Breaking News

Shifokorlar futbol orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilmoqda


Sog’lom bo’lish uchun harakat qilish kerakligini hamma biladi, lekin ko’plar bu qoidaga rioya qilmaydi. Bir guruh amerikalik shifokorlar boshqalarga o’rnak bo’lmoqchi. Ular futbol jamoasi tuzgan va xalqaro chempionatda qatnashadi.

Mamlakatning turli shtatlaridan 25 shifokor mashg’ulot uchun yaqinda Vashingtonga keldi. AQSh tibbiy futbol jamoasi “Shifokorlar jahon kubogi” deb ataladigan va har yili boshqa bir mamlakatda o’tkaziladigan chempionatda bellashadi. 2014-yil musobaqasi iyul oyida Braziliyada Jahon kubogi bilan bir vaqtda bo’lib o’tadi.

“Aksariyat o’yinchilarimiz o’z ligasida o’ynaydi, lekin yilda bir necha marta yig’ilib musobaqaga tayyorlanishimiz kerak. Bu ko’p vaqt talab qiladi. Musobaqaning o’zi bir hafta. Tashkilotni tuzishda qiynalganimizning sababi ham shu – vaqt tig’iz”.

Tibbiy futbol jamoasi prezidenti Gautam Nayak Siettlda yashaydi, kardiolog. Komangada 2010-yilda asos solgan.

“Tibbiyot institutida futbol jamoasi bo’lardi. O’qish davrida biz, talabalar, shuningdek, sport o’yinlari bilan bog’liq turli loyihalarga jalb etilardik. O’sha tajriba biz uchun o’z komandamizni tuzishga turtki bo’ldi. Qiziqishi bor odamlarni birlashtirmoqchi bo’ldik-da”.

Tashkilot asoschilaridan yana biri kaliforniyalik vrach Kay Tran.

“Nafaqat bemorlarni davolash, balki jismoniy mashq qilishda hamda sog’lom ovqat yeyishda ularga o’rnak bo’lishimiz kerak. Sog’lom hayot kechirishda o’ziga xos turtki bo’ladi ularga”.

Musobaqaga tayyorlanishdan tashqari shifokorlar Vashingtondagi o’g’il-qizlar klubida ham bo’ldi. Xayriya tashkiloti darsdan keyin o’quvchilar uchun mashg’ulotlar o’tkazadi.

“Yosh bolalar orasida semizlik tobora ko’payayotganiga guvoh bo’lyapmiz. Odatda keksa yoshdagilarda uchraydigan xastaliklarga yoshlar ham duchor bo’layapti. Ularga badan tarbiya, to’g’ri ovqatlanishni o’rgatish maqsadimiz,” - deydi Tran.

Bu bolalarda tibbiyot sohasiga qiziqish uyg’onsa ham ajabmas.

“Dasturlarimiz doirasida yo’qsil oilalar vakillari bilan ko’p uchrashamiz. Ularni shifokor bo’lmasa ham, tibbiyot sohasida biror kasbni tanlashga undaymiz. Ular eshitmagan, bilmagan sohalar haqida gapirib beramiz,” - deydi u.

Kelasi yili Jahon tibbiy futbol kubogi Kaliforniyada o’tkaziladi. AQSh jamoasi unga mezbonlik qiladi.
Shifokorlar futbol komandasi - Doctors' soccer team
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG