Dushanba, 20-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 14:43

Amerika

Yoshlarga yangi kasb o'rgatayotgan ta'lim dargohi

DJ - ommabop kasb/DJ schooli
X
10.07.2013 16:05
Tungi klublaru barlarda doimo musiqa sadolari. Kuy yaxshi bo'lsa, dam olish ham maroqli kechadi. Musiqa uchun mas'ul odam - dijey. So'nggi yillarda bu kasbning ayrim vakillari butun dunyoda shuhrat qozondi. Bu esa ko'pgina yoshlar sohaga kirishi uchun turtki bo'ldi. Poytaxt Vashingtonda dijeylarni tayyorlaydigan bir o'quv yurti bor.

DJ - ommabop kasb/DJ school

Amerika Ovozi
Tungi klublaru barlarda doimo musiqa sadolari. Kuy yaxshi bo’lsa, dam olish ham maroqli kechadi. Musiqa uchun mas’ul odam - dijey. So’nggi yillarda bu kasbning ayrim vakillari butun dunyoda shuhrat qozondi. Bu esa ko’pgina yoshlar sohaga kirishi uchun turtki bo’ldi. Poytaxt Vashingtonda dijeylarni tayyorlaydigan bir o’quv yurti bor.

Shon Jonson bu o’quv yurtidagi dijeylik kursini yakunlash arafasida. Poytaxt Vashington yaqinida joylashgan maskandagi kechki darslarga ikki yildan beri qatnaydi. Kunduzi audio-injener bo’lib ishlaydi. 

“Ishxonaga kunora boraman. To’laqonli dijey bo’lib non topishga, faqat shu bilan kun ko’rishga intilayapman. Orzumga yetaman,” - deydi u.

12 yoshli Itan Faynberg ham bir yarim yildan beri kurslarga qatnaydi.

“Kattaroq bo’lganimda dijey bo’lmoqchiman. Musiqa jonu dilim. Zo’r-da”.

“Talabalarimiz yoshi 10 dan 50 gacha. Erkak va ayollar, har xil millat va elat vakillari. Ayrim studentlarimiz hatto ingliz tilini bilmaydi. Lekin bizni musiqa birlashtiradi”, - deydi dargoh rahbari Kris Stayls.

U tajribali dijey. Maktabni 2010-yilda ochdi. Vashington tevaragida boshqa bunaqasini topolmaysiz.

“Mazkur ta’lim dargohini ochishga qaror qilganimiz sababi shundaki, bugun ko’p joylarda – to’yxona bo’ladimi, bar, tungi klub yoki kiyim do’konlari, hamma yoqda dijeylar ishlaydi. Bu kasb juda mashhur bo’lib ketdi”.

Kimdir professional bo’laman deydi, kimdir ko’ngil uchun kelib-ketadi. Ikki yil o’qigach, talabalar qo’liga guvohnoma tegadi. Hayotini dijeylikka bag’ishlamoqchi bo’lganlarga ish topishda yordam beriladi.

“So’nggi ikki yarim yilda qariyb 600 odam o’quv yurtida tahsil oldi,” - deydi Stayls.

Kim Venetz - bitiruvchilardan. Oddiy idoradagi oldingi ishini tashlab, dijeylik qila boshlagan. Taxallusi – Kimyogar.

“Beat Refinery maktabidagi birinchi darsda dijeylik haqida bildimu bu ishni yo’qtirib qoldim. Shu kasbni mahkam tutishga qaror qildim. Chunki musiqani juda yaxshi ko’raman”. 

Har bir o’tirishda, klub va barlarda dijeylar xizmatda. Ayrimlari mashhur bo’lib ketdi. Boshqalar ularga o’xshagisi keladi, sohaga qiziqish ortgan, deydi Kris Stayls:

“Jahon sahnasida ishlaydigan dijeylar orasida yiliga bir necha million dollar topadiganlar ham bor. Hatto kichik bir shaharda ishlaydigani ham milliondan oshiq daromad qilishi mumkin”. 

Kelajagim porloq, deydi ishonch bilan Shon Jonson.

“Bunga hech shubham yo’q. Hozir kasb egalari oldida ulkan imkoniyatlar paydo bo’lyapti. Dijey bugun mashhur xonanda bilan barobar. Sohaga kirishning ayni mavridi”.

Kim Venetz bu fikrga qo’shiladi:

“Ilgarigi ishimni yo’qtirmasdim. Yangi kasbim esa zo’r. Musiqa qo’yib, maza qilaman”.

Muhimi, deydi Venetz, o’zim yaxshi ko’rgan ish bilan bandman, odamlarga xizmat qilaman, miriqib dam olishga yordamlashaman.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Turkiya va xalqaro koalitsiyai
X
18.10.2014 03:40
Turkiya Iroq va Suriyada "Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan koalitsiya a'zosi, ammo shu paytgacha to'g'ridan-to'g'ri harbiy amaliyotlarda ishtirok etgani yo'q. Tahlilchilarga ko'ra, sabab Turkiyaning mintaqada AQShnikidan farqli maqsadlarga ega ekanidir.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola balosi... Afrika g'arbidagi bugungi manzara

Kasallik 4000 dan oshiq odamni hayotdan olib ketdi. Bir necha davlat vahima va qo'rquvda. Yordam berilmoqda, ammo kasallik hozircha bedavo.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriyaning Kobani shahri hayot uchun kurashmoqda

Hozirda, mahalliy manbalarga ko'ra, shaharning 40 foizi "Islomiy davlat" qolida. Kobanida kamida 700 fuqaro bor va terror tizimi ularni qatl etishi turgan gap, deya bildirmoqda BMT.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI