Juma, 31-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 20:37

Amerika

AQSh elchixonalari bugun qanchalik xavfsiz?

AQShning Yamandagi elchixonasiga hujum, 13-sentabr, 2012
AQShning Yamandagi elchixonasiga hujum, 13-sentabr, 2012

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
O’tgan yili AQShning Liviyadagi diplomatik vakolatxonasi hujumga uchrab, elchi va yana uch amerikalik halok bo’lgan edi. Bu voqea ketidan AQShning butun dunyo bo’ylab elchixonalarida xavfsizlik kuchaytirilmoqda.
AQSh elchixonalari bugun qanchalik xavfsiz?/Shohruh Hamro
AQSh elchixonalari bugun qanchalik xavfsiz?/Shohruh Hamroi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Yangi tartib-qoidalar, diplomatik idoralarni baland devor bilan o’rash, ayrimlar nazarida, elchilar ishini qiyinlashtirishi mumkin.

Muhammad payg’ambarni haqoratlovchi, Amerikada ishlangan film o’tgan yili musulmon dunyosida qonli namoyishlarga turtki bergan edi.

G’azab uchquni Yaqin Sharq bo’ylab tarqaldi, Amerika bayroqlari yoqildi. Misr, Yaman va Tunisdagi elchixonalar hujumga uchragach, AQSh hukumati diplomatik korpus xavfsizligini oshirishga qaror qildi.

O’sha kuni, 11-sentabrda al-Qoida a’zolari deb ko’rilayotgan jangarilar Liviyaning Bing’ozi shahridagi elchixonani ham nishonga olib, diplomatlarni o’ldirgan. 

Sobiq Davlat kotibasi Xillari Klinton bu fojia yuzasidan Kongress oldida hisobot bergan, favqulodda choralar ko’rilayotganini aytgan.

“Tekshiruv guruhiga Mudofaa vazirligini ham jalb qilishga ko’rsatma berdim. Xorijiy davlatlarga yuzlab qo’shimcha qo’riqchilar yuboramiz. Bundan tashqari, xatarli nuqtalarda joylashgan elchixonalar xavfsizligi bilan bundan buyon alohida muovin shug’ullanadi”, - degan Klinton. 

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida joylashgan vakolatxonalar bu ro’yxatga kiritilgan. Ammo aynan qaysi davlatlar ekani sir saqlanadi. 

Amerika diplomatlari uyushmasi Obama ma’muriyatining bu qarorlarini to’g’ri, deya olqishlamoqda.           

Uyushma rahbari Syuzan Jonson deydiki, aksar konsulliklar va ayrim elchixonalarda maxsus qo’riqchilar umuman yo’q. 

“Harbiy xizmatchilar asosan binolar xavfsizligini ta’minlash bilan shug’ullanadi, xodimlarni himoya qilmaydi. Lekin mojaro ro’y berganda ularning borligi yaxshi. Diplomatlar fursatdan foydalanib qochib qolishi, mojaro zonasini tark etishi mumkin”, - deydi Jonson. 

Lekin shuni esda tutmoq lozimki, yangi qoidalar bois mezbon davlat xalqi va AQSh elchilari o’rtasida aloqa uzilmasligi kerak.

Masalan, o’tgan yilning noyabrida AQShning Kobuldagi elchixonasi saylovni birgalikda tomosha qilish uchun mehmonlarni taklif etgan.

Diplomatlar mezbon davlatda erkin harakatlanishni, istagan payt faollar bilan muloqot qilishni istaydi. Davlat departamentiga buni tez-tez eslatib turishadi.

“Bu masala hozir ochiq muhokama qilinyapti. Diplomatlardan “oshirib yubormaylik”, elchixonalarni yaqinlashib bo’lmaydigan qal’aga aylantirmang, degan tavsiyalarni eshitamiz”, - deydi Syuzan Jonson.

Xavfsizlikni yaxshilashning yana bir usuli – diplomatlarga til o’rgatish, ular boradigan davlat xalqi, madaniyati bilan chuqurroq tanishish. 

Bu dasturlarga ko’proq mablag’ ajratilsa, diplomatlar aholi bilan til topishishi, xavfli vaziyatlardan chiqib ketishi osonroq bo’ladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Urush faxriylari uchun maxsus uylar - Houses for war veteransi
X
31.10.2014 10:03
Iroq va Afg'onistondan 300 mingga yaqin askar majruhlanib qaytgan. AQSh Mudofaa vazirligi yirik bir kompaniya bilan hamkorlikda ularga qulay uylar qurib berishga kirishgan. Ruhan va jismonan nogiron insonlar uchun maxsus imoratlar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Quddus: arab va yahudiylar orasida to'qnashuvlar

Quddusdagi al-Aqsa masjidi bugun qisman ochiq. Isroil politsiyasi chorshanba kuni inshootni butunlay yopib qo'ygach, Falastin ma'muriyati buni urush e'lon qilishga qiyoslagan edi. Hududda hafta boshida ro'y bergan otishmada avval isroillik ruhoniy jarohatlangan; ketidan politsiya falastinlik bir shaxsni otib o'ldirgan edi. To'polon ko'tarilmasligi uchun musulmon va yahudiylar uchun muqaddas sanalgan masjid va uning atrofini vaqtincha to'sib qo'ydik, deydi Isroil huquq-tartibot xodimlari. 50 yoshgacha bo'lgan erkaklar hududga hamon yo'latilmayapti. G'azoda hukmron HAMAS va Isroil o'rtasida shu yil ro'y bergan ikki oylik urush ortidan yahudiy va falastinliklar munosabati hanuz tarang. Ixtilof 21 mingdan ziyod odam, asosan, g'azolik tinch aholini hayotdan olib ketgan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Peshmerga kuchlari Kobaniga yetib keldi

Iroq Kurdistonidan peshmerga jangchilarining bir qismi Suriyaning Kobani shahriga yetib borgan. Ular "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi kurashda mahalliy kurdlar va xalqaro koalitsiyaga yordam beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gavayi vulqoni aholi turar joylariga yetib keldi

Gavayida otilib chiqqan vulqon lavalari bir necha hafta o'tib Paxoa shaharchasiga yetib keldi. Sekin harakatlanayotgan lava "daryosi" yo'lda uchragan har qanday narsani kuydirib kulga aylantirmoqda. Shaharcha aholisi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebolaga qarshi global kurash

Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Afg'onistondagi missiya nihoyasiga yetayapti

Afg'onistonning Hilmand viloyatidagi yirik harbiy baza mahalliy armiya nazoratiga o'tdi. AQSh va Britaniya qo'shinlari missiyani yakunlab, o'lkani tark etishga hozirlik ko'rmoqda. 2015-yilda Afg'onistonda 12 ming xorijiy askar qoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI