Breaking News

Amerika Yaponiyada raketa hujumiga qarshi radar tizimi quradi


MV Akademik Shokalskiy Antarktika buzlarında ilişib qalıb.  Qar çovğunları Avstraliya buzqıran gəmisinin 74 nəfərlik ekipajı olan rus gəmisinə çatmasını əngəlləyib. 29 dekabr, 2013.
MV Akademik Shokalskiy Antarktika buzlarında ilişib qalıb.  Qar çovğunları Avstraliya buzqıran gəmisinin 74 nəfərlik ekipajı olan rus gəmisinə çatmasını əngəlləyib. 29 dekabr, 2013.
Qo’shma Shtatlar Yaponiyani Shimoliy Koreya ballistik raketa hujumidan himoya qilish maqsadida bu mamlakatda radar tizimi o’rnatishga kelishib oldi.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling


AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta bugun Tokioda Yaponiya Mudofaa vaziri Satoshi Morimoto bilan uchrashuvdan so’ng shu haqda e’lon qildi.

Panettaning aytishicha, sistema Xitoyga qarshi qaratilmagan. U nafaqat Yaponiya, balki AQShning g’arbiy sohillarini ham mudofaa qiladi. Radar tizimining aynan qayerda qurilishi hozircha noma’lum.

Qo’shma Shtatlarning mintaqa bo’ylab harbiy kemalarida radar sistemalari bor. Yaponiyada yangi tizim qurilsa, kemalarning bir joyga bog’lanib qolishiga ehtiyoj qolmaydi.

Panetta Sharqiy Xitoy dengizi bilan bog’liq munozaralardan ham xavotirda ekanini bildirdi.

"Yaponiya va Xitoy do’stona munosabatlarni saqlab turishi nafaqat bu ikki davlat, balki butun mintaqa manfaatlariga javob beradi va kelajakda mojaroning oldini olishga yordam beradi", - deydi Amerika mudofaa vaziri.

Xitoy va Yaponiya dengizdagi bir necha orolga da’vo qiladi. Panettaning aytishicha, Qo’shma Shtatlar bu masalada tarafkashlik qilishdan yiroq, biroq davlatlar bilan mavjud bitimlariga qarab ish ko’radi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG