Dushanba, 22-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 22:43

Amerika

Amerika saylov tizimi islohotga muhtojmi?

AQSh saylov tizimi islohotlarga muhtoj... Election reform in the US i
X
14.03.2013 22:07
Aksariyat amerikaliklar nazarida bu davlat demokratiyasi barkamol, ammo saylov tizimi isloh qilinishi kerak. Sistema eskirgan va aholi talablariga javob bermaydi. Saylov jarayonini takomillashtirish kerak deb kelayotganlardan biri prezidentning o'zi.
AQSh saylov tizimi islohotlarga muhtoj... Election reform in the US
Amerika Ovozi
Amerikaliklar mamlakatdagi demokratik tizimdan ko’ngli to’lsa-da, ayrimlar saylov sistemasini isloh qilishga chaqirmoqda. Ular nazarida tizim oqsamoqda. Prezident Barak Obama ham saylov jarayonini takomillashtirishga da’vat etgan.

O’tgan yil noyabrida ikkinchi muddatga saylangan prezident Obamaning aytishicha, fuqarolar ovoz berish uchun navbatda turib, uzoq kutishiga to’g’ri keldi.

"Birinchi marta ovoz berdingizmi, navbatda uzoq kutib ovoz berdingizmi, muammoni bartaraf etish kerak", - deydi prezident.

Fevral boshida Obama Kongressda har ikki palata vakillari oldida qilgan nutqida ham shu haqda gapirib, saylov uchastkalaridagi navbatlar Amerika ideallariga xilof, dedi.
 
Obama 102 yoshli floridalik ayol tajribasini misol qildi.

"Dezilin Viktor saylov uchastkasiga borganida unga navbati olti soatda kelishi mumkinligini aytishdi. Ammo u kutishdan, turib charchashdan qo’rqmadi, balki uchastka yopilib, ovoz bera olmasligi mumkinligidan xavotirlandi", - deydi davlat rahbari.

Prezident Obama yangi komissiya tuzib, unga saylov jarayonini o’rganish vazifasini topshirdi. Komissiyaga o’zining va saylovlardagi respublikachi raqibi Mitt Romnining yetakchi yuristlari kirdi.

Mutaxassislar muammoni o’rganishga kirishar ekan, boshqalar uning mohiyatini tushunishga harakat qilmoqda.

Vashingtondagi Xeritij Jamg’armasi deb nomlanuvchi tahlil markazi eksperti Xans fon Spakovskiyning aytishicha, prezident masalani bo’rttirib ko’rsatyapti.

"Afsona shuki, saylov kuni hamma katta navbatda turganmish. Buning haqiqatdan uzoqligini bilamiz. Massachusets texnologiya instituti shu mavzuda izlanish o’tkazib, navbatda o’rtacha kutish vaqti atigi 14 daqiqa bo’lganini isbotladi", - deydi u.

Pyu Jamg’armasi xodimi Deyvid Bekkerning aytishicha, dunyoning eng ilg’or demokratik davlatida bu kabi muammo bo’lmasligi lozim. Tashkilot davlatlarga saylov tizimini yaxshilashda yordam beradi.

Bekker ham navbatlar uzunligini aytib, muammoni saylovchilarni ro’yxatga olish tizimida ko’radi.

"Xato ishlaydigan, muddati o’tib bo’lgan ro’yxatga olish mashinalari saylov kunigacha muammoni keltirib chiqarmoqda. Navbatlar, qo’shimcha byulletenlar, saylov uchastkasidagi muammolar ovoz berishni cho’zib, qimmatga tushishi mumkin", - deydi u.

Bekker jarayonni avtomatlashtirish lozim, shtatlar saylovchilarga internet orqali ro’yxatdan o’tishga ruxsat berishi kerak, deydi.

Fon Spakovskiyning aytishicha, ko’p shtatlarda islohotlar avjida. Masalan, saylovchilarning boshqa joyga ko’chgani yoki bittadan ko’p shtatda ro’yxatga olinganiga doir ma’lumotlarni tekshirishda ular bir-biri bilan hamkorlik qilmoqda.

Ekspertga ko’ra, bu ish bilan shug’ullanadigan idora bor, ammo prezident Obama yana bir komissiya tuzishga qaror qildi.

"AQSh saylov komissiyasi kabi federal boshqarma 2002-yilda ishga tushgan. Uning vazifasi shtatlarga tavsiyalar berish", - deydi fon Spakovskiy.

Biroq Deyvid Bekker nazarida Obama tuzgan komissiyadan ko’proq foyda bo’ladi.

"Agar shtat va federal mutasaddilar Amerika demokratiyasi dunyo uchun mash’al va namuna ekanini muhim deb bilib, tizimni yaxshilashga, takomillashtirishga qaror qilsa, bundan zarar bo’lmaydi va prezident komissiyasi ham bunga o’z hissasini qo’shadi, deb o’ylayman", - deydi u.

Shunday bo’lgan taqdirda keyingi saylovlar fuqarolar uchun o’z konstitutsion huquqlarini ado etishda ancha oson kechishi mumkin.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, December 22, 2014i
X
22.12.2014 10:30
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Indoneziya harbiy dengiz kuchlari Papua Yangi Gvineyada ro'yxatga olingan baliqchi kemalarini portlatayapti. Baliqchilik qilishga ruxsati bo'lmagani aytiladi bu kemalarning.
  • Nyu-Yorkning Bruklin mahallasida otib ketilgan politsiyachilarni hamkasblar xotirlayapti. Ismayyil Brinsli ismli shaxs ofitserlar Rafael Ramos va Venjian Lyuni otib, so'ng o'zini o'ldirgan.
  • Malayziyaning Kuala Lumpur shahri Mustaqillik maydonida 1600 dona o'yinchoq panda tomoshaga qo'yildi.
  • Boliviyada kuchuklar orasida Rojdestvo liboslari tanlovi.
  • Tokioda taniqli pop musiqa guruhining konsertiga kelgan muxlislar.
  • Idlib viloyatilik shaxs Suriya rahbari Bashar al-Assad qo'shinlaridan qolgan qurol-aslahani terib olayapti.
  • Rim papasi Fransisk Vatikanda bolalar bilan qo'l berib ko'rishayapti.
  • Ukraina shahrida Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan askarlarga qo'yilgan haykal yer bilan yakson qilingan.
  • Pekinda chang'ichilar musobaqasida qatnashayotgan amerikalik Mak Bohonnon.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI