Breaking News

Saylov – 2012: Natija qanday aniqlanadi?


Har bir shtatda qancha elektor borligini ko'rsatuvchi xarita
Har bir shtatda qancha elektor borligini ko'rsatuvchi xarita
Noyabrning dastlabki seshanbasi – AQShda saylov kuni. Bu mamlakatda saylov bo’yicha biror federal qonun yo’q. Har bir shtat o’z tartib-qoidalariga ega.

Bu kun, tabiiyki, 50 shtat va Kolumbiya okrugidagi saylov uchastkalari odamlar bilan gavjum bo’ladi.


Saylov natijasi qanday aniqlanadi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00
Yuklab oling

AQSh konstitutsiyasi fuqarolarga ko’plab erkinliklarni kafolatlaydi. Ammo Jorjtaun universiteti professori Mark Romning aytishicha, saylash huquqi ulardan biri emas.

“Ko’pchilik saylash huquqini so’z erkinligi, e’tiqod qilish, hukumat ustidan shikoyat qilish kabi uzviy huquqlardan biri deb o’ylaydi. Aslida unday emas. Saylov qoidalarini belgilash shtatlar ixtiyoriga berilgan va ular o’z tartib va talablarini joriy etadi”, - deydi professor.

AQSh federal qonuniga ko’ra, fuqaro 18 yoshdan boshlab ovoz berishi mumkin. Ammo jarayon hamma joyda ham bir xil emas.

“50 ta shtatda 50 xil qoida bor... Ovoz berish vaqti, saylovchilarni ro’yxatga olish, qayerda va qanday ovoz berishi… Bularning barchasini shtatlar o’zlari belgilaydi”, - deydi professor Rom.

So’nggi yillarda “Erta ovoz berish” degan jarayon paydo bo’ldi. Shtatlarning uchdan ikki qismida hozir saylovchilar haqiqiy saylov kunidan hatto bir oy oldin ham ovoz berishlari mumkin.

Ayrim shtatlarda saylov uchastkalarida maxsus guvohnomalar talab qilinadi. Firibgarlikning oldini olish uchun shunday tartib o’rnatilgan. Huquq himoyachilari bunday harakatlar saylovchilar sonini kamaytiradi deya norozi.

Aslida har bir shtatda alohida saylov bo’ladi deyish ham mumkin.

Konstitutsiyaga ko’ra, fuqarolar prezidentga ovoz beradi, ammo natijani 538 nafar maxsus saylovchi, elektor, hal qiladi. Eng ko’p ovoz olgan nomzod shtatdagi barcha elektor ovozini oladi.

Jorj Meyson universiteti professori Denis Jonson buni shunday tushuntiradi:

“Eng muhim raqam bu 270. Shuncha elektor to’plagan nomzod prezident bo’ladi”.

Ayrim shtatlar – “jang maydonlari”, chunki bu yerlarda aholining katta qismi biror partiya tarafdori emas, ovoz berganida partiya emas, balki nomzodning siyosiy dasturiga e’tibor beradi.

Nomzodlar bunday shtatlarda jiddiy kurash olib borishining boisi shunda.
Shuningdek, bu shtatlarda elektorlar soni ko’p va ularni qo’lga kiritgan nomzod, odatda, prezident bo’ladi.

Saylovchilar kollegiyasi nima? US Electoral College
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:59 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG