Breaking News

AQShda fermerlarga oid yangi qonun qabul qilindi


AQShda fermerlarga beriladigan yordam puliga oid o’zgarishlar joriy etildi. Ammo prezident imzolagan yangi qonunni tandiq qilayotganlar ham bor. Ularga ko’ra, dehqonlarga ajratiladigan subsidiyalar oqibatida AQSh xalqaro savdo qoidalarini buzishi mumkin. Tarafdorlar esa yangi qonun ko’proq nochor odamlarga yordam berish imkonini yaratganini aytadi.

AQSh - Fermerlar - Yordam - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00
Yuklab oling

Yangi qonunga binoan endi fermerlarga har yili avtomatik ravishda 5 milliard dollar yordam puli berilmaydi.

“Yangi qonun ekin ekkan-ekmaganidan qat’i nazar, barcha fermerlarga moliyaviy madad ko’rsatishga chek qo’yadi. Oqibatda soliq to’lovchi xalqimiz yutadi. Endi tabiiy ofatdan yoki narxlarning keskin pasayib ketishidan aziyat chekkan fermerlar yordam oladi,” - dedi prezident Obama.

Dehqonlarni yomon ob-havo yoki bozordagi qiyin vaziyatdan himoyalaydigan davlat dasturi kengaytiriladi.

Hujjat, shuningdek, muayyan ekinlar uchun minimal narxning oshirilishini ko’zda tutadi. Fermerlar daromadi keskin pasaymasligi uchun subsidiyalangan sug’urta ham taklif qilinadi.

Ammo Kaliforniya universitetidan iqtisodchi-olim Dan Samner fikricha, o’zgarishlar jiddiy muammolarga olib keladi.

“Dunyoning aksariyat mamlakatlarida AQSh hukumati berayotganidek kafolat va imtiyozlar yo’q”.

Hukumat yordami bilan fermerlar ko’proq hosil olishi va ko’proq mahsulotni eksport qilishi mumkin, deydi Samner.

“Asta-sekin bu jahon bozorida narxlarning pasayishiga olib keladi, oqibatda rivojlanayotgan mamlakatlardagi dehqonlar AQSh fermerlari bilan bellasha olmay qoladi”.

Masalan, 2000-yillar boshida AQShdagi davlat subsidiyalari jahon bozoridagi paxta narxlarninig keskin pasayishiga olib kelgan edi. O’shanda AQSh savdo mojarosini yutqizgan.

Samner fikricha, yangi qonun o’sha mojaroni yana yuzaga keltirishi mumkin.

Ammo fermer uyushmalarining bildirishicha, xalqaro savdo qoidalariga ko’ra, hukumatlar cheklangan miqdorda subsidiya ajratishga haqli.

Deyl Mur Amerika fermalari byurosi uyushmasini boshqaradi.

“Xalqaro qoidalarda belgilangan cheklovlarni buzish uchun o’ta murakkav vaziyatga tushib qolishimiz kerak. Ko’p yillardan buyon AQSh bunday ahvolga tushmagan”.

Yangi qonun nochor odamlarga oziq-ovqat yordami ko’rsatishni ham osonlashtiradi. AQSh ajratgan pulni AQShning o’zida sarflash shart emas. Ya’ni insonparvarlik tashkilotlari oziq-ovqatni Amerikadan emas, ocharchilikdan aziyat chekayotgan mintaqaning o’zidan yoki yaqin atrofdan sotib olishi mumkin.

Erik Munyoz, “Oxfam America” gumanitar tashkiloti rasmiysi:

“Oqibatda nafaqat pul tejaladi, balki yordam ham tezroq yetkaziladi”.

Munyoz deydiki, ayni mabag’ bilan ko’proq odamlarga yordam berish mumkin - millionlab odamlarga.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG