Shanba, 30-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 09:11

AQSh-Markaziy Osiyo

Kongress: Markaziy Osiyoda huquq va demokratiya targ'ibotini oshirish kerak

Kongress: Markaziy Osiyoda huquq va demokratiya targ'ibotini oshirish kerak/US-Central Asiai
|| 0:00:00
X
29.07.2012 03:30
Yaqinda AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi vakillari Markaziy Osiyo bo'ylab safarda bo'ldi. Respublikachi kongressmen Den Berton (Dan Burton) boshliq delegatsiya Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonda prezident va vazirlar bilan uchrashdi. Aloqalarda Afg'onistondagi vaziyat, urushni tugatish rejasi va mintaqa davlatlari bilan bu borada ishlash asosiy o'rinda. Lekin qonunchilar va diplomatlarning qayd etishicha, inson huquqlari va demokratiya targ'iboti, shuningdek, biznes va iqtisodiy hamkorlik ham chetda qolmayapti. Kongressda kechgan muhokamadan Navbahor Imamova hikoya qiladi.

Kongress: Markaziy Osiyoda huquq va demokratiya targ'ibotini oshirish kerak/US-Central Asia

Yaqinda AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi vakillari Markaziy Osiyo bo'ylab safarda bo'ldi. Respublikachi kongressmen Den Berton (Dan Burton) boshliq delegatsiya Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonda prezident va vazirlar bilan uchrashdi.

Aloqalarda Afg'onistondagi vaziyat, urushni tugatish rejasi va mintaqa davlatlari bilan bu borada ishlash asosiy o'rinda. Lekin qonunchilar va diplomatlarning qayd etishicha, inson huquqlari va demokratiya targ'iboti, shuningdek, biznes va iqtisodiy hamkorlik ham chetda qolmayapti.

Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat bilan AQSh Kongressida Vakillar Palatasi Tashqi aloqalar qo’mitasining Yevropa va Yevrosiyo bo’yicha quyi qo’mitasi shug’ullanadi. Den Berton, Indiana shtatidan keksa respublikachi, ayni damda bu organ raisi.
 
Qonunchi va uning yetakchiligidagi boshqa arboblar Markaziy Osiyodan bag’oyat boy va chuqur taassurotlar bilan qaytdi. Mintaqa poytaxtlari ko’rkam, xushmanzara va taraqqiy etgan davlatlarnikidan qolishmas ekan, deydi Berton. Hukumatlar delegatsiyani quchoq bilan kutib olgan. 

Kongressmen nazarida, Amerika Markaziy Osiyo bilan real va amaliy hamkorlikka urg’u berishi kerak. Sharqu g’arbni bir-biriga bog’lovchi bu strategik mintaqa Afg’onistondagi harbiy harakatlarni quvvatlash va yakunlashda muhim rol o’ynamoqda, deydi u.

Lekin 2014-yildan keyin nima bo’ladi? Tinch va barqaror Afg’onistondan hamma manfaatdor, ayniqsa qo’shni Markaziy Osiyo, ammo bu mintaqa ham xavfsiz va farovon bo’lishi uchun Amerika yordamni oshirmasa bo’lmaydi, deydi Berton.
 
Qo’shma Shtatlar Markaziy Osiyo xalqlarini har tomonlama quvvatlashi, nafaqat rahbarlar bilan yaqindan ishlashi, balki fuqaro jamiyati va oddiy aholi dardiga quloq tutishi kerak, deydi kongressmen.

“Vashington inson huquqlari va demokratiya targ’ibotini chetga surib qo’ygan degan noto’g’ri tushunchani yengishimiz lozim”, - deydi Berton.

Mintaqada Rossiya va Xitoy ulkan ta’sirga ega ekan, Amerika o’ziga xos bir rol o’ynashi, konkret strategiyaga asoslangan holda konkret loyihalarni amalga oshirishi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilovchi dasturlar bilan chiqishi kerak, deydi respublikachi arbob.

AQSh Kongressida Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat muhokamada, Navbahor Imamova
AQSh Kongressida Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat muhokamada, Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


AQSh-Markaziy Osiyo/Kongressmen Den Berton (Dan Burton) bilan suhbat, Navbahor Imamova
AQSh-Markaziy Osiyo/Kongressmen Den Berton (Dan Burton) bilan suhbat, Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


Amerikalik ekspertlar Markaziy Osiyo juda muhim deydi/Navbahor Imamova
Amerikalik ekspertlar Markaziy Osiyo juda muhim deydi/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


Kapitoliy, AQSh qonunchilik organi Kongress joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)Kapitoliy, AQSh qonunchilik organi Kongress joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
x
Kapitoliy, AQSh qonunchilik organi Kongress joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
Kapitoliy, AQSh qonunchilik organi Kongress joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
Nyu-York shtatidan demokrat kongressmen Gregori Miks (Gregory Meeks) uning fikriga qo’shiladi. Hukumatlar bilan hamkorlikda barcha sohalarga teng e’tibor berish kerak, deydi u, toki mintaqaning har bir o’lkasida erkinlik shamoli essin, jamiyatlar oshkoralik tomon qadam tashlasin, demokratik orzular ro’yobga chiqsin.

Ogayo shtatidan respublikachi qonunchi Jin Shmit xonim (Jean Schmidt) fikricha, AQSh O’zbekiston va Tojikiston singari huquq muntazam ravishda buziladigan davlatlarda qonun ustuvorligi va mustaqil adliyaga ko’proq ahamiyat qaratishi kerak.

Hukumatlar bilan bu borada ochiqchasiga gaplashish, hamkorlikni kengaytirish evaziga demokratiya targ’ibotini ham oshirish kerak. AQSh, shuningdek, tabiiy zaxiralarga boy Markaziy Osiyoga bu mahsulotlarni jahon bozoriga osonroq olib chiqishi uchun ko’maklashishi lozim, deydi u. Gapdan ishga o’tish kerak, deydi Kongress a’zosi.
 
Vakillar Palatasida tinglov, Vashington, 23-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)Vakillar Palatasida tinglov, Vashington, 23-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)
x
Vakillar Palatasida tinglov, Vashington, 23-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)
Vakillar Palatasida tinglov, Vashington, 23-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)
Pensilvaniya shtatidan respublikachi qonunchi Tom Marino korrupsiyaga qarshi kurash birinchi o’rinda turishi kerak degan fikrda. AQSh mintaqaga ajratayotgan  har bir dollar qayerga ketayotgani bilishi kerak, deydi u.

“Millionlab dollar pulimiz, xalqimiz haqqi, o’lkadagi ochko’z va yulg’ich rahbarlar cho’ntagiga tushmayapti deb kafolat bera olasizmi?”- deya so’raydi u Markaziy Osiyo bilan aloqalarga javobgar Robert Bleykdan.

Kongressmen Marino deydiki, AQSh biror bitim yoki shartnoma imzolayotganida, mablag' maqsadga muvofiq ishlatilishini talab qiluvchi, aks holda konkret shart qo'yishi kerak.
 
Bleyk, Davlat departamenti rasmiysi, Amerika berayotgan moliyaviy va boshqa turdagi yordam haqida ma’lumot maxfiy emas, deydi. Qay davlatga nima sabab qancha mablag’ ajratilayapti va qay dasturlarga sarflanayapti, hammasi hisob-kitob qilinadi, deydi u. 

AQSh dollari kimning cho'ntagiga ketmoqda, deya so'raydi kongressmenlar (Suratni kattalashtirish mumkin)AQSh dollari kimning cho'ntagiga ketmoqda, deya so'raydi kongressmenlar (Suratni kattalashtirish mumkin)
x
AQSh dollari kimning cho'ntagiga ketmoqda, deya so'raydi kongressmenlar (Suratni kattalashtirish mumkin)
AQSh dollari kimning cho'ntagiga ketmoqda, deya so'raydi kongressmenlar (Suratni kattalashtirish mumkin)
“Korrupsiya Markaziy Osiyoda rak kasalidek og’ir bir dard”,- deydi Bleyk. Yulg’ichlik, poraxo’rlik chuqur ildiz otmagan soha yo’q.
 
Bosh diplomat sifatida Kongress a’zolari oldida hisobot berar ekan, Bleyk Amerika Afg’onistonga yuk tashish, urushni tugatib u yerdan qo’shin va qurol-aslahani olib chiqishda Markaziy Osiyo bilan yaqindan ishlashi zarur ekanini eslatadi.

Mintaqa xavfsizligi yo’lida hissa qo’shish, terrorizm va qoradori savdosiga qarshi kurash, biznes va sarmoya qatorida huquq va demokratiya bobida ham faol harakat qilish lozimligini tan oladi. Amerika mintaqada o’ziga xos ijobiy rol o’ynashni istasa, deydi u Obama ma’muriyati nomidan gapirar ekan, Rossiya va Xitoy bilan bellashmasligi, balki ular bilan hamkorlik qilishi zarur.  

Maqsad – Markaziy Osiyo birdam va tinch mintaqa bo’lsin; odamlar, mahsulotlar va g’oyalar erkin harakat qila olsin. Lekin AQSh diplomatlari, ekspertlari va  yaqinda mintaqada bo’lib qaytgan qonunchilar ham bu azaliy niyatlar hali-beri ro’yobga chiqmasligini biladi. Jamiyatni rivojlantiradiganlar - uning a’zolari, tashqi dunyo, xususan Amerika faqat yordamlashishi mumkin, deydi ular.

Kongressmen Berton (Dan Burton): Markaziy Osiyoga nisbatan loqaydlik AQSh uchun katta xato bo'ladi i
|| 0:00:00
X
28.07.2012 05:38
Yaqinda O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istonda bo’lib qaytgan respublikachi kongressmen Den Berton (Dan Burton) fikricha, Markaziy Osiyoga nisbatan amaldagi siyosat samara bermoqda, lekin hamkorlikni muvozanatlash kerak. Ya’ni, deydi u, sheriklik asosan Afg’onistonga bog’lanib qolmasligi, boshqa sohalar, jumladan iqtisod va sarmoya, huquq va demokratiya targ’iboti, ta’lim va madaniy aloqalarga ham e’tiborni oshirish kerak. Navbahor Imamova qonunchi bilan suhbatda bo’ldi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yadroviy qurollar xavfsizligi - Nuclear Missile Safetyi
X
29.08.2014 22:39
1945-yil 6-avgustida Qo’shma Shtatlar Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashlagan. Cheksiz talofat keltirgan. Shu bilan dunyoda yadro qurollari poygasi boshlangan. Yadro arsenalining eng katta qismi ikki davlat hissasiga to’g’ri keladi - AQSh va Rossiya.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Novoazovsk
  • Donetsk
  • Donetsk
  • Snijne
  • Novoazovskdagi bo'lginchi.
  • Ukraina sharqida bo'lginchilar qo'lidan tortib olingan texnika.
  • Ukrainaning NATOdagi elchisi Ixor Dolxov Bryusseldagi majlisda. 29-avgust.
  • Rossiya qimmatbaho qog'ozlari, rubl qiymati keskin tushdi. 28-avgust, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Kaliforniya shimolida zilzila, 6 balda

24-avgust kuni Kaliforniya shtati shimolida yer qimirladi. Uning kuchi 6 balni tashkil etgan. Hududda azaldan zilzila ehtimoli yuqori. Binolar vayron bo'lgan, yong'inlar va elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Hech kim o'lmagan. Lekin tunda yuz bergan tabiiy ofat aholi orasida katta vahima uyg'otgan. Zilzila ayniqsa Napa shahrida qattiq sezilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva xonadonida - Tojikistonning Mujun qishlog'idan fotolavha

Tojikiston aholisining 24 foizi, ikki millondan ortig’ini o’zbeklar tashkil etadi. Ular orasida yuzdan ortiq shoir va ijodkorlar bor. Respublika shimolining O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradosh G’onchi nohiyasining so’lim Mujun qishlog’ida o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri, shoira Zulfiya Boboyeva yashaydi. So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi va G’onchi nohiyasi raisi Zafar Ismoilzodaning joriy yil 30-iyulidagi qarori bilan Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot laureati Zulfiya Boboyevaning 60 yoshlik yubiley tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbir uning xonadonida kechdi. Shoira yura olmaydi. Boshlang’ich maktabda o'qib yurganidan beri aravachaga mixlanib qolgan. Ijod uning hayoti mazmuniga aylangan. Yosh qizaloq she'rga havas qo’yib, mustaqil o’qib o’rganadi, ma’lumotli bo’ladi. O’zining she’riy satrlarida bitganidek: Bo’ldilar she’rim bayotim-sabrim saodati, Yo’g’rildi shu sabab ishqqa ko’nglimning toati!
Fotogalereya

Fotogalereya Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi

Muxolifatdagi islomiy guruhning qurollangan vakillari Liviya poytaxti Tripolidagi xalqaro aeroportni egallab oldi. Ular amaldagi parlament faoliyatini noqonuniy deb hisoblab, avvalgi Milliy Kongressning qayta tiklanishini talab qilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Donetskda o'ziga xos parad

Ukraina mustaqillik bayramini nishonlar ekan, sharqda bo'lginchilar asirdagi askarlarni ko'chalardan namoyishkorona olib o'tishdi
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlandi

Qohiradagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, vaqtinchalik sulh tugashi bilan Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlanib ketdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI