Dushanba, 20-may, 2013 Toshkent vaqti: 01:13

Amerika

2030-yilga borib Xitoy iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlat bo'ladi

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
AQSh bosh razvedka idorasi har to'rt yilda o'z tahlilnomasini chiqaradi.

Bu yilgisida qayd etilishicha, Xitoy iqtisodiy jihatdan tobora kuchayib bormoqda. Bu ketishda 2030-yilgacha eng qudratli mamlakat bo'ladi. Lekin, umuman olganda, global maydonda Amerika yetakchilikni boy bermaydi, deyiladi hujjatda.


Maxsus kengash chiqargan hisobotga ko'ra, Osiyo yalpi milliy mahsulot, aholi soni, ishchi kuchi, harbiy xarajat va texnologik sarmoya bobida, Shimoliy Amerika va Yevropani qo'shganda ham, oldinda bo'ladi. 

2030-yilga borib dunyoda o'rta sinf vakillari ko'pchilikni tashkil eta boshlaydi.

Hozirda yer yuzida aksariyat odamlar qashshoqlikda kun kechirayapti, ya'ni kuniga daromadi 1 dollardan past.

Kelasi 18-20 yilda jahon aholisi 8 milliardga yetadi. Ular asosan suv taqchil hududlarda yashaydi, jumladan, Xitoy va Hindistonda.

Afrika, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqda tabiiy zaxiralar ozayishi va ob-hayot yetishmasligi sabab turli mojarolar avj olishi, mavjud konfliktlar kuchayishi mumkin.

Qo'shma Shtatlar energetik jihatdan mustaqil bo'la oladi, lekin Yevropa Ittifoqi va uning atrofidagi davlatlar, Rossiya hamda Yaponiya iqtisodi zaiflashishi taxmin qilinmoqda.

Dunyoning eng qaynoq nuqtalari hamon Yaqin Sharq mamlakatlari bo'lib qoladi.

Kelajakda urush bo'lsa, unda atom qurollari ishga solinishi mumkin degan xavotir kuchayib bormoqda. Osiyo - tahlika maydoni, deyiladi AQSh razvedka idorasi chiqargan yilnomada. Hindiston va Pokiston yadroviy qudratga ega davlatlar.

Milliardlab dollar yordamga qaramay Afg'oniston, Burundi, Pokiston, Somali va Yaman sayyoradagi eng zaif davlatlar bo'lib qoladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI