Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 06:03

Amerika

Los-Anjelesni dunyoga tanitayotgan yozuvchi

Los-Anjelesning Chaynataun mahallasi
Los-Anjelesning Chaynataun mahallasi
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Amerikalik yozuvchi Liza Si “Shanxay qizlari”, “Quvonch orzulari” kabi kitoblar muallifi, so’nggi yillarda nafaqat AQSh, balki boshqa mamlakatlarda yaxshi tanildi. O’z asarlarida Si kelib chiqishi xitoylik bo’lgan amerikaliklarning hayotini tasvirlaydi.


Mallasoch, sepkilli Liza Sining bobolaridan biri xitoylik bo’lganiga ishonish qiyin. Holbuki, bu haqiqat. Tagi xitoylik amerikaliklardan. Los-Anjelesning Chaynataun mahallasi unga yaxshi tanish.
 
Lizaning bobosi Fon Si Chaynataunga asos solganlardan. Yozuvchi o’zining “Oltin tog’da” kitobini shu mavzuga bag’ishlagan.
 
“Birinchi kitobim oilam haqida edi. Bu qolgan asarlarim mavzuini belgiladi”.
 
Boshqa kitoblarida Si Xitoy madaniyati va Amerika bilan aloqalarini yoritadi.
 
U Chaynataundagi qarindoshlarinikiga tez-tez borib turadi. Bugun yozuvchi bir necha o’n yillikdan buyon oilasiga tegishli bo’lgan do’konga keldi.
 
Los-Anjeles xitoylik immigrantlar uchun doimo jozibador shahar bo’lgan, deydi Si.
 
“Bugunga kelib Los-Anjelesda AQShning eng ko’p sonli xitoylik jamiyatini topish mumkin”.
 
Muhojirlarning aksariyati San-Gabriel vodiysiga ko’chib ketgan. Osiyoliklar o’z bizneslarini yo’lga qo’ygan u yerda.
 
Ammo Chaynataun butun Osiyodan immigrantlarni hamon o’ziga tortadi. O’tmishda ota-bobolarni bu yerga nima yetaklagan bo’lsa, bugun ham shu.
 
“Biri qo’rqib, boshqasi aksincha jasorat ko’rsataman deb, yana biri tavakkalchi bo’lgani uchun o’z yerini tashlab bu diyorga ko’chib kelishga qaror qilgan”.
 
Har birining taqdiri qiziq. Mavzuni bo’lajak asarlarimda qalamga olishda davom etaman, deydi Liza Si.

Loading
12:00:00 / -:--:--

Loading
12:00:00 / -:--:--
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI