Breaking News

Oq uy: Eronga yadro qurolini yaratish imkonini bermaymiz


Oq uy matbuot kotibi Jey Karni jurnalistlar bilan brifing paytida, 6-avgust, 2012-yil.
Oq uy matbuot kotibi Jey Karni jurnalistlar bilan brifing paytida, 6-avgust, 2012-yil.
Isroil va Qo’shma Shtatlar Eronga yadro qurolini yaratish imkonini bermasligi haqida aytmoqda. Ammo, deydi Oq uy matbuot kotibi Jey Karni, buning uchun barcha diplomatik choralarni ishga solish kerak.

Isroil diplomatiya ish bermasa, Eron yadro inshootlariga hujum qilishini bildirib keladi.

"AQSh va Isroil Eronni atom qurollariga yaqin yo’latmaslik masalasiga kelganda bir fikrda. Prezident buning uchun barcha chorani qo’llashga tayyor", - deydi Karni.

Uning aytishicha, prezident Obama Eronga sanksiyalar yordamida bosim qo’yib, avval diplomatik choralarni ishga solmoqchi.

"Biroq bunday imkoniyat Eronga cheksiz berilmaydi. Uni bu yo’ldan qaytarish uchun barcha choralarni qo’llashga tayyormiz", - dedi Karni.

Isroil matbuotiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Yevropaning nomlari tilga olinmagan ikki davlati orqali Eronga quyidagi mazmundagi taklif bilan chiqqan. Tehron AQShning Fors ko’rfazidagi manfaatlariga hujum qilmaydi, Amerika esa Isroil Eron yadro inshootlariga hujum qilgudek bo’lsa, unga qo’shilmaydi.

AQSh rasmiylariga ko’ra, ayni damda Qatarda Amerika va ittifoqchilarining mintaqadagi manfaatlarini himoya qilish maqsadida radar tizimi qurilyapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG