Seshanba, 21-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 21:44

Amerika

Pentagon: Harbiy intizom har narsadan ustun

Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi joylashgan kompleks, Virjiniya shtati
Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi joylashgan kompleks, Virjiniya shtati
Amerika Ovozi
Amerikada xalq qahramoni deya ko’kka ko’tarilgan generallar axloqi savol ostida ekan, Mudofaa vaziri Leon Panetta etika talablarini qayta ko’rib chiqishni buyurdi.

“Intizom – sohamiz ustuni”, - deydi u. 

AQSh havo kuchlari treningdan o’tmoqda… Texas shtati, San Antonio-Leklend bazasi. Vashington bu yerdan juda uzoq, lekin baza mojaro o’choqlaridan biri. 2010-2011-yillarda kamida 48 zobit qiz bu maskanda murabbiylar tomonidan jinsiy tahqirlangan. Misli ko’rilmagan huquqbuzarlik. 25 dan ortiq ofitser va trenerlar javobgarlikka tutilib, jinoiy ayblovlar bilan yuzlashmoqda. 
 
O’tgan bir yil ichida AQSh armiyasida bunday holatlar ko’p kuzatildi. Tergovlar, ishdan olinishlar va ma’muriy jazolar. Jinsiy zo’ravonlik hollariga toqat qilinmaydi, deydi general Edvard Rays. Buni isbotlash Pentagonning asosiy burchi, deydi u.

“Bu biz uchun sinov. Jamiyatimizda ko’p uchraydigan muammo. Harbiylar, jumladan havo kuchlari uchun standartlar va talablar yuqori. Shunday bo’lishi shart. Shunday ekan, oramizda kimdir tartibni, huquq va qonunni buzsa, ko’z yumib o’tirish vijdonsizlikdan boshqa narsa emas, og’ir xato bu.
To’g’rilash kerak”.
 
Vashingtonda esa Afg’onistondagi qo’mondon, general Jon Allen ustidan tekshiruv davom etmoqda. Uning Florida shtatidagi bir ayol bilan ishqiy yozishmalalari ko’rib chiqilmoqda. 
 
Allenning xatlarini fosh etgan voqea Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktori, general Deyvid Petreus va uning biografiyasini yozgan Pola Brodvell orasidagi nomaqbul aloqalarning oshkor qilinishidir. Petreus ishdan ketdi.
 
Oilali generallarning qilmishlarini texnologiya bir zumda ochib tashladi, deydi iste’fodagi polkovnik Chak Sammers.  
 
“Suratingizni olish uchun hozir sizdan hech kim ruxsat so’ramaydi. Kompyuter va smartfonlar orqali hamma narsa muhayyo. Texnologiya orqali axloqsizlik qilsangiz, shu texnologiyaning o’zi sizni darrov sotib qo’yadi",- deydi u.

Oilaga xiyonat – harbiy jinoyat. Yaqinda general Jeffri Sinkleyer bir necha ayolni zo’rlashda va oilasiga xiyonat qilganlikda ayblandi. Sud ishi ketmoqda. AQShning Afrikadagi sobiq qo’mondoni general Vilyam “Kip” Vord esa davlat pulini o’margani uchun ishdan olindi.  
 
Polkovnik Sammers bu voqealardan dahshatda. Sharmandalik, deydi u.
 
“Qo’mondonman degan kishi shuni unutmasligi kerakki, odamlar ularning buyruqlarini so’zsiz bajaradi. Generallar shunday qudratga ega. Buyruqni bajarsam, yuqori darajaga ko’tarilaman deb umid qilishadi. Intizom va hurmat harbiylar uchun har narsadan ulug’. Xato qilsam, tartibni buzsam, hech kim bilmaydi deb o’ylasangiz, adashasiz. Aybingiz baribir ayon bo’ladi. Vaqti kelib, sharmanda bo’lasiz”,- deydi u.  
 
Eng yuqori lavozimdagi harbiylarning axloqsizligi Amerika sha’niga katta dog’, deya tan oladi bu arboblar. Mudofaa va razvedka organlariga hurmat pasayadi, deydi ular.

Pentagon va AQSh armiyasidagi bugungi intizom/Navbahor Imamova
Pentagon va AQSh armiyasidagi bugungi intizom/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Amerika armiyasida intizom va mas'uliyat/US military conducti
X
27.11.2012 23:18
Amerikada xalq qahramoni deya ko'kka ko'tarilgan generallar axloqi savol ostida ekan, Mudofaa vaziri Leon Panetta etika talablarini qayta ko'rib chiqishni buyurdi. "Intizom - sohamiz ustuni", - deydi u.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta bilan suhbat/Panetta talks to VOAi
X
26.11.2012 23:23
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta 2011-yilda bu lavozimga tayinlanishidan oldin Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktori edi. Undan oldin esa Kongressda xizmat qilgan. 74 yoshli Panetta italyan muhojirlar farzandi. Kaliforniya shtatida oshpazlar oilasida katta bo'lgan. Bugun u Pentagondek yirik vazirlikni tebratmoqda. Mudofaa Amerika davlati eng ko'p mablag' ajratadigan soha. Uni boshqarish buyuk vazifa. Panetta katta islohotlar boshlagan, ammo Obamaning ikkinchi muddatida qolmoqchi emas. "Amerika Ovozi" u bilan muloqotda bo'ldi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola epidemiyasi - Virus Scarei
X
21.10.2014 00:59
Amerikada olimlar Ebola kasalligiga qarshi qanday kurashish xususida bosh qotirmoqda. Shu kungacha kasallik 4000 dan oshiq odamni hayotdan olib ketdi, asosan Afrika g'arbida. Epidemiya chegara bilmaydi. Uning oldini olish esa hamisha juda murakkab masala. Bemorlar soni oshib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Turkiya... Suriyalik qochqinlar

  • Suriyaning Kobani uchun janglar davom etmoqda

  • Quvayt

  • Hindiston

  • Haydarobod, Hindiston

  • Nepal bozorlarida

  • Gonkongda namoyishlar tinmagan

  • Xitoy

  • Xitoy

  • Indoneziyada yangi prezident - Joko Vidodo

  • Filippin

  • Keniya

  • Shotlandiya

  • Angliya

  • Fransiya hayvonat bog'ida

  • Portugaliya

Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI