Breaking News

AQSh ebolaga kurash doirasida tezkor guruhlar tuzdi


Prezident Barak Obama sog'liqni saqlash sohasi mutasaddilari bilan Oq uyda.
Prezident Barak Obama sog'liqni saqlash sohasi mutasaddilari bilan Oq uyda.

AQShda ebola virusi tarqalishining oldini olish uchun tezkor guruhlar tuzildi. Ularga kasallik bo’yicha eng zo’r mutaxassislar kirdi. Ayni vaqtda virusni yuqtirgan bemorlarni qabul qilishga rozi kasalxonalarga ham yordam beradigan maxsus guruhlar tuzilgan va shay ahvolga keltirilgan.

Har bir tezkor guruhga 20 mutaxassis kirgan. Ular AQShda ebolaga chalingan bemor aniqlangach, u yerga tez yetib borib, ishga kirishadi.

“Tezkor guruhlar ebola yuqqani gumon qilinayotgan bemorlar joylashgan kasalxonaga yordam berish uchun tuzilgan. Guruhlar tarkibida yuqumli kasalliklarni nazorat qiluvchi mutaxassislar, shifokorlar, ebola epidemiyasini taftish qiluvchi ekspertlar, laboratoriya xodimi va ko’plab boshqa mutaxassislar bor,” - dedi masala uchun mas'ul rasmiylardan biri, doktor Jordan Tappero.

AQShda ebola virusiga chalingan ilk bemor aniqlangach, kasalxonalar unga tayyor emasligi ayon bo’ldi. Shunda Prezident Barak Obama tezkor guruhlarni tuzishni buyurdi.

Liberiyadan Dallasga yetib borgan bemor kasalxonada davolanganiga qaramay olamdan o’tdi. Natijada ebola AQShda tarqalishi mumkinligi atrofida xavotirlar kuchaydi. Ko’plab amerikaliklar Sog’liqni saqlash vazirligi rasmiylarini virusga tayyorgarlik ko’rmaganlikda tanqid qildi.

Tezkor guruhlar ebola gumon qilingan holatda muayyan qoidalarga qarab ish tutadi, deydi Obama.

“Biz bu qoidalarga rioya qilsak, ya’ni qadamma-qadam ularga rioya qilinsa, ma’lumot tarqatilsa, mamlakatimizda ebola epidemiyasining boshlanish ehtimoli deyarli bo’lmaydi”.

Prezident xavfli virusning AQShda tarqalishi atrofidagi xavotirlarning asossiz ekanini namoyish qilish uchun hatto virusga chalinib tuzalgan amerikalik hamshira bilan Oq uyda uchrashdi.

Tezkor guruhlar Nyu-York, Chikago va poytaxt Vashingtonda joylashgan. Zarurat tug’ilishi bilan ular ishga tushishga tayyor. Boshqa guruhlar ham shay holatga keltirilgan.

Ebolaga qarshi maxsus guruhlar - US Ebola Swats
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Ebolaga qarshi kurash/Hamshiralar talabi - Ebola/Nurses
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG