Juma, 24-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 15:18

Ilm-fan

Amerika qachon Oyga qaytadi?

Oyga safar qilgan fazogirlar bilan suhbat/Apollo-17 i
X
13.12.2012 00:13
Amerika fazogirlari Yujin Kernan va Xarrison Shmit 1972-yil dekabrida "Apollon-17" missiyasi chog'ida Oyni oxirgi bor kezgan edi. Inson o'shandan beri bu sayyoraga qadam bosmagan. Chikagoda bu missiyaning 40 yilligi tantana qilinmoqda.
Amerika Ovozi
Amerika fazogirlari Yujin Kernan va Xarrison Shmit 1972-yil dekabrida “Apollon-17” missiyasi chog’ida Oyni oxirgi bor kezgan edi. Inson o’shandan beri bu sayyoraga qadam bosmagan. Chikagoda bu missiyaning 40 yilligi tantana qilinmoqda.

“Oyga qaytamiz hali. Marsga parvoz qilamiz hali. Qachon ekanini aniq ayta olmayman”,- deydi Kernan.
 
Iste’fodagi kosmonavt Yujin Kernan oyni aylangan sanoqli, omadli insonlardan biri.
 
Kernan qo’shni sayyorada oxirgi bor bo’lib qaytgan yagona inson.

“Oradan 40 yil o’tib hali ham oyda bo’lgan oxirgi kosmonavt ekanimni bilish, o’sha yo’lakdan boshqalar o’tmaganini bilish achinarli”,- deydi u.
 
Yujin Kernan va uning hamkasbi Xarrison Shmitt 1972-yilning dekabrigi tarixiy safarning 40 yilligini nishonlayapti. Marosim Chikagodagi Adler Planetariyida o’tmoqda.

O’sha olis sana, 19-dekabrda Yerga qaytar ekan, Shmitt va Kernan oradan yillar o’tib, mislsiz o’zgarishlar bo’ladi deya umid qilgan. Holbuki, oldinga siljish yo’q hisob.
 
“O’shandan keyin 40 yil, hatto 50, 60 yil o’tadi, Amerika esa Oyga qaytish-qaytmasligi gumon bo’lib qolaveradi, deb kim o’ylabdi? Xayolimga kelmagan edi bunaqasi”,- deydi Shmitt.
 
“Yarim asr oldin 250 ming mil masofani bosib o’tib, to’siqlarni yorib o’tdik. Lekin kelajak tomon olg’a qadam bosmadik. To’xtadik”,- deydi Kernan.
 
Prezident Jorj Bushning Oyga qaytish taklifi qog’ozda qolib ketdi. Undan keyin kelgan rahbar Barak Obama loyihani zarur ko’rmadi.
 
Byudjet kamomadi va iqtisodiy tanglik fonida Amerika qonunchilari fazoviy tadqiqotlarga ortiqcha mablag’ sarflamoqchi emas. Kosmonavt Kernan fikricha, bu izlanishlar AQSh byudjetidan ko’p talab qilmaydi.
 
“Byudjetimiz uchun bu sariq chaqa ham emas. Amerikaliklar to’lagan soliqning bir tomchisi”,- deydi Kernan.
 
Xarrison Shmitt – sobiq senator. Uning nazarida NASA ham irodasizlik qilmoqda.
 
“Moliyaviy jihatdan olib qarasak, NASA yutqazayapti. Oldiga aniq maqsadlarni belgilashni uddalay olmayapti. Qo’shma Shtatlar kosmik sohada yetakchi pozistiyasini qo’ldan boy berayapti”,- deydi Shmitt.

“Yarim asr oldin Sovet Ittifoqi bilan fazoviy tadqiqotlar bobida bellashib, qo’limiz baland kelgan edi. Bugun esa qilt etmay, boshqalarga qarab turishni afzal topayapmiz. Kosmosni kezishni eplolmay qoldik”,- deydi Kernan.
 
AQShga qarashli fazoviy kemalar eskirib, muzeyga topshirildi. Endi olimlar odamlarni ko’kka eltuvchi “Space X” nomli kema ustida mehnat qilish bilan band. Inson boshqaradigan vosita bir necha yildan keyin tayyor bo’ladi.
 
Lekin “Apollon” missiyasi faxriylari uchun buning o’zi yetarli emas.
 
NASA Oyga parvozni ustuvor vazifa qilib belgilashi kerak, deydi ular.
 
Oldinda esa qizil sayyora, Mars kutmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh-Meksika chegarasidagi yashirin yo'llar - qoradori savdosi - US/Southern Borderi
X
23.10.2014 21:59
Arizonaning Nogales shahrini ba’zilar “tunnel shahar” deb ataydi. Chunki bu yerdan qora dori olib o’tiladi. AQSh Chegara xizmati yangi texnologiyalar yordamida bu kontrabandaga qarshi kurashmoqda. Tunnellar qayerda ekani aniqlanib, ular hali bitmay turib, buzib tashlanmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI