’z xatti-harakatlari bilan safdoshlari hayotini xavf ostiga qo’ygan va jazoga loyiq.

29-yoshli serjant 2009-yilning yozida Afg’onistonning Paktika viloyatida bazani tark etgan va Tolibon qo’liga tushgan. U Afg’onistonda xizmatini boshlaganiga endi ikki oy bo’lgan edi. Aybdor deb topilsa, bir umrga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

AQSh armiyasi so’zlovchisi Daniel King deydiki:

“Harbiy qonun-qoidalarga binoan dushman oldida nojo’ya harakatlar qilib, askarlarni xatarga qo’ygan shaxs qurolli kuchlar safidan haydalishi, maosh va boshqa imtiyozlari bekor qilinib umrbod qamoz jazosiga mahkum etilishi mumkin”.

Bergdal bilan xizmat qilgan ayrim soldatlar uni dezertir deya qoralasa, boshqalar uning sog’-omon uyga qaytganidan xursand.

“U Amerika qahramoni emas - vatan oldida sharaf bilan xizmat qilmadi. Urushdan qochgan dezertir u, odamlar buni bilsin”, - deydi zobitlardan biri.

Prezident Barak Obama harbiy forma kiygan har bir fuqaroni qutqarish uning burchi ekanini aytadi. Bou Bergdal evaziga besh tolib ozod etilgani uchun Obama kechirim so’ramoqchi emas. Serjant Bergdal 2014-yilning yozidan beri ommaga ko’ringan emas.

Urush asiri bilan bog'liq mashmasha - Bowe Bergdahl case
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG