Juma, 18-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 18:08

Amerika

Amerika maktablari o’quvchilarni yaxshiroq kiyinishga o’rgatmoqda

Amerika maktablarida/ In US Schools... i
X
13.04.2013
Amerikaning har bir maktabi o'z formasiga ega yoki o'quvchilar istagan kiyimida yurishi mumkin. Virjiniyaning Manassas shahridagi Meyfil o'rta maktabi o'quvchilari har dushanba kuni kattalardek kiyinib keladi. O'g'il bolalar - kostyum-shim va galstukda. Qizlar - chiroyli ko'ylakda. Odatda jinsi shim va futbolkalarda yuradigan bu bolalar "Muvaffaqiyat deb kiyin" nomli dastur ishtirokchilari. Maktab rahbariyati bu yo'l bilan o'quvchilarning baholarini yaxshilash va mustaqil hayotga tayyorlash niyatida.

Amerika maktablarida/ In US Schools...

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Virjiniyaning Manassas shahridagi Meyfil o’rta maktabi o’quvchilari har dushanba kuni kattalardek kiyinib keladi. O’g’il bolalar - kostyum-shim va galstukda. Qizlar – chiroyli ko’ylakda.


Odatda jinsi shim va futbolkalarda yuradigan bu o’smirlar “Muvaffaqiyat deb kiyin” nomli dastur ishtirokchilari. Maktab rahbariyati bu yo’l bilan o’quvchilarning baholarini yaxshilash va mustaqil hayotga tayyorlash niyatida. 

“Bugun maktabga qanday kiyinsam ekan?” Har kuni ertalab Diana Otero shu haqida o’ylaydi. Faqat dushanba kunlari bu 10 yoshli qizning nima kiyishi aniq - chiroyli ko’ylak.

“O’zimga ishonchim oshadi,” - deydi u.

Dushanba kungi darslar boshqa kunlarnikidan hech farq qilmaydi. Faqat o’quvchilarning ust-boshi boshqacha.

Diana “Muvaffaqiyat deb kiyin” nomli dasturga yaqinda qo’shildi: “Yaxshiroq baho olishga yordam beradi deb o’yladim”.

Shon Arrigoni ham aynan shu qiziqtirdi. 

“Bu kiyimda o’tirganingda o’zingni yaxshi, bemalol sezasan, demak miyangni bir joyga qo’yib o’qiysan-da,” - deydi Arrigo. Baholarim ham endi yaxshiroq, deydi Shon. “O’zimni kattalardek sezaman”.

Shon maktab direktori Jeff Abtni juda hurmat qiladi, unga har jihatdan o’xshagisi keladi.

Abt bu dasturni maktabda uch yil avval boshlagan.

“Maktabda muhit yaxshilandi. O’quvchilar men yaxshi o’qiyman, eng zo’r kiyimimni kiyib, muvaffaqiyatga erishaman, deydi endi,” - tushintiradi direktor.

Erika Redler - maktab o’qituvchisi. Dushanba kunlari bolalarning yurish-turishi boshqacha, deydi u. 

“Muvaffaqiyat deb kiyingan bolalarning ertalabdan qomati boshqacha, yuzida tabassum. Xayrli tong, deb kirib keladi. Bunday kayfiyatda bo’lsa, xulqi ham yaxshi tarafga o’zgaradi, o’zini kun bo’yi yaxshi tutadi”.
 
Bu dastur natijasida bolalarning bilimi oshib, baholari ham yaxshilanmoqda, deydi muallima.
 
Shu bois devorlarda “Muvaffaqiyat deb kiyin” dasturiga qo’shilishni targ’ib qiluvchi plakatlar osilgan. Maktab direktori deydiki, yaxshi kiyinib kelish qimmat kiyim kiyishni anglatmaydi: 

“O’quvchilarimiz turli tabaqalarga mansub. Ular oddiy ko’ylak bilan galstuk taqsa ham muvaffaqiyat deb kiyingan hisoblanaveradi”.

Bolalar maktabni tugatib, mustaqil hayotga qadam qo’yganida, bu dastur doirasida olingan saboqlar asqotadi, deydi Abt.

“Ishga kirayotganingizda, kiyim javoniga qaraysizda, eng zo’r kiyimim qaysi, deysiz. Yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilasiz. Ular meni ishga olsin, deysiz”.

Kattalarga o’xshab kiyinish bolalar uchun ham qiziq, ham mustaqil hayotga tayyorgarlik.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Gollivudning diniy filmlari - Religious movies/Hollwoodi
X
18.04.2014
Amerikaliklarning aksariyati dindor emas lekin e'tiqodga qiziqish kuchli. Bu yil masalan Gollivudda jami 16 ta diniy film chiqishi kutilmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada qonli kun

Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda olcha gulladi

Har yili aprel oyida Vashington shahri olcha gullari bilan burkanadi. Bir asr muqaddam Yaponiya tomonidan hadya qilingan ko’chatlar bugun Vashingtonning ramziy ko’rkiga aylangan. Olchaning gullash mavsumi har yili 10 kuncha davom etadi. Yilning bu davrida Vashington sayyohlar bilan to’ladi. Chunki ayni shu kunlarda poytaxt Olcha guli festivalini tashkil qiladi. Vashington bo’ylab yapon madaniyati kunlari o’tkaziladi. Musiqa va raqs, me’morchilik san’ati, urf-odatlar, kinolar namoyish etiladi. Yapon tili va adabiyoti ham targ’ib qilinadi. Yaponiyadan mehmonlar kelib, sahnada amerikaliklarni xushnud qiladi. Ikki xalq san’atini ifodalovchi asarlar namoyish etiladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Janubiy Afrika Respublikasi notinch

BMT Xavfsizlik Kengashi tobora notinch Janubiy Afrika Respublikasiga keng ko’lamli tinchlikparvar qo’shin safarbar etadi. Salkam 12 ming kishilik missiya tinch aholini himoya qilib, insonparvarlik yordami qatnovini ta’minlaydi. Mamlakatda mazhablararo adovat va zo’ravonlik minglab odamlarni hayotdan olib ketdi. Afrikalik olti ming va fransiyalik ikki ming qo’shin tinchlikni saqlay oladi, deydi BMT rasmiylari. Xalqaro qo’shinlar 15-sentabrda ishga kirishadi. AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer shu hafta Markaziy Afrika Respublikasida bo’ldi. Qo’shma Shtatlar Afrika ittifoqi qo’shinlarini qo’llab quvvatlaydi; jahon hamjamiyati bu davlatga dadilroq yordam berishi lozim, deydi elchi. BMT, xususan, Markaziy Afrika Respublikasida 19 ming musulmon hayoti jiddiy tahdid ostida va ular mamlakatning xavfsiz hududlariga yoki xorijiy davlatga ko’chirilishi kerak, deya ogohlantiradi. Nasroniy jangarilar musulmon aholiga qarshi qonli hujumlarni boshlagandan beri o’n minglab musulmon poytaxtni va g'arbiy viloyatlarni tark etgan. Ayrim mahalliy rasmiylarning aytishicha, aholini ko’chirish choralari ixtilofni yanada kuchaytirib, mamlakatni parchalab yuborishi mumkin.
Fotogalereya

Fotogalereya Pensilvaniyadagi maktabda fojea

Pensilvaniya shtati, Murisvil shahridagi Franklin o'rta maktabida o'quvchi 19 bola va yana bir kishini pichoqlagan. To'rt odamning ahvoli og'ir, deydi politsiya.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI