Breaking News

Bryusselda Afg’oniston, 2014-yildan keyingi rejalar muhokamada


Kelasi besh yilda Afg’onistonda xavfsizlik kuchlari soni 350 ming atrofida qolishi kerak, deydi AQSh va NATO rasmiylari. Harbiy alyans mamlakatni 2014-yildan keyin ham qo’llashda davom etadi.
Bryusselda Afg'oniston, 2014-yildan keyingi rejalar muhokamada/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00
Yuklab oling

NATO mudofaa vazirlarining Bryusseldagi yig’inida hali yakuniy qarorga kelinmagan. Afg’oniston armiyasini 2015-yildan so’ng 30 foizga qisqartirish rejasiga tuzatishlar kiritilishi kutilmoqda.

Afg’onlar o’z kuchiga ishonishi, armiyaga tayana olishi kerak, deydi majlis qatnashchilari. Xorijiy qo’shinlar Afg’onistonni 2014-yil oxirida tark etganidan so’ng mamlakat yana fuqaro urushiga yuz tutadi, degan xavotirlar bor.

Yangi takliflar shundan dalolatki, deydi NATO rasmiylari, xalqaro hamjamiyat Afg’oniston oyoqqa turib olguncha moliyaviy va harbiy yordamni uzmaydi.

Lekin tashkilot Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen ko’pgina a’zo davlatlar mudofaa xarajatlarini qisqartirayotgan bir mahalda bu oson emasligini tan oladi.

“Chet el zobitlariga ajratilayotgan o’sha pulni mahalliy armiyaga sarflagan ma’qul. Bu siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham ayni muddao bo’lardi. Vatan himoyasi bilan afg’on askarlari shug’ullanishi kerak, ularni tayyorlash bizga ham arzonroqqa tushadi”, - deydi NATO rahbari.

Xarajatlarning asosiy qismi AQSh bo’ynida. 350 ming sonli afg’on armiyasi yiliga 6,5 milliard dollar mablag’ talab qiladi, shuning 5,7 milliardini Qo’shma Shtatlar to’lab kelmoqda. NATOning boshqa davlatlari esa yana 300 million dollar ajratadi.
Armiya hajmini 240 mingga tushirish to’g’risidagi reja Afg’oniston hukumati e’tiroziga sabab bo’layotgan edi.

Ma’lumki, Qo’shma Shtatlar harbiylari shu yil bahordan Afg’onistonda murabbiylik roliga o’tadi. Barcha operatsiyalarga afg’onlarning o’zi yetakchilik qila boshlaydi.

Prezident Barak Obama kelasi bir yilda 34 ming zobit uyga qaytishini e’lon qilgan. Ayni paytda Afg’onistonda 66 ming amerikalik askar xizmatda. 2014-yildan keyingi rejalar hali aniq emas.

AQSh qo'shinlari Afg'onistondan chiqmoqda/Afghanistan US Troops
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:31 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG