Juma, 19-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 08:14

Siyosat

Uchuvchisiz samolyotlar samarali qurol va nafrat manbai

Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar/CIA Dronesi
X
19.02.2013 05:54
Prezident Barak Obama Markaziy Razvedka Agentligi rahbari lavozimiga munosib ko'rgan Jon Brennan so'zlariga ko'ra, uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar puxta reja asosida va qonunga mufoviq holda qo'llanmoqda. Senat yaqinda Brennanni bu borada savolga tutdi.
Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar/CIA Drones
Amerika Ovozi
Prezident Barak Obama Markaziy Razvedka Agentligi rahbari lavozimiga munosib ko’rgan Jon Brennan so’zlariga ko’ra, uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar puxta reja asosida va qonunga mufoviq holda qo’llanmoqda. Senat yaqinda Brennanni bu borada savolga tutdi.

Amerikaning uchuvchisiz samolyotlari chekka manzillarda o’nlab terrorchini, xususan, Amerika fuqarosi va al-Qoida homiylaridan biri Anvar al-Avlakiyni o’ldirdi. Avlakiy Yamanda yo’q qilingan edi.

AQSh fuqarosini o’qqa tutishga ruxsat berib, prezident Obama adolat, xolislik tamoyillariga qarshi borishi mumkin, deydi demokrat senator Ron Vayden:

“Prezidentga uchragan amerikalikni so’rab-surishtirmay o’ldirish huquqini qo’sh-qo’llab topshirish meni qo’rqitayapti. Amerika fuqarolarining hayoti haqida gap ketar ekan, ular hukumatni savolga tutishga haqli”.
 
Senatdagi tinglovda so’zlagan Jon Brennan pilotsiz samolyotlar effektiv qurol deydi:
 
“Bizga xavf soladigan shaxsni zararsizlantirishning boshqa yo’li bo’lmasa, faqat shundagina uchuvchisiz vositani ishlatamiz”.
 
Lekin bu havo hujumlarida begunoh insonlar ham jon berayotgani sir emas. Hukumat buni ochiq tan olmaydi.

Brennan nazarida AQSh jamoatchiligi bu amaliyotlar haqida yanglish tasavvurga ega. Razvedka terrorchilarni nishonga oladi.
 
“Terrorchini o’ldirgandan ko’ra hibsga olgan ma’qul deb hisoblayman. Iloji boricha ko’p terrorchilarni ushlab, ulardan ma’lumot to’plab, kelgusidagi hujumlarning oldini olish – asosiy vazifamiz”, - deydi u.
 
Mahbuslarga nisbatan muomalaga kelganda Brennan “har qanday qiynoqqa qarshimiz” deydi:
 
“Ancha oldin taqiqlash kerak edi. Qiynoqlar mutlaqo qo’llanmasligi kerak edi”.

Uchuvchisiz samolyotlar arzon, samarali o’lim mashinasi, deydi ekspert Kristofer Svift.

“Aksil-terror amaliyotlar nuqtai nazaridan bu qurilmalar Pokiston va Yamanda juda ham qo’l keldi”.

Lekin hujumlar bois Amerikaga qarshi nafrat kuchaymoqda.

“Boshqa davlatda o’tkazilayotgan bu amaliyotlar natijasida Qo’shma Shtatlarni mustamlakachilik, imperializmda ayblash hollari ko’paygan. Amerika islomga qarshi urush qilmoqda, degan xulosalar ham yo’q emas. Bu esa AQShni xavfli bir ahvolga solib qo’yadi”, - deydi Svift.

Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar/Drone warfarei
X
09.05.2013 14:21
Uchuvchisiz qiruvchi harbiy samolyotlar Amerika hukumati nazarida terrorizmga qarshi kurashning eng samarali vositasi. Kaliforniyadagi harbiy bazadan turib, Pokiston-Afg'oniston chegarasida yashiringan jangarilarni nishonga olish mumkin. Operatsiya ish bermasa, yo'qotadigan narsamiz faqat texnika, deydi qo'mondonlar. Lekin huquqshunoslar ta'biricha, AQSh xalqaro qonunlarni buzayotgan bo'lishi mumkin.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Osiyolik muhojirlar - Amerika hayotii
X
18.12.2014 21:25
Immigratsiya va deportatsiya haqida gap ketganda, AQShda asosan latinolar tilga olinadi. Holbuki, 1,3 milliondan oshiq osiyolik noqonuniy muhojir bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Nangarhor viloyati, Afg'oniston
  • O'lgan rafiqasini topshirgisi kelmayotgan er, Xitoyning Liaoning viloyati
  • Massachussetts shtatida harbiy mashq
  • Keniyada hukumatga qarshi namoyishlar kuch bilan bostirildi
  • Ingliz shahzodasi Garri Lesoto davlatida bolalar bilan muloqotda
     
  • Italiya yangi yilga tayyor
  • Angliya ko'chalarida
  • Vladimir Putin xalq bilan muloqotda
  • Moskva
  • Sankt-Petersburg

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI