Breaking News

AQShning Misrdagi o'zgarishlarga munosabati hanuz noaniq


"Musulmon Birodarlar" partiyasi tarafdorlari
"Musulmon Birodarlar" partiyasi tarafdorlari
Misrda harbiylar yetakchiligidagi muvaqqat hukumat mamlakatda o’z mavqeini mustahkamlab borar ekan, AQSh Misrga atalgan harbiy yordam taqdiri borasida hanuz bir qarorga kelgani yo’q.
AQSh va Misr munosabatlari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:33 0:00
Yuklab oling

AQShning qo’llab-quvvatlashiga umid bildirayotgan Misr harbiylari xalq saylagan prezident Mursiyni hokimiyatdan ag’dardi. Namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilib, yuzlab odamlar halok bo’ldi.
Ayni paytda Misrda xalq hanuz harbiylarni hurmat qiladi, deydi Kaliforniyadagi harbiy o’quv yurti professori, Yaqin Sharq bo’yicha mutaxassis Robert Springborg.

“Armiya - mamlakatning eng mashhur instituti. Ommavy so’rovlarda aholi davomiy ravishda 80 foiz, hatto 90 foizlik ko’rsatkich bilan harbiylarni qo’llab-quvvatlamoqda. Boshqa hech bir tizim ularga teng kelolmaydi”, - deydi mutaxassis.

Misr harbiy jihatdan dunyoning 11-eng katta mamlakati hisoblanadi. U, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlarining 4-eng katta xaridori. Misr qo’shini 4 mingdan ortiq zirhli tanklarga ega.

Har yili Vashington Qohiraga 1,3 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ajratadi. Qonuniy yo’l bilan saylangan prezident Mursiy hokimiyatdan ag’darilgach, ayrim AQSh qonunchilari Misr harbiylariga ko’rsatilayotgan yordamni to’xtatishga chaqirdi. Obama ma’muriyati hozir bu masalani qayta ko’rib chiqmoqda.

“RAND” korporatsiyasi mutaxassisi, Misrdagi harbiylar va fuqarolar o’rtasidagi aloqalar bo’yicha ekspert Jeffri Martinining aytishicha, agar AQSh harbiy yordamni qirqsa, Fors ko’rfazidagi ayrim arab davlatlari uning o’rnini to’ldirishda Misrga yordam qo’lini cho’zishga va’da bermoqda.

“Bu davlatlar allaqachon 10 milliard dollar miqdorida malag’ berishga tayyor bo’lib turibdi. Bu biz beradigan ko’makdan qariyb 10 barobar katta. Ammo bu yerda o’rnini to’ldirish mumkin bo’lmagan yordam turi ham bor. Hech kim Misrga o’zi istagan qurollarni tanlash imkoniyatini taqdim eta olmaydi. Saudiya Arabistoni behisob dollarlar bilan ta’minlashi mumkin, ammo M1-A1 tanklarini, “Apache” vertolyotlarini, F-16 samolyotlarini yoki ularni tuzatish uchun kerak bo’ladigan qismlarni bera olmaydi”, - deydi Martini.

AQSh va Misr harbiylari o’rtasida aloqalar yaqin bo’lishiga qaramay, Vashington bu mamlakatga ilgarigidek ta’sir o’tkazish salohiyatiga ega emas.
Martini:

“Har bir davlat o’z manfaatlarini ko’zlab ish tutadi. Biz bo’lib o’tgan ishlar uchun uzr so’ramasligiz kerak. Misr ham shundek. Muzokaralarning keyingi bosqichida hammasi hal bo’ladi. Misr harbiylari Musulmon Birodarlarni kuchsizlantirishdan manfaatdor va buni AQSh yordamisiz ham amalga oshira oladi”, - deydi amerikalik kuzatuvchi.

Robert Springborgga ko’ra esa, AQSh iqtisodiy jabhada biroz ta’sir o’tkazish imkoniyatiga ega. Xususan, Xalqaro Valyuta Jamg’armasi kabi xalqaro moliyaviy institutlar orqali.

“Misr Fors ko’rfazidan tashqaridagi xalqaro kredit bozoriga chiqa olishi uchun Xalqaro Valyuta Jamg’armasidan pul olishga majbur bo’ladi. Bu masalada yakuniy qarorni AQSh beradi. Agar AQSh Misrni Xalqaro Valyuta Jamg’armasi ishonchini qozonish uchun yaroqsiz deb topsa, Misr jiddiy muammolarga duchor bo’lishi tabiiy”, - deydi Springborg.

Ammo AQSh ehtiyotkorlik bilan ish ko’rishi kerak, deydi tahlilchi. Uning aytishicha, agar qaltis qadam tashlansa, Misr ham bunga qarshi javob qaytarish yo’liga o’tib olishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG