Chorshanba, 23-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 18:31

Amerika

AQSh: “Moliyaviy jarlik”ni bartaraf etish uchun vaqt oz qolyapti

Nyu-York qimmatli qog'ozlar birjasi
Nyu-York qimmatli qog'ozlar birjasi

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Prezident Barak Obama Kongress yetakchilarini Oq uyga talkif etib, byudjet va moliyaviy kelajak xususida muzokara boshladi. Murosa uchun vaqt oz qolayapti.


Yangi yilgacha bir qarorga kelinmasa, soliqlar oshadi va ijtimoiy dasturlar avtomatik ravishda kesiladi. Bu degani, AQSh va uning ketidan global iqtisodiyot ham yana krizisga yuz tutishi mumkin.

Kelishuvga erishish uchun oxirgi muddat – 1-yanvar. “Moliyaviy jarlik” ni bartaraf etish shart ekani hammaga ma’lum. Respublikachi va demokratlar favqulodda muzokaralarni boshlab yuborgan.

Barak Obama prioritetlarni quyidagicha tushuntiradi: 

“O’rtahol oilalar solig’i oshmasligi kerak. Bunga erishish juda oson. Qonun loyihasini menga yuboring, darhol qo’l qo’yaman”. 

Jorj Bush prezidentligi davrida soliqlar hamma uchun pasaytirilgan edi. Bu qonun muddati tugar ekan, Obamaning aytishicha, yillik daromadi 250 ming dollardan oshadigan amerikaliklar bu yog’i ko’proq soliq to’lashi kerak.

Respublikachilar bunga rozi emas. Ularning yetakchisi Jon Beyner fikricha, boylarni ajratib qo’yish adolatdan emas.

“Iqtisodni jonlantirish hozir oldimizdagi eng muhim vazifa. Ish joylari yaratish ham buning bir qismi. Soliqlar oshirilsa, ishonavering, bunga hech qachon erishmaymiz”, - deydi u.

Qonunchilar bir-biri bilan kelishib, kompromissga erishmasa, oqibatlari jiddiy bo’ladi. 1-yanvardan hammaning solig’i oshib, avtomatik qisqartirishlar kuchga kiradi.

Shuning o’zi tomonlarni sarosimaga solib qo’ygan, deydi iqtisodchi Piter Morisi.

“Kongress va Oq uy  kelishuvga erishadi deb o’ylayman, chunki boshqa yo’l yo’q. Demokrat va respublikachilar oyoq tirab olsa, 500 milliard dollardan oshiq qisqartirishlar va yuqori soliqlar haqida gap ketayapti. Yana bir tanazzulga darvoza bu”, - deydi Morisi. 

Dunyoning eng yirik iqtisodiyoti qayta krizisga cho’mishi dunyo bo’ylab aks-sado berishi turgan gap, jumladan Yevropada.

Robert Biksbi Vashingtonda moliyaviy intizomni targ’ib etuvchi tashkilotga rahbarlik qiladi.

“Iqtisodiyotda “domino effekti” degan ibora bor. Hamma narsa bir-biriga bog’liq. Bugun Yevropa davlatlari haliyam qiyin bir ahvolda. Amerika qaddini rostlay olmasa, Yevropa bilan savdo kamayadi. Eksport sur’ati tushib ketishi oqibatida Yevropa ham katta zarar ko’radi”, - deydi Biksbi.

Professor Morisi fikricha, badavlat fuqarolar ko’proq soliq to’lagani bilan muammolar hal bo’lmaydi. Nafaqa, ijtimoiy himoya va sog’liqni saqlash sistemasi ham isloh qilinishi kerak.

“Ijtimoiy himoya xarajatlarini tartibga solmasa bo’lmaydi. Aks holda, olti yildan keyin Amerikada har bir fuqaroning solig’ini keskin ko’tarishga to’g’ri keladi. Harbiy dasturlar, hukumat yopiladi”.

Buni bartaraf etishning yagona yo’li – har ikki partiya yon berishi kerak. Sharhlovchilarga ko’ra, AQSh iqtisodiyoti o’zini tuzatish mexanizmlariga ega. Muhimi, Vashingtondagi beqaror siyosiy muhitni tuzatish kerak.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Diskriminatsiyaga qarshi qonundan yarim asr o'tib... 50 years after Civil Rights Acti
X
22.04.2014 22:27
1964-yilda AQSh prezidenti Lindon Jonson qonun oldida barcha fuqarolar teng degan qonunga imzo chekkan. Oradan qariyb yarim asr o’tib, bu davlatni qora tanli rahbar yuritmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Vengriya
  • Vashington
  • Halab
  • Angliya
  • Manila
  • Rossiya
  • Karakas
  • Boston
  • Braziliya
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada qonli kun

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI