Juma, 25-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 02:15

Amerika

Amerikada fermerlar chetdan ishchi olib kelish kerak deydi

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Immigratsiya Amerikada eng murakkab masalalardan biri va har bir saylovda ko’tariladigan mavzudir. AQSh qishloq xo’jaligida asosan mamlakatga noqonuniy kirgan latinolar mehnat qiladi. Vaholanki, vaqtincha kelib ishlashga ruxsat beradigan davlat dasturi mavjud. Lekin mahalliy fermerlarning aytishicha, bu sistema ishdan chiqqan


Shimoliy Karolina tamaki dalalarida bu yili hosil mo’l bo’ldi. Uni terib olish uchun fermer Billi Karter Meksikadan ishchilarni yollagan.

"Mahsulot tayyor, lekin yig’ib olish uchun yollagan odamlarimiz kechikishyapti", - deydi u.

Natijada hosilning bir qismi nest-nobud bo’ldi, daromad pasaydi, deydi Karter. U H-2A nomli davlat dasturi orqali ishchilarni qonuniy ravishda yollagan, zarur hujjatlarni ham ancha erta topshirib qo’ygan edi. Lekin ob-havo hech qanday jadvalga bo’ysunmaydi.

Ana shunday holatlar sabab fermerlarning aksariyati bu programmadan foydalanmaydi, deydi Li Viker, Shimoliy Karolina dehqonlar uyushmasi vakili.

"Ochig’i, H-2A dasturi murakkab", - tan oladi u.

Qog’ozbozlik, qonun-qoidalari bir dunyo ish. Meksikadan bir ishchini Amerikaga olib kelish ming dollarga tushadi. Jarayon qimmat, ham murakkab, deydi Li Viker.

"Boshqa bir yo’l bilan hosilni yig’ib olishning iloji bo’lsa, o’sha yo’ldan borishni maslahat bergan bo’lardim".

Aksar xo’jaliklar aynan shunday qilyapti. Dalalardagi ishchi kuchining atigi 10 foizi davlat dasturi bilan AQShga kelgan.

Yer egalari qonuniy ishchi yollashga jon deydi-yu, lekin dalada ishlayman degan amerikalikni topish qiyin. 2007-yilda matbuot orqali reklama ham berib ko’rdik, deydi Larri Vuten, Shimoliy Karolina Fermerlar byurosi prezidenti.

"Qishloq xo’jaligida ishlayman deganlar bizga qo’ng’iroq qiling, ish topib beramiz, deb reklama berdik. Jami uch kishi qo’ng’iroq qildi", - deydi u.

Sabab, deydi tanqidchilar, qishloq xo’jaligida maoshlar juda past. H-2A viza dasturi esa ham amerikalik, ham xorijiy mehnatkashlar huquqini himoya qiladi. 

"Hukumat programmasi bilan kelmagan, noqonuniy ishchilar o’z haq-huquqini talab qila olmaydi. Xo’jayin nima desa shu. Fermerlarga shunisi ma’qul, ko’proq daromad qiladi. Lekin ular qonunni buzayapti", - deydi Erik Ruark, immigratsion islohotlar federatsiyasi vakili.

Dehqon Billi Karter sistema qanchalik mujmal bo’lmasin undan foydalanib keladi. Chunki menga ishonchli, qonuniy ishchilar kerak, mahsulotim xaridorgir, deydi u. 

Ammo boshqa fermerlar Kongressdan dasturni soddalashtirishni so’ramoqda.

Hammasi siyosatga borib taqaladi. Immigratsiya AQShda nozik muammo, unga yechim topilganicha yo’q. Yaqin orada hech narsa o’zgarmasa kerak", - fikr bildiradi Karter.

AQSh hukumati hozir byudjet va moliyaviy muammolar bilan band. Immigratsiya islohotiga navbat yetgani yo’q.

Hujjatsiz muhojirlar yuzlashadigan muammolar/Migrant farm workers and their rightsi
X
17.01.2013 05:54
Amerikada 11-12 million hujjatsiz muhojir yashaydi. Amerikaliklar qilmaydigan qora ishlarni asosan ular bajaradi, xususan, qishloq xo'jaligida. Bu yurtda noqonuniy ravishda yurgani sabab ular haq-huquqlaridan mahrum, maoshi ham past. Nohukumat tashkilotlar ularga yordam beraman desa, yer egalarining kuchli qarshiligiga uchraydi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Rossiyada faoliyatini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalari
X
24.04.2014 02:49
Xalqaro sanksiyalardan Rossiya iqtisodiyoti yo’qotishga uchramoqda. Sarmoyadorlar o’z pullarini olib chiqib ketayotgani bois ishlab chiqarish hajmi qisqarmoqda. Ammo jazo choralariga qaramay, Rossiyada biznes faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar ham bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Prezident Obamani Tokioda kutib olish marosimi, 24-Aprel, 2014
  • Prezident Barak Obama va Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe, 24-Aprel, 2014
  • Tokio Ilm-Fan va Innovatsiya muzeyi, 24-Aprel, 2014
  • Tokio ziyoratgohlari, 24-Aprel, 2014
  • AQShning Yaponiyadagi elchisi Kerolin Kennedi, 24-Aprel, 2014
  • Obama Yaponiyadan yana uch davlatga yo'l oladi - Janubiy Koreya, Malayziya va Filippin
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI