Juma, 25-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 02:40

Amerika

AQShda immigratsiya islohoti yuzasidan kuchli bahslar

AQShda immigratsiya tizimi isloh qilinadimi? US immigration reformi
X
26.02.2013 21:07
Immigratsiya tizimini isloh qilish - Amerika oldida turgan dolzarb vazifalardan biri. Uni hoziroq hal etish kerak, chunki mamlakatda hujjatsiz yashayotgan muhojirlar soni 11 milliondan oshib, bu muammo ta'sir etmagan jabhaning o'zi yo'q. Qizig'i shundaki, noqonuniy muhojirlarga ish bor, ularning mehnatiga talab bor. Siyosatchilar buni tan oladi, ammo bu insonlarga qanday maqom berish, qanday imkoniyatlar yaratishga kelganda, Kongress va Oq Uy orasida yakdillik yo'q. Prezident Barak Obama, demokrat rahbar, muxolifat, ya'ni respublikachilar bilan murosa qilmasdan ham immigratsiya tizimini yangilay boshlagan.

AQShda immigratsiya tizimi isloh qilinadimi? US immigration reform

Amerika Ovozi
AQSh immigratsiya tizimini isloh qilishga doir bahs-munozaralar qizib bormoqda. Qonun loyihasining Obama ma’muriyatida ishlangan varianti ommaga oshkor etilgach, ayrimlar nazarida demokratlar va respublikachilarning yopiq eshiklar ortida o’tayotgan muzokaralari qiyinlashgan.


AQShdagi 11 million noqonuniy muhojirning taqdiri nima bo’lishi hanuz noma’lum. Prezident Obamaning matbuotda oshkor etilgan rejasida ularning doimiy yashash uchun hujjat olish imkoniyatiga ega bo’lishi ta’kidlanadi.
 
Respublikachilar bundan g’azabda. Ular Obamani shu masala ustida bosh qotirayotgan ikki partiya hamkorligiga darz solayotganlikda ayblamoqda. Kongresmen Pol Rayan ham shu fikrda.
 
“Chegarani mustahkamlash o’rniga, qonuniy ravishda kelgan muhojirlar qolib noqonuniylarga imtiyoz berish prezidentning tarafkashlik siyosatidan darakdir”, - deydi Rayan.
 
“Prezident samara bo’lishini xohlaydimi yoki respublikachilarni ayblash uchun yana bir yo’l qidiryaptimi?”, - deydi senator Jon Makkeyn.
 
Bu haqda Obama allaqachon Kongressga o’z so’zini aytgan.

“Agar Kongress o’z vaqtida loyihani taqdim etmasa, men o’zimnikini jo’nataman”, - dedi prezident.

Qonunchilar norozi ekan, Oq uy rasmiylari ularga javob berishga urinmoqda. Oq uy ma’muriyati rahbari Denis Makdono.

“Umid qilamanki, respublikachilar va demokratlar yana odatdagidek Vashingtonda o’zini ko’rsatishga urinmasdan, yeng shimarib ishga kirishadi”, - deydi u.

Islohot tarafdorlariga ko’ra, hozir harakatning ayni payti. Demokrat senator Charlz Shumer.

“Immigratsiya islohotini qo’llab-quvvatlamasdan unga qarshi chiqishda siyosiy xavf kattaroq”, - deydi senator.

Ammo islohot noqonuniy muhojirlar oqimini oshiradi, deya fikrlovchilar bor. Chegarani qo’riqlovchi ko’ngillilar guruhining rahbari Jim Gilkrist shulardan biri.

“Hozir bu yerdagi 15-30 millon noqonuniy muhojirni afv etsak, keyingi bir necha o’n yillikda ularga ergashib keladigan 300 million odamni kechirayotgan bo’lamiz”, - deydi u.

Shunga qaramay, barcha sohani isloh qilish kerak, degan fikrda yakdil. Migratsiya siyosati instituti vakili Mishel Mittelshtadt gapiradi.

“Chegarani mustahkamlash, muhojirlarning ish joyini tekshirishni majburiy qilish, hujjatsiz immigrantlar ishini ko’rib chiqib, ularga qanaqadir status berish kabi masalalarda ko’pchilik hamfikr”, - deydi tadqiqotchi.

Ammo Oq uy loyihasiga bo’lgan qarshilik o’zgarishlarga hali erta ekanini ko’rsatdi.

“Qonunchilar o’rtasidagi kelishuv istalgan payt barbod bo’lishi mumkin. Oq uydan sizib chiqqan ma’lumotlarga nisbatan respublikachilarning noroziligi masalaning qanchalar murakkab ekanini va masala hali beri hal bo’lmasligini ko’rsatadi”, - deydi Mishel Mittelshtadt.

Obama Oq uyga kelgandan beri immigratsiya tizimini isloh qilish haqida gapiradi. O’tgan yili osiyolik va ispanzabon saylovchilar yordami bilan ikkinchi muddatga saylangandan keyin respublikachilar ham uning tashabbusiga quloq sola boshladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
G'azoda tinch aholi orasida qurbonlar oshmoqdai
X
24.07.2014 12:14
Uch haftadirki, Isroil G’azoga raketa yog’dirishda davom etmoqda. Falastinliklar orasida o’lganlar soni 600 dan oshgan. Aksariyati oddiy fuqarolar, ayollar va bolalar. Isroil tomondan esa qurbonlar 30 ga yaqinlashgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida, 24-iyul, 2014-yil.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida yig'lamoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida motam marosimiga tayyorlanmoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Qutqaruvchilar samolyot halokati o'rnini tekshirmoqda, Pengu oroli, Tayvan, 24-iyul, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI