Yakshanba, 19-may, 2013 Toshkent vaqti: 22:22

AQSh-Markaziy Osiyo

AQSh qonunchilari prezident Karimov huzurida bo'ldi

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
AQSh Kongressi delegatsiyasi O'zbekistonga safar qilib, Oqsaroyda prezident Islom Karimov huzurida bo'ldi.

Vakillar Palatasining Yevropa va Yevrosiyo bo'yicha quyi qo'mitasi rahbari Dana Rorabaker (Dana Rohrabacher) boshchiligidagi qonunchilar parlamentlararo hamkorlik doirasida Toshkentga tashrif buyurgan.

Oqsaroydagi uchrashuvda iqtisodiy va siyosiy aloqalar, qo'shma iqtisodiy loyihalar va Afg'onistondagi vaziyat haqida fikr almashildi, deya xabar beradi O'zbekiston axborot agentligi.

Prezident Islom Karimov AQSh va O'zbekiston o'rtasida siyosiy, iqtisodiy va savdo sohalarini qamrab olgan va ikki davlat manfaatlariga javob beradigan hamkorlik dasturi ishlab chiqilganini qayd etgan.

AQSh delegatsiyasi - kongressmenlar Dana Rorabaker (Kaliforniya), Pol Kuk (Kaliforniya), Ted Po (Texas) va Brayan Xiggins (Nyu-York) - O'zbekistonning Afg'oniston yuzasidan berayotgan ko'magi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Afg’onistondagi xalqaro koalitsiyaga yuk tashiladigan yo’nalish, Shimoliy Ta’minot Tizimi, O’zbekistondan ham o’tadi. AQSh 2014-yilda urushni yakunlashni rejalar ekan, harbiy vositalarni olib chiqishda respublika muhim rol o'ynashi mumkin.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI