Breaking News

Moskva amerikalik jurnalistni chiqarib yubordi


Devid Setter
Devid Setter
Rossiya hukumati “sovuq urush”ni eslatadigan qaror qabul qilib, shu paytgacha Moskvada yashab, ishlab kelgan amerikalik jurnalistni mamlakatga kiritmasligini bildirdi.

Ko’p yillik tajribaga ega Devid Setter AQSh Kongressi tomonidan moliyalanadigan Ozod Yevropa - Ozodlik (Radio Free Europe/Liberty), qisqacha "Ozodlik" deya tanilgan radioning Moskvadagi muxbiri edi. U dekabr oyida viza so’rab ariza yozganida dastlab ijobiy javob olgan.

Ammo keyinroq Setter Ukraina poytaxti Kiyevdagi Rossiya elchixonasiga vizasini yangilash maqsadi bilan murojaat qilganida rad javobi berishgan. Jurnalistga "mas’ul organlar" uning Rossiyaga kirishi maqsadga muvofiq emas, deya qaror chiqargani aytilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 14-yanvar kungi bayonotida Setter mamlakatga besh yil kira olmasligini ma’lum qildi.

Vazirlikning bildirishicha, Setter oxirgi marta Rossiyaga 2013-yil 21-noyabrda kirgan, ammo darhol ko’p marotabali viza olishning uddasidan chiqmagan. U arizani 26-noyabr kuni topshirgan, shu sababli uning 22-noyabrdan 26-noyabrgacha Rossiyada yashashi qoqunga xilof deb topilgan.

29-noyabr kuni Moskva sudi Setterga jarima solib, uni deportatsiya qilishini buyurgan.

Rossiya hukumati haqida tanqidiy maqolalari bilan tanilgan jurnalist “Amerika Ovozi” bilan suhbatda deydiki, unga qarshi ish ortida siyosiy sabablar bor. Bu Rossiya hukumati o’ziga nisbatan ishonchni yo’qotayotganidan dalolat, dedi Setter.

“Ma’lum ma’noda hukumatning o'zi ilgarigidek mustahkam emasligini tushunib turibdi. Shu sababdan rasmiylar mamlakatda nima bo’layotganini tushuna oladigan jurnalistlarni Moskvaga kiritmoqchi emas”, - deydi Setter.

"Ozodlik" radiosi prezidenti Kevin Klous 13-yanvar kuni AQShning Moskvadagi elchixonasiga Setterga qarshi harakatlar haqida ma’lumot berilganini aytdi. Elchixona Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy diplomatik norozilik notasini yuborgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG